Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
ilovepdf merged (2)

Sport mashgʻulotlari tizimi 
- bu sportchilar tayyorlashda beriladigan 
bilimlarni, tamoyillarni, uslublari va sport koʻrsatkichini, shuningdek, mashgʻulot 
jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliyatini bir butunligidir. 
Sport koʻrsatkichlari 
- bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi 
darajada ekanligini koʻrsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash 
izimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport koʻrsatkichlari, sportchini 
iqtidorligini aniqlaydi.
Sport natijalari 
- sportdagi son va sifat darajasining koʻrsatkichidir. 


Sportchining tasnifi 
- sportchini barqaror tasnifi boʻlib, ma’lum vaqt ichida 
yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir. 
Oʻzbekiston Respublikasida yagona sport tasnifi mavjud boʻlib, har toʻrt 
yilda oʻzgarib turadi. Sportning ijtimoiy hodisa sifatida oʻziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi 
vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolotiga ham 
kuchli ta’sir koʻrsatadi. 
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir 
koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi
ma’naviy, ahloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi 
xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat,doʻstlik-
inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, olijanoblik, halollik, 
baynalmilallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi. 
Trenirovka atamasi boshqa terminlar singari bir ma’noli soʻz emas. Uni eng 
keng ma’noda, mashqlarning konkret mazmuni mutlaqo xilma xil boʻlishi 
mumkinligiga qaramay, har qanday mashq qilish, odatlantirish jarayoni ma’nosida 
tushunadilar. 
Sport trenirovkasi pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga 
erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. 
Sport trenirovkasining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin boʻlgan eng 
yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak 
natijalarni namoyish etishdan iboratdir. 
Sport trenirovkasi atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi 
ham qoʻllaniladi. 
Sportchini tayyorlash- kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak 
koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlish va buni oshira borishni ta’minlovchi 
barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. 
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali 
ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn). 


Bu oqibatlar majmui, sport bilan shugʻullangan har bir jamoa a’zosi, har bir 
ijtimoiy guruh uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi. 
Bularga quyidagilar kiradi: 
- aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining 
ijtimoiy ta’siri; 
- jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat 
samaradorligi; 
- har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sogʻlom boʻlishiga, uning 
ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati, 
ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan 
oʻrniga sportning tarbiya, ta’lim va sogʻlomlash-tirishga qaratilgan ta’sirining 
amaliy natijasi; 
- mashgʻulotdan boʻsh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam 
olishning ommaviyligi; 
- ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targʻib 
qilishning samaradorligi; 
-xalqaro sport harakatlari va olimpiya oʻyinlarining rivojlanishiga, turli 
mamlakat xalqlari oʻrtasida tinchlik – totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga, 
keskinlikni yumshatishga qoʻshgan hissasining samaradorligiga bogʻliqdir. 
Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan 
hozirgi kunda vazifalar bundan ham koʻpaya boradi. 
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir 
koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, 
ma’naviy, axloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi 
xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat, doʻstlik-
inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, oliyjanoblik, halollik, 
baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi. 
Sport koʻngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sogʻlomlashtirish 
vazifasini bajaradi, uning sogʻlomlashtirish turlari, dam olish, joʻshqin xordiq 
chiqarishga qaratilgan boʻlib, sogʻlom hayotning asosi boʻlib, hisoblanadi. 



Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə