Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
ilovepdf merged (2)

Birinchi guruhga
qisqa muddatli operatsiyalarni (amallarni) bajarish bilan 
bogʻliq mehnat turlari birlashtilgan. Ular katta boʻlmagan jismoniy yuklamani 
talab qiladi va ish harakatlarining bir maromliligi bilan farqlanadi. Ish, odatda, 
gavdani bir oz oldinga egib oʻtirgan holatda bajariladi. Asosiy ish harakatlari – 
kuchlanishli, diqqat-e’tiborni talab qiladigan qoʻllar harakati (masalan, tikuvchilar, 
mexanizm yigʻuvchilar, perforatorchilar, chilangarlar va b.). Gimnastika 
majmuasida quyidagi mashqlar ketma–ketligi tavsiya etiladi: 
1-mashq – tortilish.
2-mashq – qoʻllar va oyoqlarni harakatlantirib burilishlar, yon tomonlarga 
va oldinga egilishlar. 
3-mashq – 2-mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish. 
4-mashq – oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurishlar, sport yurishi. 
5-mashq – oʻrtadan past sur’atda oyoqlar, qoʻllar bilan siltanib 
harakatlanishlar. 
6-mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish. 
7-mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar. 
Ikkinchi guruh 
oʻrtacha jismoniy kuchlanishlar, ancha sezilarli darajadagi 
diqqat-e’tibor, mehnat harakatlarining turli-tumanligi (masalan, dastgohchilar: 
tokarlar, frezerchilar, karuselchilar, shlifovkachilar) bilan tavsiflanadigan 
kasblarni birlashtiradi. Mashqlar majmualari tarkibiga ishlab chiqarish mehnati 


jarayonida ishtirok etadigan mushaklarni harakatga jalb etmaydigan quyidagi turli 
dinamik mashqlar kiritiladi: 
1-mashq – tortilish. 
2-mashq 
– choʻzilish, gavda, qoʻllar, oyoqlarning mushaklarini 
boʻshashtirish. 
3-mashq – oldingi mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish. 
4-mashq – oyoqlar va qoʻllarni siltash harakatlari. 
5-mashq – oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurish, sport yurishi. 
6-mashq – boldir va tovon mushaklarini boʻshashtirish orqali oyoqlarni
siltash harakatlari. 
7-mashq – eng faol ishlayotgan mushak guruhlarini boʻshashtirish. 
8-mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə