Kirish
Qobiliyat
— insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan
keskin
farqlanadi, bilim mutolaa natijasi
hisoblanadi,
Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati
sanaladi.
Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida
qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi.
Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning
egallanishi jarayonida
takomillashib
boradi.
Har
qanday
qobiliyat
turi shaxsga
tegishli
murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib,
u faoliyatning talablariga
mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda
birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining
talablariga javob bera
oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat
beradigan xususiyatlar sintezini
tushunmoq
lozim.
Barcha
qobiliyat
uchun
tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu
alomatlarni
koʻra
bilish,
ajrata
olish koʻnikmasidir.
Qobiliyatning
yetakchi xususiyatlaridan
biri
—
narsa
va
hodisalar mohiyatini
ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi
bilan
birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan
yuritiladi. Zehn muayyan
bir faoliyatga
yoki koʻpgina narsalarga nisbatan
ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari
deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim.
U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir.
Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi.
Umumiy qobiliyat deganda
yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda
shakllanishi
va
muayyan reja asosida
rivojlantirilishi
mumkin.
Qobiliyatni
maʼlum faoliyatga moyillik yoki
intilish
orqali,
tabiiy zehn nishonalarini
aniqlash, mutaxassis rahbarligida
uzluksiz
faoliyatga
jalb
etish,
qobiliyatni
takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning
faollik alomatlarini
maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar
bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud.