Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Tetrakokklar (to‘rtta-to‘rtta bo‘lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda bo‘linganda to‘rta kokkdan iborat bo‘lib joylashadi. Odam uchun patogen emas



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə22/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175
5 Tetrakokklar (to‘rtta-to‘rtta bo‘lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda bo‘linganda to‘rta kokkdan iborat bo‘lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.

Baktyeriyalarni morfologiyasini o‘rganish. Buning uchun baktyeriyalar kulturalaridan tirik preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi.

Mikroskop yordamida tekshirish uchun preparatlar tayyorlash.

Tekshirish uchun materialning olinishi. Preparat tayyorlash uchun probirka, kolba yoki Petri kosachasidan baktyeriologik qovuzloq yoki styeril pipetka orqali tekshiriladigan material olinadi. Ayrim hollarda bu maqsadda preparovka ignalari ham ishlatiladi. Baktyerial kulturali probirka chap qo‘lga, baktyeriologik qovuzloq esa, o‘ng qo‘lga olinadi. Qovuzloq gorelka alangasida qizargunga qadar qizdiriladi. Paxtali probka probirkadan o‘ng qo‘lning IV, V barmoqlari bilan kaftga siqib burab, chiqarib olinadi va probirka og‘zining chetlari alangada biroz qizdiriladi. Qovuzloq asta-sekin probirka ichiga kiritiladi, ichki devoriga tekkizib sovitiladi, so‘ng asta harakat qilib material olinadi. Shundan keyin yana probirka chetlari qizdiriladi va probka bilan byerkitiladi. Preparat tayyorlangandan so‘ng, qovuzloq albatta gorelka alangasida qizdirilishi (styerillash) lozim. Suyuq materialni probirka yoki kolbadan pipetka orqali olish mumkin, bunda pipetka o‘ng qo‘lda ushlanadi va pipetka teshigi II barmoq bilan byerkitib turiladi.

Surtma tayyorlash etaplari:

1. Surtma tayyorlash.

2. Quritish

3. Fiksasiya (qotirish) qilish

4. Bo‘yash

5. Mikroskopda ko‘rish.

Ish tartibi. Surtma tayyorlash uchun buyum oynasi yog‘sizlantiriladi( spirtovka alangasida), mikrob kulturasi qovuzloq bilan olinib (mikrob kulturasi agarda o‘sgan bo‘lsa styeril fiziologik eritma bilan) buyum oynasida surtma tayyorlanadi. Surtma yupqa 10 so‘mli tangaday bo‘lishi kyerak. Material aynan shunday taqsimlangandagina yakka-yakka joylashgan baktyerial hujayralarni ko‘rish mumkin. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo‘lsa, u holda uni qovuzloq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyum oynasiga tomiziladi va surtma tayyorlanadi

Quritish- surtmalar havoda yoki iliq havo oqimida gorelka alangasi ustida quritiladi.

Fiksasiya qilish- surtmani qotirish uchun buyum oynasi (surtmani yuqoriga qaratgan holda) 3 marta asta-sekin (3 sekund davomida) gorelka alangasidan o‘tkaziladi. Ayrim hollarda qon surtmasi, a’zo va to‘qimalar surtma tamg‘alari, mikroorganizm kulturalaridan tayyorlangan surtmalar 5—20 min metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, sulemali spirt yoki boshqa fiksasiya qiladigan suyuqliklarga solinadi va fiksasiya qilinadi. Mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o‘ladi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi.

Fiksasiyadan maqsad- mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o‘ldiriladi, zararsizlanadi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi va o‘lgan baktyeriyalar yaxshi bo‘yaladi. Fiksasiyada ro‘y byeruvchi xatoliklar. Agar buyum oynasini yuqorida ko‘rsatilgandan ko‘proq qizdirilsa, hujayralarning tuzilishi keskin o‘zgarib kyetadi.

Surtmani bo‘yashda 2 xil oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usulda faqat bitta bo‘yoq qo‘llaniladi, murakkab bo‘yashda esa bir necha bo‘yoqlar qo‘llanilishi mumkin.

Oddiy usul. Fiksasiyalangan surtma birgina bo‘yoq bilan bo‘yaladi, masalan, fuksinning suvli aritmasi (1—2 min) yoki metilen ko‘kining eritmasi bilan (3—5 min) bo‘yaladi, so‘ng suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immyersion sistemada ko‘riladi.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar:

“Aqliy hujim”yoki «Miya shturmi» usulini qo‘llash

Bu usul bilan ishlash uchun pog‘ona ochiq muhokamaga xalaqit byeradigan ruxiy taranglikni bartaraf etish muhitini yaratib olish zarur. Bu usul tafakkur qilish mezonlarining chegaralarini kengaytirish, mavjud chegaralanishni abstraklashtirish, fikrlash faoliyatining tezlikda rivojlanish, ilmiy faoliyat intensivligi imkoniyatlarini birlashtiriladi.

Bu usul argumentlash, o‘z shaxsiy nutq nazarida sobit turish, optimal echimlarni topish, muloqat o‘rganish va boshqalarni o‘zining xaqligiga ishontirish kabilarni o‘rgatishdan iborat.

Bu usul quyidagilarni nazarda tutadi:

-g‘oyalarning xilma-xilligini qo‘llab- quvvatlaydi. Qanchalik g‘ayri oddiy g‘oya bo‘lsa, shunchalik yaxshi;

- ko‘plab takliflarni olish

- tushinarli va qisqa muloxazalar zarur;

- g‘oyalarga qarshi va unga qo‘shilmagan guruhlar bo‘lishi lozim;

Talabalarga mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanining rivojlanishida R.Kox va L Pastyerlarning fanga olib kirgan asosiy kashfiyotlarini muxokama qilish taklif qilindi. Xar bir talaba o‘zining fikrlarini bir varaq qog‘ozga yozib bildirishadi. Shundan so‘ng navbati bilan tug‘ri javoblar shabloni ochiladi va talabalarning javoblari bilan taqqoslanadi. Oxirida masalaga to‘g‘ri yondoshgan va yozgan talabalar boholanadi va xulosa qilinadi.

Javoblar shabloni: Mikrobiologiya, immunologiya fanining rivojlanishida R.Kox ning fanga olib kirgan asosiy kashfiyotlari:

1.Mikrobiologiya amaliyotida birinchi bo‘lib zich muhitni qo‘llab, baktyeriyalarni toza kulturasini ajratib olishni yo‘lga qo‘ygan;

2.Baktyeriologik amaliyotda tekshirilayotgan patologik materialdagi baktyeriyalarning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash usulini fanga olib kirgan (glubinniy posev)

3.Baktyeriyalarning mikroskopda anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yab ko‘rishni baktyerioskapik usulga kiritgan.

4.R.Kox o‘zi ishlab chiqan usullar yordamida sil, vabo va kuydirgi qo‘zg‘atuvchilarini toza kulturasini ajratib olgan.

13.2.1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

1.Viloyat markazida baktyeriologik laboratoriya ochilishi kyerak. Uning faoliyat ko‘rsatishi uchun qanday sharoit yaratilishi lozim. U qanday asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kyerak?

13. 2.2. Grafikli organayzyer: konseptual jadval

O‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha toqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

Qadamlar:

1.Konseptual jadvalni tuzish qoidalari bilan tanishiladi.

2.Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo‘yicha, xususiyatlarni ajratadilar.

3. Alohida konseptual jadvalni to‘ldiriladi.

- uzunligi bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;

- ko‘ndalangi bo‘yicha taqqoslanish olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi

Prokariot va Eukariot hujayralari o‘rtasidagi asosiy farqlar bo‘yicha konseptual jadval (namuna)



Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə