Mavzu: Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari



Yüklə 74,21 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü74,21 Kb.
#133518
1   2   3   4   5
g\'azna 2

Turkiya davlati qadimdan yaratilgan va faoliyat yuritib kelayotgan g‘aznachilik tizimiga ega. Hozirgi kunda g‘aznachilik tizimida zamon talablariga ko‘ra islohotlar o‘tkazilmoqda va davlat budjetini boshqarish rivojlantirilmoqda. Turkiyada «5018 - Buxgalteriya hisobini yuritish va nazorat Qonuni» (5018 – Sayili Kamu Mali yonetimi ve control Kanuni. Agustos. 2007. Ankara) va «4749 – Davlat moliyasi va qarzlari haqida Qonuni»ning qabul qilinishi Turkiya davlat budjetini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minladi. Buxgalteriya hisobini yuritishning samarasini oshirish maqsadida vazirlik qoshida «5018 - Buxgalteriya hisobini yuritish va nazorat Qonuni» ijrosi doirasida Standartlashtirish Kengashi tuzilgan. Barcha buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari hal qilish Standartlashtirish Kengashiga yuklatilgan. Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birga faoliyat yuritadi. Budjetning xarajatlar qismining ijrosi, G‘aznachilik Yagona Hisobraqamii yuritilishi, davlat mablag‘laridan xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirish, g‘aznachilik operatsiyalarini moliyaviy nazorat qilish Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi funktsiyalariga kiradi. Davlatdan mablag‘ oladigan budjet tashkilotlarining xarajatlari Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi tomonidan to‘lab beriladi. Davlat moliyasi va iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bir necha vazirlik shug‘ullanadi. G‘aznachilik risklarni boshqarish tadbirlari, moliyaviy nazorat va audit budjet «tiniqligi»ni ta’minlashga yordam beradi. Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasining asosiy vazifasi davlat xarajatlari, davlat qarzlari bilan bog‘liq budjet xarajatlarini uzluksiz mablag‘lar bilan ta’minlash va moliyaviy nazorat qilishdir.


Yüklə 74,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə