|
Mavzu: Bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtirish. Reja
|
səhifə | 2/6 | tarix | 18.04.2022 | ölçüsü | 19,54 Kb. | | #85596 |
| Bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtirishMasalan:
It – bu insonning do’sti bo’lib, odamlar bilan birga yashaydi, uyda qo’riqchilik qiladi, yaylovlarda uy hayvonlarini yovvoyi hayvonlardan himoya qiladi. Vatanimiz chegaralarini himoya qilishda, o’t o’chirishda, g’ovvoslikda, sport musobaqalarida ishtirok etadi. uning bir boshi, ikkita qulog’i, 4 ta oyog’i bor, tepasi yung bilan qoplangan, tishlari bo’rinikiga o’xshash o’tkir, shuning uchun suyak, go’sht eydi.
Sigir – bu hayvon katta bo’lib, 4 ta baquvvat oyog’i, boshi, dumi bo’lib, tepasi yung bilan qoplangan, boshida 2 ta shohi bor. Sigirlarning go’shtidan foydalaniladi va sut mahsulotlari – yog’, qatiq, qaymoq, tvorog, pishloq olinadi. Terisidan charm kiyimlar va oyoq kiyimlar tayyorlanadi, shohidan taroq, tugma olinadi. Sigirlar o’t, somon, poxol, silos, kepak, kunjara, poya bilan oziqlanadi. Bu ozuqalar yozda, kuzda, qishlov uchun tayyorlab qo’yiladi.
Tovuq – uning 2 ta oyog’i, boshi, 2 ta ko’zi, 2 ta qanoti bor. Usti pat bilan qoplangan. Oyoq panjalari tukli, dumi tumtoq, tirnog’i bilan yerni titkilab, qurt-qumursqalarni topib eydi. Lekin bu ozuqa ularni qoniqtirmaydi, qo’shimcha ozuqa, maysa, don-dun beriladi. Tovuq tuxumidan jo’ja ochib, ko’payadi. Tovuqdan go’sht, tuxum, pat olinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|