Ma’ruza №14 Mavzu


Reagentlarni havo pufakchalarga so‘rilishi



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
14-maruza

Reagentlarni havo pufakchalarga so‘rilishi

Suv-havo  fazalari  chegara  sirtida  (pufakchada)  erkin  sirt  energiyasini  hosil 

qiluvchi suv molekulalarining monomolekulyar qatlamidir.

Suvga  sirt  faol  modda  (SFM)  qo‘shilsa,  u  fizikaviy  adsorbsiya  natijasida 

suv-havo  fazalari  chegarasida  to‘planadi  va  pufakchadagi  erkin  sirt  energiyasini 

kamaytirishga olib keladi.

SFM  molekulalari  fazalar  chegara  sirtida  ma’lum  yo‘nalishga  ega 

molekulalardan  tashkil  topgan,  to‘yingan  adsorbsion  qatlam  hosil  qiladi. 

Ma’lumki,  sirt  faol  moddalar  molekulalari  qutblangan  (polyar)  va  qutblanmagan 

(apolyar)  guruhlar  iborat.  Suv  dipollari  SFMning  qutblangan  guruhlari  bilan 

birikadi,  qutblanmagan  uglevodorod  guruhi  bilan  birikmasdan,  ularni  havo 

fazasiga yo‘naltirishga harakat qiladi.

Qutblangan  guruhlar  suv  bilan  ta’sirlanib,  gidratlanadi.  Qutblangan 

guruhlarni suv dipollari qurshab olib, ular atrofida o‘ziga xos sinch hosil qiladi va 

chegara sirtidagi adsorbsion qatlamga qattiqlik va musiahkamlik beradi.

Tarkibida  SFM  bo‘lgan  pufakchalar  oldin  yig‘uvchilar  yordamida  suv 

yuqmasligi oshirilgan mineral zarrachalarni o‘zlariga yopishtirib olish qobiliyatiga 

ega, shuningdek zarrachalarni yopishish tezligini va mustahkamligini oshiradi.





Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə