Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
ilovepdf merged (2)

Sport tayyorgarligi 
- sportchilar mashgʻulotini qamrab oluvchi, koʻp omilli 
jarayon boʻlib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashgʻulot jarayonini 
va musobaqani tashkil qilish, mashgʻulot va musobaqani ilmiy-metodik va 
material-texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari 
mashgʻuloti oʻqish va dam olish bilan qoʻshib olib borishini hisobga oladi. 
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyorgarligi tizimi va sport 
maktabi deb yuritiladi. 


Sport tayyorgarligi tizimi 
- bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu 
muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, 
shuningdek, sportchini tayyorlashni amaliy faoliyatidir. 
Sport maktabi 
- sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi boʻlib, bir guruh 
mutaxassislarni ijobiy izlanishga asoslanadi. 
Sport mashgʻulotlari 
- bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport 
mashgʻulotlari maxsus jarayonni oʻz ichiga olib, aniq tanlangan sport turi boʻyicha, 
sportchini yuqori koʻrsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali 
organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish 
uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir. 
-sport mashgʻulotlari pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga 
erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. 
Sport mashgʻulotlari atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi 
ham qoʻllaniladi. 
Sportchini tayyorlash 
- kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak 
koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlishi va uni amalga oshira borishni 
ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. 
Mashq bilan chiniqqanlik- mashgʻulot vositasida organizmning muayyan bir 
ishga moslashganlik darajasidir. 
Tayyorgarlik darajasi atamasi tayyorgarlikning qaysi darajada ekanligini 
koʻrsatadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə