Mavzu: Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari Reja: Kirish


O’zbekistondagi ta’lim portallari va ularni pedagogik ahamiyati



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#140697
1   2   3   4   5   6
Pedagogik kompitentlikni shakillantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari

O’zbekistondagi ta’lim portallari va ularni pedagogik ahamiyati
ZiyoNET portali
2006 yilning iyun oyida ZiyoNET Resurs Markazining ZiyoNET portali ishlab chiqildi. O`tgan davr mobaynida portal o`z rivojlanish bosqichini bosib o`tdi va hozirgi kunda ta’lim, fan, madaniyat, iqtisod va jamiyatning turli sohalari bo`yicha axborot-resurslarni o`zida jamlagan eng muhim tarmoqlardan biriga aylandi. Bugungi kunda portal o`zida “Kutubxona”, “Ta’lim”, “Abituriyent”, “Onlayn o`yinlar”, “Chet tillari”, “Arboblar” va shu kabi dolzarb bo`limlarni jamlagan va ular asosida faoliyat yuritib kelmoqda. 
Ta’lim tarmog`ining kutubxonasi o`quv dasturlari, ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda shu kabi ko`plab ta’limiy resurslarni o`zida jamlagan respublika miqyosidagi eng yirik va boy zahira hisoblanadi. Turli mavzudagi referatlar, uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, avtoreferatlar va boshqa ko`plab ilmiy va ta’limiy materiallar shular jumlasiga kiradi.
O`sib kelayotgan yosh avlodni o`z mamlakati tarixi, erishgan yutuqlari bilimdoniga aylantirish, shuningdek, ajdodlariga nisbatan chuqur hurmat hissini shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko`maklashish maqsadida ZiyoNET portalida “Arboblar” bo`limi ishga tushirildi. Ushbu bo`lim fan, madaniyat, ta’lim, adabiyot va sport sohalarida erishgan yutuqlari bilan barchaga ma’lum va mashhur bo`lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi. Foydalanuvchilar uchun o`zbek va rus tillarida buyuk shaxslar va arboblarning tarjimai hollari, foydali havolalar hamda ishonchli manbalar asosida jamlangan ma’lumotlar joylashtirilgan. 
ZiyoNET portaliga ro`yxatdan o`tish orqali tashrif buyurgan barcha foydalanuvchilarga tarmoq bepul veb-sayt ochish, pochta bilan ishlash, qiziqarli va dolzarb ruhdagi ma’lumotlarni olish va joylashtirish, tanlovlarda ishtirok etish hamda forum orqali boshqa foydalanuvchilar bilan muloqotga kirishish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Sayt-satellitlari
ZiyoNET portali Internet tarmog`ida bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyatini taklif etadi.
Sayt-satellit bu - ZiyoNET portali tarkibiga kiruvchi mavzuli kichik sayt hisoblanadi.Mazkur sayt foydalanuvchi tomonidan uchinchi darajali domen ostida Wordpress platformasi zahirasida yaratiladi.Sayt yaratish foydalanuvchidan hech qanday maxsus bilim talab etmagan holda o`z shaxsiy resursini yaratish imkonini beradi.
Hozirgi kunda ushbu platformada ta’lim, madaniyat, jamiyat, sport, pedagogika va boshqa turli yo`nalishlarda sayt-satellitlar yaratilgan. 
Sayt-satellitni yaratish uchun quyidagilar talab qilinadi:
ID.UZ tizimidan ro`yxatdan o`tish;
Ziyonet.uz saytidan avtorizatsiya qilish;
“Sayt yaratish” havolasi orqali tegishli sahifaga kirish va ma’lab etilgan ma’lumotlarni kiritish.
Kiritilgan ma’lumotlar sayt-satellitni ochish uchun bevosita moderatorga tasdiqlash uchun jo`natiladi.
uTube.uz
uTube.uz - boy zahirali video darslar va video ma’ruzalar, turli yo`nalishdagi intervyu va seminarlar, shuningdek, chet tillarini o`rganishga oid video darslarni o`zida mujassamlashtirgan ochiq ta’limiy video portaldir. Foydalanuvchilar uchun masofaviy, sinxron va uzluksiz ta’lim kabi zamonaviy shakldagi ta’lim xizmatlarini taklif etadi. Barcha materillar ochiq holda joylashtilgan.ID.UZ tizimidan ro`yxatdan o`tgan har bir foydalanuvchi o`z materiallarini videoportalga yoylashtirishi mumkin.
Fikr.uz
Fikr.uz - shaxsiy va jamoaviy bloglar sayti, ZiyoNET axborot ta’lim tarmog`i doirasida yaratilgan bo`lib, foydalanuvchilar unda mualliflik maqolalarini chop etish va boshqa foydalanuvchilar bilan birga ushbu maqolalrni muhokama qilish imkoniyatiga egalar. Maqolalar mavzu va mazmun jihatidan ta’lim, fan, madaniyat, yuqori texnologiyalar va biznesga bag`ishlangan bo`lishi mumkin.
Fikr.uz saytning tuzilishi undan foydalanuvchi insonlarning ijodiy hamkorlikda saytni kerakli axborot bilan to`ldirishga yo`naltirilgandir. Sayt foydalanuvchilari maqolalarini shaxsiy va jamoat bloglarida chop etirishlari, so`rovnoma o`tkazishlari hamda o`zga foydalanuvchilar bilan muloqot o`rnatishlari mumkin.
Fikr.uz - asosiy vazifani umumiy qiziqishlar bilan birlashgan va reyting tizimi orqali saytning barcha foydalanuvchilarning faoliyatiga asosiy ta’sir ko`rsatadigan odamlar guruhidan tashkil topgan uyushmadir.
Tanlov.uz
Tanlov.uz –yoshlarni, yosh mutaxassislarni va O`zbekistonda faoliyat ko`rsatuvchi shaxslar va korxonalarni qo`llab quvvatlash maqsadida, Respublika va dunyo miqyosida o`tkazilayotgan tanlovlar, grantlar, stependiyalar, aksiyalar kabi tadbirlar to`g`risida ma’lumotlarni taqdim etuvchi saytdir.
Saytda, taqdim etilayotgan tanlov, grant va aksiyalarning tashabbuskorlari to`g`risida qatnashish shartlari, ma’lumot olish ushun telefon raqamlari kabi batafsil ma’lumotlarni topishingiz mumkin. O`tkazilayotgan tadbirlar ro`yxatini turli yo`nalishlar bo`yicha saralangan holatda ham ko`rish mumkin.
"Yurtimizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, o‘z bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Men tahsil olayotgan ta’lim muassasasida dars jarayonlari to‘liq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etiladi. Komputer zallari, zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlangan axborot-resurs markazi va shinam auditoriyalar, eng so‘nggi modeldagi interaktiv doskalar va katta sensorli monitorlar... Bularning bari bizning hech kimdan kam bo‘lmay ta’lim olishimizga xizmat qilmoqda..."
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan jahon ta’lim standartlari va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada ta’lim muassasalarida elektron ta’lim orqali modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.


Xulosa
Albatta, ta`lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda yuqorida ta`kidlab o'tganimizdek, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta`limga doir me`yoriy hujjatlar, o'quv-metodik ta`minotning o'rni ham muhim sanaladi. Davlatimiz rahbari tomonidan o'qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o'quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash motivatsiyalarini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yodashish kabi dolzarb vazifalar ham aynan shu maqsaddan kelib chiqilgan holda qo'yilmoqda. Haqiqatan ham, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi o'quv dasturlarimizni tubdan qayta ko'rib chiqishni, keng bilimga ega bo'lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me`yoriy hujjatlar, o'quv-metodik majmualarni yaratishimizni taqozo etmoqda.O'tgan yillarda o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadida xalqaro hamda mamlakatimizda chet tillari bo'yicha uzluksiz ta`lim tizimining davlat ta`lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasiga asoslangan holda, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 18 ta umumta`lim fanlari bo'yicha uzluksiz ta`lim tizimining davlat ta`lim standartlari va o'quv dasturlari loyihalari tayyorlanib, 75 ta maktab, 39 ta kasb-hunar kollejlari va 28 ta akademik litseyda tajriba-sinovdan o'tkazilgan, natijalar asosida 6 ta tayanch kompetensiya belgilab olingan edi. Shu asosda o'quvchilarning yosh va psixo-fiziologik xususiyatlariga mos, uzluksiz va uzviylashtirilgan, nazariy bilimlarni amalda qo'llay olish imkonini beradigan yangi davlat ta`lim standartlari va o'quv dasturlari loyihasi tayyorlandi. Ayni paytda amaliyotchi pedagoglar, oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilaridan iborat ishchi guruhlari ko'magida umumiy o'rta ta`limning takomillashtirilgan davlat ta`lim standartlarini yaratish va o'quv dasturlarini ishlab chiqib, o'rnatilgan tartibda amaliyotga joriy etishga kirishildi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə