1-mashq – tortilish.
2-mashq – gavda, oyoq va qoʻl mushaklari uchun mashqlar.
3-mashq – oldingi
mashqlarni kuchli dinamika, katta amplitudalar bilan
bajarish.
4-mashq – yugurish, sakrashlar, oʻtirib-turishlar, sport yurishi.
5-mashq – qoʻllarni siltash harakatlari.
6-mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish uchun mashqlar.
7-mashq – diqqat-e’tiborga yoʻnaltirilgan mashqlar.
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi
Jismoniy tarbiya daqiqalari, odatda, jismoniy tarbiya pauzalari hal etadigan
vazifalar bilan bir xil vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jismoniy
tarbiya daqiqalari va mikropauzalar mehnatni ilmiy
tashkil etish tizimining
universal shakllari hisoblanadi, chunki ayrim hollarda jismoniy tarbiya pauzasi va
gigienik gimnastikadan noqulay sanitariya-gigiena shart-sharoitlari, uskuna-
qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati yoʻqligi, uzluksiz texnologik jarayon va
boshqalar sababli foydalanish mumkin boʻlmay qoladi. Masalan, elektr
poezdlarining dispetcherlari, mashinistlari mehnatining
xususiyati va tashkil
etilishi ularga uzoq muddatli tanaffus qilish imkoniyatini bermaydi, tez-tez qisqa
muddatli tanaffuslar esa ularga juda ham zarur. Shuning uchun ham ularga
jismoniy tarbiya daqiqasi majmuasini bajarish tavsiya etiladi.
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzani ishlab chiqib,
jismoniy tarbiyasi tizimiga kiritish xususiyatlari shundan iboratki, ulardan
quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
1) jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan qat’i nazar, ish smenasining
ixtiyoriy paytida;
2) deyarli har qanday sanitariya-gigienik shart-sharoitlarda;
3) mehnatni tashkil etish shart-sharoitlari va ishlab chiqarish texnologiyasi
boʻyicha uskuna va qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati boʻlmagan hollarda;
4) alohida bitta xizmatchi qisqa muddatli dam olish zaruriyatini sezgan
hollarda individual tarzda.
Jismoniy tarbiya daqiqalari va mikropauzalar
mashqlarini tanlashda
boshlangʻich gimnastika va jismoniy tarbiya pauzalarini tanlashda foydalanilgan
uslubiy talablar inobatga olinadi.
Jismoniy tarbiya daqiqasi 1-2 daqiqa davom etadi va charchash alomatlari
sezilayotgan mushak guruhlari dam olishi uchun maxsus tanlangan 2-3 ta
mashqlardan tashkil topgan boʻladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarida kuchlanishni
yoʻqotish uchun oʻz-oʻzini uqalash usullari orqali boʻshashtirish mashqlaridan
foydalaniladi va bu charchagan mushaklarning ish qobiliyatini tezroq va toʻliqroq
tiklash imkoniyatini beradi.
Umumiy charchashni pasaytirish uchun moʻljallangan jismoniy tarbiya
daqiqalarida mashqlar charchashning xususiyatiga bogʻliq holda tanlanadi.
Bunday hollarda mushaklarni zoʻriqtiruvchi va boʻshashtiruvchi
mashqlar,
dinamik va statik xususiyatli hamda boshqa mashqlar qoʻllanishi mumkin.
Mashqlarni tanlashda jismoniy tarbiya daqiqasi maqsad va vazifalariga bogʻliq
holda ma’lum sxemaga tayanish tavsiya etiladi. Birinchi mashq, odatda, kuraklarni
toʻgʻrilash, elkalarni orqaga tortishdan iborat boʻladi. Biroq lokal (tor doirada)
ta’sir etuvchi jismoniy tarbiya daqiqalarida tortilish mashqi boʻlmasligi ham
mumkin boʻlib, mashgʻulot esa birdaniga charchagan organ ishtirok etadigan
mashqdan boshlanishi ham mumkin. Keyingi mashqlar charchashni yoʻqotish
uchun yoʻnaltirilgan boʻladi. Umumiy ta’sir kompleksida ikkinchi mashq –
egilishlar, burilishlar, uchinchi mashq esa siltanish harakatlari boʻladi.
Bir xil kasb egalari boʻlgan odamlarning bir ish smenasida charchashi
ularning turli organlarida vujudga keladi. Avval, masalan, qoʻl, yelka mushaklarida
charchoq paydo boʻladi, oyoqlar qoʻrgʻoshindek qotib qoladi, koʻzlar charchaydi,
bosh ogʻriy boshlaydi. Shuning uchun, odatda, turli mushak guruhlari lokal
charchaganda va umumiy charchash turlicha namoyon boʻlganda,
faol dam olish
uchun foydalaniladigan jismoniy tarbiya daqiqalari majmualari seriyasi taklif
etiladi. Bunday majmualar bir oydan kam boʻlmagan muhlatda bir marta
oʻzgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: