Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
ilovepdf merged (2)

Jismoniy tarbiya pauzasi 
Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik, 
organizmning funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor 
konsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va 
kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum 
darajada bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi.
Gigienik gimnastikadan farqli oʻlaroq, jismoniy tarbiya pauzasi bevosita 
mehnat faoliyati jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi 
yarimlarida ikki martadan bajariladi. Jismoniy tarbiya pauzasi, hal qilinadigan 
asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda, ishchilarda charchoqning rivojlanishi 


arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo boʻlishi 
bilanoq oʻtkazilishi kerak. Muddatidan oldin jismoniy mashqlar majmuasini 
oʻtkazish ish ritmining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi 
mumkin. Odatda, jismoniy tarbiya pauzalari tushlik tanaffusdan yoki ish smenasi 
tugashidan 1–2 soat oldin oʻtkaziladi. Agar jismoniy tarbiya yoʻriqchisi har bir 
aniq ishlab chiqarish uchastkasidagi ishchilar ish qobiliyatlarining oʻzgarishi 
asosida ish koʻrsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi.
Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya pauzasining 
foydasi ortadi:

mashgʻulotlarni oʻtkazish vaqti charchoqning dastlabki alomatlari 
paydo boʻlish lahzasi bilan aniq mos tushishi kerak; 

jismoniy mashqlar toʻgʻri bajarilishi, mashgʻulotlar jonli, qiziqarli 
tarzda, musiqa sadolari ostida oʻtkazilishi kerak; 

majmualardagi yuklama shugʻullanuvchilarning yoshiga, jinsiga, 
jismoniy tayyorgarlik darajasiga va salomatlik holatiga bogʻliq holda 
tabaqalashtirilishi kerak; 

kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini oʻtkazishda 
uning yuklamalari yigʻindisi kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30-40 % kam 
boʻlishi kerak.
Mashgʻulot oʻtkazishning guruhli usulida shugʻullanuvchilar uch guruhga 
boʻlinadilar. Birinchi guruhga deyarli sogʻ-salomat kishilar, ikkinchisiga
salomatlik holatida deyarli sezilmaydigan ogʻishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa
yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy ogʻishlari bor shaxslar kiritiladi. 
Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda yuklama qiymati birinchi guruh 
vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh uchun 90 %, 
uchinchisi uchun esa 80 % boʻlishi kerak. 
Jismoniy 
tarbiya 
pauzalari 
uchun 
majmua 
mashqlarini 
tanlash 
quyidagilarga bogʻliq holda amalga oshiriladi: 
a) majburiy ish vaziyati (pozasi) va texnologik jarayon sababli vujudga 
keladigan salbiy ta’sirlarni kamaytirishi; 


b) mehnat jarayonida ishtirok etayotgan mushak tizimlari va organlarning 
dam olishlariga xizmat qilish darajasi;
v) harakatsiz mushaklarga qancha yuklama berishi.
Jismoniy tarbiya pauzalaridagi mashqlarni oʻrtacha va tez sur’atda bajarish 
kerak. Mashqlar majmuasini har toʻrt haftada almashtirib turish tavsiya etiladi.
Umumiy holda yuklama mashqlar majmuasining oʻrtasida ortadi, keyinchalik 
pasayadi. 
Kasbga bogʻliq holda jismoniy tarbiya pauzalarining namunaviy majmualari 
ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, hamma kasblar mehnat turiga qarab toʻrtta 
guruhga boʻlinadi:

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə