Mavzu: Borliq va tabiat falsafasi


Tabiat borlig'ining struktura darajalari



Yüklə 335,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix31.12.2021
ölçüsü335,8 Kb.
#81628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
borliq va tabiat falsafasi

 

Tabiat borlig'ining struktura darajalari. 

Biz tevaraic 

atrofimizga nazar tashlasak, umuman borliqqa emas, balid, muayyan 

jismlarga, narsa va hodisalarga ko'zimiz tushadi. Siz bilan biz inson 

sifatida Yer sharida istiqomat qilamiz, o'zimizga mos keluvchi o'lchovlar 

bilan ish yuritamiz. Biz odatlangan o'lchovdagi kattaliidarni 

makroskopik kattaliklar, deb hisoblaymiz va bu 

maitrodunyoni 

tashicil 

qiladi. 



 

Shu nuqtai nazardan borliqning struktura darajalarini miqyosiy-

stoiktura va tashkiliy-struktura darjalariga ajratamiz. Borliqdagi ob'ektlar 

miqyosi bilan farq qiluvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga 

ajraladi. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo. 

Mikrodunyo 

atom miqyosidan kichikbo'lgan dunyodir. Bu dunyoga atom strukturasi 

va elementar zarrachalar, atom yadrosi, Kvandar, Kernlar kiradi. Bu 

dunyoning yaxlitligini va turg'unligini saqlab turuvchi ikkita 

fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz yadroviy o'zaro 

ta'sirlardir. 

 

Kuchli o'zaro ta'sirlar atom yadrosining strukturaviy yaxlitligini 



saqlab tursa, Kuchsiz o'zaro ta'sirlar atom strukturasining yaxlitligini 

ta'minlaydi. Molekulalar tuzilishidan tortib, Yer sharining yaxlitligini 

saqlashgacha xizmat qiluvchi kuch elektromagnit o'zaro ta'sirlaridir. 

 

Elektromagnit o'zaro ta'sirlari tufayli molekulali birikmalar va 



Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar o'zining strukturaviy birliklarini 

saqlaydi. Agar elektromagnit o'zaro ta'sirlari bo'lmaganda edi — Quyosh 

nurlari (ya'ni elektrormagnit nurlanishlari) Yerga etib kelmagan bo'lar 

edi va Yerda hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo'lar-edi.  Yer, uning 

tabiiy yo'ldoshi Oy va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida 

harakatlanadi.Bu sistemaning va umuman butun koinotning strukturaviy 

yaxlitligi esa gravitatsion o'zaro ta'sirlari tufayli saqlanadi. Gravitatsion 

o'zaro ta'sirlari biriktirib turgan dunyo — 



megadunyo 

deb ataladi. 

 

Ular bir-biri bilan chambarchas bog'langandir, shuningdek, ular 



bir-biriga almashinishi ham mumidn. Hozir megadunyo hisoblahgan 

koinotimiz bundan 15-20 mlrd. yil muqaddam o'ta kichik mikroskopik 

ob'ekt bo'lgan, degan taxminlar bor. Shuningdek, biz mikroob'ekt deb 

hisoblayotgan elementar zarracha neytron o'zining ichida  milliardlab  




holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashiciliy struktura darajalarini: 

anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy 

dunyo (jamiyat) ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, 

uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.




Yüklə 335,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə