Mavzu: elektr yuklamalarning grafiklari va ularning tavsiflovchi ko‘rsatkichlar reja



Yüklə 74,1 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü74,1 Kb.
#162636
1   2   3   4   5
Elektr yuklamalarning grafiklari va ularning tavsifi

Yuklanish koeffitsienti deb ma’lum vaqt davomida iste’molchining haqiqiy o‘rtacha quvvatini uning nominal quvvatiga nisbatini aytiladi.

Iste’molchining o‘rtacha haqiqiy yuklamasi Rur.u deganda, uning faqat ulangan vaqtga to‘o‘ri keladigan o‘rtacha yuklama tushuniladi. Rasmda ko‘rsatilgan grafikda ulanish vaqti t u=t1+t2 +.........+t10, bo‘lib,

Yuklanish koeffitsienti iste’molchining ulangan vaqtdagi ishlatilish (foydalanish) darajasini ko‘rsatadi.
Talab koeffitsienti iste’molchilar guruhiga tegishli bo‘lib, u hisobiy yuklamani iste’molchilarning nominal qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi.

Ishlatilish va maksimum koeffitsientlarining ifodalarini hisobga olsak

shuningdek

Talab koeffitsientlarining qiymatlari sanoat korxona-laridagi har xil iste’molchilar guruhlari uchun ekspluatatsiya sharoitida tajriba asosida ushbu ifoda orqali aniqlanadi:

bu erda, Rk - iste’molchilar guruhining qabul qilgan aktiv quvvati. Talab koeffitsientining har xil iste’molchilar guruhi va korxonalar uchun qiymatlari ma’lumotnomalarda keltirilgan.
O‘rtacha yuklamalar
Korxonalarning hisobiy yuklamalarini aniqlashda va elektr ta’minoti tizimidagi energiya sarfini, nobudgarchiligini hisoblashda o‘rtacha yuklamasi hisobiy yuklamaning eng kichik qiymati to‘o‘risida ma’lumot beradi. Umumiy holda ma’lum oraliqdagi o‘rtacha quvvat quyidagicha ifodalanadi:

Eksluatatsiya sharoitida guruh iste’molchilarining o‘rtacha quvvatlari aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlarining ko‘rsatgichlari asosida ushbu munosabatlar orqali topiladi:

; ;
bu erda, EA, Er - aktiv va reaktiv elektr energiyalarining ko‘rilayotgan ts vaqt oraligidagi sarfi.
Korxonaning elektr ta’minotini loyihalash bosqichida guruh iste’molchilarining eng katta yuklamali smenasidagi o‘rtacha quvvatni quyidagicha aniqlash mumkin:
Pur=Kia* Rn
bu erda, Rn - iste’molchilarning nominal quvvatlarini yio‘indisi bo‘lib, takroriy qisqa muddatli rejimda ishlovchi iste’molchilarni UD=100% rejimga keltirish kerak; Ki a - guruh iste’molchilariga tegishli bo‘lgan ishlatilishi koeffitsienti.
Eng yuklangan smenaga reaktiv quvvatning o‘rtacha qiymatini guruh iste’molchilari uchun shunday topiladi:
Qur=Kir Qn yoki Qur=Rur tg
bu erda, tg  ni qiymatini topishda ma’lumotnomalarda har xil guruh iste’molchilarga uchun berilgan quvvat koeffitsientidan foydalaniladi. Sex yoki korxonaning yillik o‘rtacha quvvati ushbu munosabatdan aniqlanadi:
;
Ifodadagi Eay - yillik iste’mol qilingan aktiv energiya miqdori (kVt soat)
Ery - yillik iste’mol kilingan reaktiv energiya miqdori (kVAr soat)
Ty - korxonaning yillik ish vaqti (soat)
Faza bo‘yicha oldinda boruvchi toklar hosil qiluvchi iste’molchilarning (sinxron mashinalar, statik kondensatorlar) reaktiv quvvatlari manfiy ifoda bilan qabul qilinadi.

Yüklə 74,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə