Soʻzdan foydalanish uslubiyati . Bolada jismoniy mashq haqida toʻgʻri
tasavvur hosil qilish uni koʻz oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi.
Koʻrgazmalilik va soʻz yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qoʻshib olib
borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi bilan yoki
yozilganlarini koʻrishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish
malakasiga ega boʻla boshlaydilar.
Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy boʻlsa, ularga jismoniy
mashq oʻrgatishda soʻz bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq boʻladi.
Soʻzni harakteri oʻrganishni har xil bosqichida turlicha boʻlishi lozim. Oʻrgatishni
boshlanishida harakat toʻliq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa
koʻrsatma berishlari bilan almashinadi. Koʻrsatmalar yordamida harakatdagi
xatolarni toʻgʻirlash va ogoxlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va
koʻrsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash,
tugallash, uni suroatini aniqlash, ritmini, harakatga yoʻnalish berish uchun
qoʻllaniladi.
Gimnastikada qabul qilingan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila
boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin.
Koʻrsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda koʻproq foydalaniladi.
Koʻpchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, sherlar mazmuni aytiladigan voqealar va
harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni oʻqish bilan qoʻshib
ijro etiladi. Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga oʻrgatish,
oʻsha jismoniy mashq haqida toʻliq boʻlimga, harakatni his qilishga imkoniyatni
koʻpaytiradi. Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida koʻproq ma’lumot
fikrga ega boʻlish va jismoniy mashqlarni bajarilishi haqida lozim boʻlgan
malakalarga manbaa boʻladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar oʻqish,
rasmlar koʻrish, stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yoʻlga
qoʻyilishi mumkin.