Mavzu: Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 293,27 Kb.
səhifə9/10
tarix29.09.2023
ölçüsü293,27 Kb.
#124891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Iqtisodiy resurslar mazmuni, turlari va cheklanganligi.

Kapital. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.
Unga ko‘ra, mahsulotlarning qiymati 341,5 trln so‘m, xizmatlar esa 194,4 trln so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trln so‘mni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIMning hajmi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019 yilgigaqaraganda 0,3 foizga balandroq.
2020 yil aprelida Jahon banki O‘zbekiston YAIMining o‘sish darajasi 1,6% bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Jahon banki O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi.

Xulosa
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. Mamlakatimizda iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish to’g’risida bir qancha samarali ishlar bajarilmoqda. Buni esa qilinayotgan ishlar ham ko’rsatib turibdi. So’nggi yillarga kelib zamonaviy texnologiyalarning mamlakatimizga kirib kelishi bu sohadagi ishlarni tubdan o’zgartirib yubordi desak xato bo’lmaydi. Bir qancha inson va tabiat resurslari saqlab qolinmoqda.
Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga iqtisodiy resuraslar tanqisligi nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin.
Umuman olganda iqtisodiy resurslar hayotimizning ajralmas bo’lagi bo’lib xizmat qiladi. Ular esa 4 qismdan tashkil topishini kurs ishining asosiy qismida ko’rib o’tdik. Shulardan, quyidagi eng asosiy xulosalarni ko’rishimiz mumkin.

  1. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.

  2. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar. tovar va pul zaxiralari ham kiradi.

  3. iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.

  4. iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi.

  5. iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o‘rtasida juda notekis taqsimlangan.

Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi.
Resurslarni tejash-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun barcha turdagi resurslardan (moddiy, mehnat, tabiiy, moliyaviy va boshqalar) foydalanishni anglatadi. Odamlar va jamiyatning ehtiyojlari tez o'sib borayotganligi va resurslar cheklangan va kamdan-kam hollarda bo'lgani uchun, muammoni hal qilishda resurslarni tejashning o'mi: nima, qanday qilib, kimga ishlab chiqarish kerak?
Resurslarni tejash milliy iqtisodiyotning ulaming o'sishiga bo'lgan ehtiyojini asosan iqtisodiyot orqali qondirishni ta'minlaydi. Bu chiqindi gazlar va suv chiqindilaridan qimmatli mahsulotlami qo'lga kiritish, chiqindilami utilizatsiya qilish orqali resurslarni kompleks ishlatish, qazib olish, tashish va saqlash vaqtida yo'qotishlami bartaraf etish, qayta ishlash vaqtida chiqindilami kamaytirish, ikkilamchi resurslar va boshqa mahsulotlami xo'jalik aylanmasiga kengroq jalb qilish orqali erishiladi.
Resursni tejashga rioya qilish texnologiya va texnologiya sifatining muhim xususiyati hisoblanadi. Agar ishlab chiqarish va ishlatish uchun kamroq mablag ' sarflashni talab qilsa, texnika resurslarni tejash hisoblanadi. Resurs tejovchi texnologiya kam yoki chiqindilarsiz texnologiya deb ataladi. Resursni tejash zarurati ko'plab turdagi resurslaming etishmasligi, tabiatdagi zaxiralaming kamayishi, ishlab chiqarish xarajatlarining sezilarli darajada oshishi va boshqa omillar bilan bog'liq.
Ishlab chiqarish korxonasida resurslarni tejash uskunalami ishlatishda moddiy va mehnat resurslarini sarflash tezligini oshirish omillarini o'z vaqtida aniqlash va maqsadli ta'sir ko'rsatishdan iborat. Ushbu jarayonlami asbob-uskunalaming texnik holatini monitoring qilish va resurslarni tejash bo'yicha xodimlaming samaradorligi bilan ta'minlash mumkin.

Yüklə 293,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə