Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə26/109
tarix11.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#147166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili. Ta’limning ongliligi o‘quvchilarning o‘qishga ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni, o‘qituvchi bergan topshiriqni o‘z vaqtida bajarishini anglatadi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘quvchilarni ijodiy tashabbuskorligi va mustaqilligini oshiradi, tafakkuri va nutqini rivojlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Onglilik tamoyilini sport turini ni anglashda namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida shug‘ullanuvchilar faolligi dastavval sport turlari bo‘yicha nazariy bilimlarning aqliy faoliyat va tafakkur qilish faoliyatidir. Mustaqillik qoidasi – o‘z sport turi bo‘yicha trener yordamisiz berilgan topshiriqlarni bajarish.
O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik tamoyili harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqali harakatlarni o‘zlashtirishni qat’iy qoralaydi va birinchilardan bo‘lib harakatlarni taqqoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va harakat faoliyatlarini egallash g‘oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug‘ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatkichlarini oshiradi”, degan qo‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning tamoyillar mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning mohiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan. Jismoniy tarbiya darslarida shug‘ullanuvchilarda quyidagi ongli bilimni va faollikni mustaqillik ta’minlash lozim.

  • o‘quvchilarda yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarni, irodaviy sifatlarni mehnatsevarlik, faollikni tarbiyalash;

  • o‘quvchilarda hayotiy muhim malaka va ko‘nikmalarni yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish va tushish, suzish, sayohat asbob-anjomlaridan foydalana olish shakllantirish;

  • o‘quvchilarda jismoniy mashqlar gigienasi, anatomiyasi va fiziologiyasiga doir bilimlarini boyitish:

  • sport bo‘yicha targ‘ibotchilik, jamoatchilik, tashkilotchilik, instruktorlik malakalarini singdirish, harakatlarning estetikasini to‘g‘ri talqin qilishga odatlantirish;

  • yuqori sinf o‘quvchilarida ularning kelajakda egallaydigan kasblarini hisobga olgan holda kasb-hunar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • o‘quvchilarni olimpiya o‘yinlari tarixi, Firdavsiy, Abu Ali Ibn Sino, Navoiy, Bobur, Maxmud Qoshqariy, Abdulla Avloniy va boshqa buyuk olimlarning g‘oyalari, Alpomish, Pahlovon Maxmud, Barchinoy, To‘maris, Asqar polvon va boshqa pahlavonlarning hayotiy, respublikamizning hozirgi kundagi atoqli sportchilarini bilish;

  • Bolalarning maktabda o‘qitishning birinchi kunlaridan boshlab jismoniy tarbiya darslarida ularning tabiat-sog‘liq inson tushunchasini o‘zlashtirib olishlariga erishish kerak.

Masalan: bir kishi haqida o‘zining mustaqil fikriga ega mustaqil fikrlaydi desak, boshqa kishi to‘g‘risida “nimani eshitsa, ishonaveradi, o‘zining mustaqil fikriga ega emas” deymiz. Ana shunday bilimlar ishonchga aylanishining yagona yo‘li o‘quv materialini o‘quvchilar ongida qayta ishlanishidir. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport pedagogigining vazifasi o‘zlashtirilgan bilimlarni ishonchga aylantirishdan iborat va bunda shug‘ullanuvchining faolligi muhim o‘rin tutadi.
Bu esa shug‘ullanuvchilarni mustaqil fikrlashga faollik ko‘rsatishga majbur qildi. Bilimlarni ongli o‘zlashtirishlarini ta’minladi. Jismoniy mashqlarni ongli o‘rganish tarafdori bo‘lgan P.F.Lesgaft o‘qituvchiga taqlid qilishga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi. U ko‘r - ko‘rona taqlid qilish o‘quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishilariga, mustaqilligiga zarar yetkazadi deb ta’kidladi. P.F.Lesgaft jismoniy mashqlarni egallash jarayonida onglilikni talab qiladi, chunki faqat ana shundagina o‘z harakatlarini ongli boshqarish qobiliyati egallanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə