III.YANGI MAVZU BAYONI
Yangi mavzu doskaga yoziladi
O’qituvchi hayvonlarning xilma-xilligi haqida ma’lumot beradi.
O’quvchilar diqqati ekranga qaratilib,unda baliqlar haqida slaydlar namoyish etiladi.
Delfin va eng yirik suv hayvoni ko’k kit rasmi ko’rsatiladi. Ular haqida ma’lumotlar beriladi.
D elfinlar guruh bo’lib yashaydi.Guruhda 20 dan 100 tagacha delfin bo’ladi.Ular bir-biriga juda mehribon bo’lib,birortasi kasal bo’lib qolsa, tezda unga yordam berishadi.
K itlar. Ko’k kitning uzunligi 32 m gacha ,og’irligi esa 145 tonnagacha yetadi.Ular mayda plangtonlar ,baliqlar,mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
O’quvchilar e’tibori yana ekranga qaratiladi.Ularga baqa va qurbaqalar haqida ma’lumotlar beriladi.
Ozuqa zanjiri: Barcha tirik organizmlar ozuqa zanjiri orqali bog’langan.
Bug’u o’tni yeydi,bug’uni esa yirtqich hayvon bo’ri yeydi.Bunda o’t-bug’u-bo’ri oziq zanjiri bo’ladi.
Chivin o’t shirasi bilan oziqlanadi.Qurbaqa chivinni yeydi,qurbaqani ilon yutib yuboradi,ilonni boyog’li yeydi.Bunda “ o’t-chivin- qurbaqa-ilon-boyog’li” ozuqa zanjiri orqali bog’langan.
Agar tabiatda ozuqa zanjiri uzilib qolsa tabiatda salbiy hodisalar yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: |