(регуляторы).
o‘tishi kerak bo‘lgan mineral yuzalarini yig‘uvchi reagentlar bilan reaksiyaga
kirishiga tayyorlab beruvchi va jarayonni tanlovchanligini oshirishga xizmat
qiluvchi moddalardir. Moslovchi reagentlar o‘z navbatida faollashtiruvchi,
(aktivatori) taziqlovchi (deprossori) va muhitni sozlovchi guruhlarga bo‘linadilar.
Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni shimilib olish
shakllari
Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni yopishib olishi so‘rilish
(sorbsiya) hodisasi negizida yuz beradi. So‘rilish jarayoni fizikaviy yoki kimyoviy
bo‘lishi mumkin. Fizikaviy va kimyoviy sorbsiyalarni o‘zaro umumiyligi va bir-
biridan farqi bo‘lib, suvda erigan reagentlarni qattiq faza yuzasiga so‘rilishi
(adsorbsiya) fizikaviy so‘rilishdan kimyoviy so‘rilishga yoki kimyoviy so‘rilishdan
Fizikaviy va kimyoviy so‘rilishning umumiyligi shundan iboratki, jarayonlar
o‘z-o‘zidan amalga oshadi va sistemaning erkin energiyasini kamayishi, ya’ni
jarayon ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.
Fizikaviy va kimyoviy so‘rilishning bir-biridan farqi shundan iboratki,
fizikaviy so‘rilishda yutiluvchi modda bilan yutuvchi moddani (qattiq jism durlik
panjarasini) ikkita alohida sistema deb qaraladi, chunki bunda elektron almashuv
jarayoni bo‘lmaydi. Yutiluvchi moddani qattiq jism durlik panjarasiga o‘rnashib
olishi molekulalararo tortishish kuchi hisobiga yuz beradi.
Kimyoviy so‘rilishda esa, energiyaga nisbatan yutiluvchi va yutuvchi
moddalarni butun bir sistema deb qarash mumkin, chunki bunda elektron almashuv
hodisasi yuz beradi.
Qo‘shimcha qilib, quyidagilarni aytish mumkin:
1) Fizikaviy so‘rilishda ajralib chiqqan issiqlik miqdori ozroq, mutanosib
ravishda kuchsiz bog‘lanish bo‘ladi (qattiq faza yuzasiga so‘rilgan reagentni suv
bilan osongina yuvib tashlash mumkin). Qattiq faza yuzasida reagent teng
tarqalgan.
2) Kimyoviy so‘rilishda esa, issiqlik ko‘proq ajralib chiqadi, kuchli
kimyoviy bog‘ hosil qiladi, yuqori tanlovchanlikka ega. Reagent oldin qattiq
zarrachaning faol joylrga o‘rnashadi. Faol joylar to‘lgandan keyingina, boshqa
joylarga o‘rnashishi mumkin.
3) Fizikaviy so‘rilish juda tez o‘tadi va haroratga unchalik bog‘liq
bo‘lmaydi. Kimyoviy so‘rilishning tezligi esa haroratga bog‘liq bo‘ladi.
Reagentlarning suvli eritmalari minerallar bilan quyidagicha kimyoviy
reaksiyaga kirishadi:
Dostları ilə paylaş: