Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
ilovepdf merged (2)

Uchinchi guruhga
katta jismoniy yuklamalar, nisbatan yuqori sur’atda 
bajariladigan ishchi harakatlari (masalan, qurilish ishchilari, shaxtyorlar va b.) 
bilan bogʻliq kasblar kiritilgan. Mashqlar majmuasining asosiy yoʻnalishi – bu 
organizmni umumiy, har tomonlama mustahkamlash. Mashqlar sekin, chuqur 
nafas olish bilan bajariladi. Majmuaga, odatda, quyidagi mashqlar kiritiladi: 
1-mashq – keyinchalik qoʻllar va elka kamari mushaklarini boʻshashtirish 
orqali tortilish. 
2-mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish. 
3-mashq – butun gavda mushaklarini (oʻtirgan yoki yotgan holatda) 
boʻshashtirish. 
4-mashq – yon tomonga egilishlar, gavdani burishlar. 
5-mashq – oʻrtacha va tez sur’atda qoʻllarni siltash harakatlari. 
6-mashq – hamlalar, oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurish. 
7-mashq – diqqat–e’tibor va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar. 
Toʻrtinchi guruh
aqliy mehnat vakillaridan iborat. Kam harakatli bunday 
ishlash salomatlik holatiga, jismoniy rivojlanishga noqulay (salbiy) ta’sir 
koʻrsatadi. Ular uchun quyidagi jismoniy tarbiya pauzalari mashqlari majmuasi 
tavsiya etiladi: 


1-mashq – tortilish. 
2-mashq – gavda, oyoq va qoʻl mushaklari uchun mashqlar. 
3-mashq – oldingi mashqlarni kuchli dinamika, katta amplitudalar bilan 
bajarish. 
4-mashq – yugurish, sakrashlar, oʻtirib-turishlar, sport yurishi. 
5-mashq – qoʻllarni siltash harakatlari. 
6-mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish uchun mashqlar. 
7-mashq – diqqat-e’tiborga yoʻnaltirilgan mashqlar. 
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi 
Jismoniy tarbiya daqiqalari, odatda, jismoniy tarbiya pauzalari hal etadigan 
vazifalar bilan bir xil vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jismoniy 
tarbiya daqiqalari va mikropauzalar mehnatni ilmiy tashkil etish tizimining 
universal shakllari hisoblanadi, chunki ayrim hollarda jismoniy tarbiya pauzasi va 
gigienik gimnastikadan noqulay sanitariya-gigiena shart-sharoitlari, uskuna-
qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati yoʻqligi, uzluksiz texnologik jarayon va 
boshqalar sababli foydalanish mumkin boʻlmay qoladi. Masalan, elektr 
poezdlarining dispetcherlari, mashinistlari mehnatining xususiyati va tashkil 
etilishi ularga uzoq muddatli tanaffus qilish imkoniyatini bermaydi, tez-tez qisqa 
muddatli tanaffuslar esa ularga juda ham zarur. Shuning uchun ham ularga 
jismoniy tarbiya daqiqasi majmuasini bajarish tavsiya etiladi. 
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzani ishlab chiqib, 
jismoniy tarbiyasi tizimiga kiritish xususiyatlari shundan iboratki, ulardan 
quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
1) jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan qat’i nazar, ish smenasining 
ixtiyoriy paytida; 
2) deyarli har qanday sanitariya-gigienik shart-sharoitlarda; 
3) mehnatni tashkil etish shart-sharoitlari va ishlab chiqarish texnologiyasi 
boʻyicha uskuna va qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati boʻlmagan hollarda; 
4) alohida bitta xizmatchi qisqa muddatli dam olish zaruriyatini sezgan 
hollarda individual tarzda. 


Jismoniy tarbiya daqiqalari va mikropauzalar mashqlarini tanlashda 
boshlangʻich gimnastika va jismoniy tarbiya pauzalarini tanlashda foydalanilgan 
uslubiy talablar inobatga olinadi. 
Jismoniy tarbiya daqiqasi 1-2 daqiqa davom etadi va charchash alomatlari 
sezilayotgan mushak guruhlari dam olishi uchun maxsus tanlangan 2-3 ta 
mashqlardan tashkil topgan boʻladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarida kuchlanishni 
yoʻqotish uchun oʻz-oʻzini uqalash usullari orqali boʻshashtirish mashqlaridan 
foydalaniladi va bu charchagan mushaklarning ish qobiliyatini tezroq va toʻliqroq 
tiklash imkoniyatini beradi. 
Umumiy charchashni pasaytirish uchun moʻljallangan jismoniy tarbiya 
daqiqalarida mashqlar charchashning xususiyatiga bogʻliq holda tanlanadi.
Bunday hollarda mushaklarni zoʻriqtiruvchi va boʻshashtiruvchi mashqlar
dinamik va statik xususiyatli hamda boshqa mashqlar qoʻllanishi mumkin. 
Mashqlarni tanlashda jismoniy tarbiya daqiqasi maqsad va vazifalariga bogʻliq 
holda ma’lum sxemaga tayanish tavsiya etiladi. Birinchi mashq, odatda, kuraklarni 
toʻgʻrilash, elkalarni orqaga tortishdan iborat boʻladi. Biroq lokal (tor doirada) 
ta’sir etuvchi jismoniy tarbiya daqiqalarida tortilish mashqi boʻlmasligi ham 
mumkin boʻlib, mashgʻulot esa birdaniga charchagan organ ishtirok etadigan 
mashqdan boshlanishi ham mumkin. Keyingi mashqlar charchashni yoʻqotish 
uchun yoʻnaltirilgan boʻladi. Umumiy ta’sir kompleksida ikkinchi mashq – 
egilishlar, burilishlar, uchinchi mashq esa siltanish harakatlari boʻladi. 
Bir xil kasb egalari boʻlgan odamlarning bir ish smenasida charchashi 
ularning turli organlarida vujudga keladi. Avval, masalan, qoʻl, yelka mushaklarida 
charchoq paydo boʻladi, oyoqlar qoʻrgʻoshindek qotib qoladi, koʻzlar charchaydi, 
bosh ogʻriy boshlaydi. Shuning uchun, odatda, turli mushak guruhlari lokal 
charchaganda va umumiy charchash turlicha namoyon boʻlganda, faol dam olish 
uchun foydalaniladigan jismoniy tarbiya daqiqalari majmualari seriyasi taklif 
etiladi. Bunday majmualar bir oydan kam boʻlmagan muhlatda bir marta 
oʻzgartirilishi mumkin.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə