Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
ilovepdf merged (2)

10-Ma’ruza 
Mavzu: Kasbiy 
-
 amaliy jismoniy tayyorgarlik
Reja 
1.
Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya mazmuni. 
2.
Gigienik gimnastika. 
3.
Jismoniy tarbiya pauzasi. 
4.
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi. 
5.
Ishdan keyingi tiklanishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya. 
 
Kalit soʻzlar: 
Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, gigienik gimnastika, faol 
dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi, mehnat faoliyati tartibida 
jismoniy tarbiya, birinchi guruh kasblar, ikkinchi guruh kasblar, uchinchi guruh 
kasblar, toʻrtinchi guruh kasblar, tushlik tanaffus vaqtida jismoniy tarbiya, ishdan 
keyingi tiklanishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish-profilaktika 
gimnastika. 
 
Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya mazmuni 
Ijtimoiy tadqiqotlar, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarning 
mehnat unumdorligi, shugʻullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3-
8% ga yuqori ekanligini koʻrsatadi. Butun mamlakat miqyosida shuning oʻzi katta 
iqtisodiy foyda beradi. 
Bevosita mehnat tartibida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. Sakkiz soatli ish kuni ancha sezilarli charchashga olib keladi, shu 
sababli ish kuni davomida kuchni saqlash uchun mehnat va faol dam olishni
optimal navbatlash tartibini yaratish kerak. Faoliyatning bir turidan boshqasiga 
yoki jismoniy mashqlarni bajarishga oʻtish charchagan organizmning tiklanishiga 
qulay imkoniyat yaratadi.
Mehnat tartibiga u yoki bu jismoniy tarbiya turini kiritish ish qobiliyati 
dinamikasiga bogʻliq holda aniqlanadi. Insonning ish qobiliyati ish kuni davomida 


tebranib (oʻzgarib) turadi. Dastlab u past (ishga kirishish davri) boʻladi, keyin 
koʻtariladi va yuqori darajada (mustahkam ish qobiliyati davri) saqlanadi, undan 
keyin yana pasayadi (kompensatsiyalangan charchash davri). Bunday oʻzgarish bir 
ish kuni davomida ikki marta – tushlik tanaffusgacha va undan keyin takrorlanadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə