Mavzu: Amaliy ekonometrik modellar


Daromad va iste’mol funksiyasi



Yüklə 475 Kb.
səhifə6/11
tarix01.02.2023
ölçüsü475 Kb.
#99947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10.Amaliy ekonometrik modellar-1

Daromad va iste’mol funksiyasi

Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo’lgan yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan keyingi uning puldagi ko’rinishi – milliy daromaddan iste’mol va jamg’arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.
Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo’liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o’z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg’armaga ham bog’liq bo’ladi. Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishi. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi.
Shunga ko’ra, jamg’arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg’arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg’arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:

,
bu yerda:
Y – barcha xo’jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste’mol miqdori;
S – jamg’arma miqdori.

Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.




Yüklə 475 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə