Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Ta’limda nazariyani amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə25/109
tarix11.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#147166
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Ta’limda nazariyani amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili. Didaktikaning asosiy va yetakchi tamoyili ta’limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lab olib borishni taqazo etadi. Biz o‘quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta’lim amaliyot bilan bog‘lanishi kerak. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyilini ta’lim - tarbiya ishining hamma yo‘nalishlarida amalga oshirish zarur.
Farobiy ham o‘z davrida har qanday fanni ikki qismga, amaliy va nazariy qismlarga ajratgan. Mana shu qismlardan hayotda foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan. Uning amaliy va nazariy qismlarga bergan ta’riflaridan, ta’limni amaliyotga, kishilarning kundalik faoliyatiga bog‘lash fikri tug‘iladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagi tadbirlarga tayanish kerak:

  1. o‘rganiladigan materialni o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan, kichik sinflarda esa ularning o‘yinlari bilan bog‘lash zarur, chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qitish albatta o‘yin faoliyatini talab qiladi;

  2. ta’limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan bog‘lash;

  3. nazariyani amaliyot bilan, turli qadamjolarga sayyohatlar shaklida bog‘lash;

  4. nazariy va amaliy yo‘sindagi turli masalalarni hal qilish, laboratoriya ishlari bilan shug‘ullanish va ishlab chiqarishga doir, mavjud bilimlar asosida praktikumlar o‘tkazish;

  5. o‘quvchilarning unumli mehnat, ya’ni ijtimoiy - foydali ishlarini o‘zlariga mos shaklda yo‘lga qo‘yish - bu prinsip mehnat tarbiyasi va ta’limi jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib, ilmiy bilimlarni mazmunini o‘zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llay bilish ham kerak. O‘quvchilar ishini nazariy jihatdan o‘rganar ekan ilmni amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini va ilm ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Maktab ta’limi tizimida nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili o‘qish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar, o‘quv laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalarida qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ularni ilmiy nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish tajribasi bilan qurollantiradi. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba o‘tqazish orqali olgan bilimlarni ishonarli ekanligini tekshiradilar va mustahkamlaydilar. Olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini hosil qiladilar. O‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarida olgan nazariy ma’lumotlarni, sport maydonlarida, zalda, amaliy faoliyatda sinab ko‘radilar va ma’lum natijalarga erishadilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə