|
Matematika o’qitish uslubiyati fani maqsad va vazifalariInternational Conference on Developments in Education60 (1)International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https
:
econferencezone.org June 8
th
2022
205
uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli matematik
ma’lumotlarni olishiga erishish.
Tarbiyaviy maqsadlari: matematika faniga bo’lgan turg’un qiziqishni tarbiyalash; o’quvchilarni axloqiy,
ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash (masalan, mehnatga hurmat, burch hissi,
go’zallik,
ziyraklik
, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur
va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. Amaliy maqsadlari:
olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish
ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni
mustaqil egallay olish ko’nikmalarini tarkib toptirish. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun
matematikadan davlat ta’lim standarti maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan
maqsadlarni quyidagicha belgilaydi: - o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini
umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishida hamda
hayotga tadbiq eta olishiga intilish; - o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida
ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa
olishlariga ko’maklashish; - insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib
borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini
ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish; - vatanparvarlik, milliy g’ururni
tarkib toptirish
,
rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor
qilish; - jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning
tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantrish; - o’quv jarayonini
demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari kuyidagilar:
son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish;
hisoblashning amaliy ko’nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish;
algebraik amallarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi
masalalarni yechishda qo’llash;
elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil
qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish;
planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o’zlashtirish;
o’rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro’y berayotgan hodisalarni matematik
modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish;
fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish
ko’nikmalarini shakllantirish.
Davlat ta’lim standarti (DTS): matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; o’quvchilarning yosh
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o’quv yuklamasining
yuqori miqdoridagi
hajmini
; asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi. Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab
qirralarini o’rgatish bilan bir qatorda o’tmish merosimizni o’rganishga imkoniyat tug’dirilishi lozim. Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo
Buzjoniy, Fiyosiddin al-Koshiy, Umar Hayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug’beklarning va hozirgi
zamon mashhur o’zbek matematiklarining matematika faniga qo’shgan hissalari haqida tushuncha berish
maqsadga muvofiq. Matematik ta’limning asosiy yo`nalishlari:
son va hisoblashlar
; ifodalarni ayniy shakl
almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funksiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar. Bu
yo’nalishlar bo’yicha standartda majburiy minimum belgilangan. O’quvchilarning matematik tayyorgarligiga
qo’yiladigan talablarda:
a) matematik ta’lim jarayonida o’quvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi;
b) o’quvchilarning matematikadan egallashlari majbur bo’lgan bilim va malakalar, masalalar yechish
ko’nikmalari ko’rsatiladi.
Shunday kilib, maktabda matematika o’qitish mazmuni va uni o’qitishni tashkil etish bo’yicha me’riy
xujjatlarga DTS, o’quv rejasi va dastur kiradi. Ular matematika o’qitish mazmunini aniqlashni ta’minlaydi;
har bir sinf o’quvchisi egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar hajmini belgilaydi; dasturning maktabda
|
|
|