Yig‘uvchi reagentlarning birgalikda ta’siri
Flotatsiya amaliyoti ko‘rsatadiki, ikkita reagentni birgalikda ishlatilganda
bitta reagentni ishlatilgandagiga nisbatan flotatsiya ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi.
Masalan, galenitni butilksantogenat bilan flotatsiyalanganda ajratib olish 50%,
oleat bilan flotatsiyalaganda 60% tashkil qilgan. Ikkalasini 1:1 nisbatda olib, ularni
sarfi 75 g/t bo‘lganda esa ajratib olish 90% tashkil qilgan.
Bu reagentlarni bir-biridan farqi katta. Ksantogenat – sulfgidril yig‘uvchi
reagent, oleat esa oksigidrillar toifasiga mansub. Uglevodorodlar soni –
ksantogenat molekulasida 4 ta, oleat molekulasining uglevodorod radikali zanjirida
17 tani tashkil qiladi. Har xil sinfga mansub reagentlarni birgalikda ishlatilganda
bunchalik katta effekt berish sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Ma’lumki, mineral yuza energiya nuqtai nazaridan bir xil emas. Bitta reagent
ishlatilsa, u energiyasiga mos kelgan mineral yuza uchastkasiga shimiladi, boshqa
joylar esa bo‘sh qoladi. Agar, ikkita reagentni (masalan, kuchli va kuchsizni)
birgalikda ishlatilganda har bir reagent mineral yuzadagi o‘ziga mos bo‘lgan
uchastkalarga joylashadi. Bu esa reagentlarni mineral yuzada teng tarqalishiga olib
keladi va adsorbsion qatlam zichligi oshadi. O‘z navbatida flotatsiya
ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |