Mavzu: Jismoniy sifatlar


Egilivchanlik va uni rivojlantirish usuliyati



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə2/5
tarix31.01.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#99825
1   2   3   4   5
Mavzu Jismoniy sifatlar

5.Egilivchanlik va uni rivojlantirish usuliyati:
Egilivchanlik - jismoniy fazilat bo'lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunktsional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho'zilishi, qayishqoqligi, buralishi va hokazolar) bilan o'lchanadi.
Egilivchanlik aktiv, passiv bo'lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo'ladigan egilivchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inertsiya yoki og’irligi evaziga tashqi taosir kuchi va hokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egilivchanlik passiv egilivchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko'tarinki kayfiyat va boshqalar egilivchanlikning namoyon bo'lishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi amaliyotda isbotlangan. egilivchanlik chegaralanadi unda cho'ziladigan muskullarning qo'zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho'zilayotgan muskullami himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho'zilayotgan muskullarning egiluvchanligi ortishi bilan ulaming qo'zg’aluvchanlik holati yuqori darajaga ko'tariladi. Bunda cho'ziluvchan muskullarning faoliyati ma lum darajada pasayadi.
Egilivchanlikni namoyon bo'lishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog’liq. Temperaturaning ortishi bilan egilivchanlik ortib boradi. erta tongdan tungacha bo'lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egilivchanlikka ko'p ta'sir qiladi. Masalan, ertalab egilivchanlik ancha kamaygan bo'ladi. Mashg’ulot vaqtida egilivchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta'sirida o'zgarishini e'tiborga olish lozim.
Egilivchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay holatlami, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskullami qizitish bilan bartaraf etish mumkin. egilivchanlik charchash ta'sirida sezilarli o'zgaradi, aktiv egilivchanlik ko'rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo'ladi, degan fikr unchalar to'g’ri emas. Bu fikmi boshqacharoq - bolalarda egilivchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko'chadi, deb tushunsak to'g’rirok bo'ladi. Aktiv egilivchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin. kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo'g’inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta'sirni engish mumkin. egilivchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlami maqsadga muvofiq qo'shib olib borish yo'li bilan egilivchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egilivchanlikni mumkin qadar me'yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy harakatlami imkoniyat darajasida erkin bajarilishini ta'minlaydigan holatda rivojlantirish, uning me'yori esa harakat bajariladigan maksimal amplituda-dan ortmasligiga erishish, egilivchanlik zahirasini boyitishga olib keladi. egilivchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo'g’inlaming anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o'zini oqlamaydi, Chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladigan holga kelishi mumkin. Umurtqa pog’onasining tos son va elka bo'g’inlarining harakatchanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
Egilivchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho'zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo'linadi.
Aktiv harakatlarda bo'g’inlardagi harakatchanlik shu bo'g’indan o'tadigan muskullaming qisqarishi hisobiga ro'y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing ma lum a'zolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya), qarshiliklami engish, og’irlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv egilivchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egilivchanlikni tarbiyalashda yuqori ko'rsatkiChlarga olib kelishi mumkin. Muskullaming cho'ziluvchanligi nisbatan kam bo'ladi. Agar bi harakatda ulaming uzunligini oshrishga harakat qilinsa, uning natijasi juda past bo'ladi. Biroq mashqlami takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan natijalar yig’ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo'ladi. Shuning uchun egilivchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur.
Seriyadan seriyaga o'tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg’ulotda cho'ziluvchanlik mashqlarini og’riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og’riq paydo bo'lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlami har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ulaming foydasi ko'proq bo'ladi. Agar egilivchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya'ni mashg’ulotlar sonini ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlami mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bo'lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. egilivchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda engil ter paydo bo'lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zamr. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni ma lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o'smirlik yoshida egilivchanlikni rivojlantirish oson bo'lgani sababli
10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.
Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə