Mavzu: Qo’qon xonligi diniy boshqaruvi Mundareja: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining tashkil



Yüklə 66,62 Kb.
səhifə16/17
tarix30.03.2022
ölçüsü66,62 Kb.
#84877
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu2

2.3 Qo’qon xonligida dini boshqaruv

Islom dini ulamolari, tasavvuf vakillari azaldan davlat va jamiyatning diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelganlar. Musulmon mamlakatlari ta’lim tizimi, diniy-mafkura ishlaridan tashqari davlat boshqaruvi va hatto, tashqi diplomatik munosabatlarida ham ular katta o‘rin tutgan. Hukmdorlar ulardan din ishlaridan tashqari, davlat boshqaruvi masalalarida ham tayanch sifatida foydalanganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xonliklari hukmdorlari yirik tasavvuf vakillari, Islom dini peshvolaridan mumkin qadar davlatning yaxlitligini saqlash, o‘zaro ichki nizolarga barham berish va boshqa musulmon mamlakatlari bilan olib boriladigan diplomatik aloqalarda muhim “dastak” sifatida foydalanganlar.

Avvalo, so‘nggi temuriy hukmdorlar hududida yangi davlat barpo etayotgan shayboniylarga katta nufuzga ega mahalliy din ulamolari, tariqat ilmi yirik vakillarining qo‘llab-quvvatlashi juda ham muhim omil sanalgan. Shuning uchun ham ularga hukmdor tomonidan katta imtiyoz va mol-mulklar berilib, o‘zlarining mintaqadagi tayanchiga aylantirish uchun harakat qilingan. Shayboniy hukmdorlar davlat boshqaruvida yirik din vakillari bilan o‘zaro hamsuhbatlik, maslahat yuritgan hollari ham uchrab turadi. Xususan, manbalarda Muhammad Shayboniyxon va uning ukasi Mahmud Sultonlar Shayx Mansur va Jo‘yboriy xojalardan Mavlono Umarga ixlosi baland bo‘lib, ular bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Yana bir yirik shayboniy hukmdor Ubaydullaxonga Mir Arab nomi bilan mashhur Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy xonning eng yaqin maslahatchisi va ma’naviy ustoziga aylanadi. XVI asr o‘rtalaridan din ulamolarining (ayniqsa Jo‘yboriy Xoja Islomning) mamlakatdagi ta’siri yana ham oshib ketadi. Movarounnahr viloyatlarini udel tariqasida boshqarayotgan shayboniyzodalar o‘rtasidagi nizolar kundan-kunga avj olayotgan edi. Mavjud vaziyat sultonlarni shariat qonunlari va din ahkomlari vositasida murosaga keltirish, ularga ma’naviy ta’sir qilish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni taqozo etardi. Agar Xoja Ahror o‘z davrida temuriyzodalarni murosaga keltirishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, XVI asr o‘rtalarida bu vazifa Xoja Islom zimmasiga tushdi. 1556-yil uning qo‘llab-quvvatlashi va ma’naviy ko‘magi bilan yosh Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II markazlashgan davlat tuzishda Xoja Islom va boshqa yirik din vakillaridan o‘zaro taxt talashayotgan shayboniyzodalarni murosaga keltirish, jipslashtirish yo‘lida diplomatik “qurol” sifatida ham foydalanadi. Xususan, 1569-yil karmanalik Hazrat Qosim Shayx Azizonning elchiligi, ikki o‘rtada vositachiligi tufayli Abdullaxon bilan Turkiston va Samarqand hukmdorlari (Bobo Sulton va Sayyid Sulton) o‘rtasida yarash bitimi tuzilib, o‘zaro kelishuvga erishiladi. Shuningdek, Abdullaxon II Xoja Islomning bevosita ko‘magi bilan bir necha yillardan buyon bo‘ysunmay kelayotgan Chorjo‘yni ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ladi. Dastlab Sayyid Xoja Haydar, keyinchalik Poyanda Muhammad sultonlar yosh hukmdorga bo‘ysunmay, shaharni mustaqil boshqarar edilar. Shahar qal’asini bir necha bor qamal qilishlar ish bermaydi. Shunda Xoja Islomning o‘zi Abdullaxonga yordam beradi. Shahar hukmdori Poyanda Muhammad sultonga maktub yuborib, Chorjo‘yni Abdullaxonga topshirishni talab qiladi. Poyanda Muhammad sulton Xoja Islomning sodiq muxlislaridan bo‘lganligi tufayli noiloj bo‘ysunib, Chorjo‘yning jang va talafotsiz Buxoroga tobeligi ta’minlanadi.

Umuman olganda, O‘rta Osiyo xonliklari tomonidan yaqin va uzoq musulmon davlatlari, bundan tashqari Rossiya imperiyasi bilan olib borgan aloqalarida din ulamolari, musulmonlar orasida nufuzi baland bo‘lgan tasavvuf vakillari xizmatidan foydalanish tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa, mamlakatlar o‘rtasida eng muhim masalalarni hal etish, ilk bora diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish (Qo‘qon-Turkiya) kabi masalalarda ularga hukmdorlarning eng ishonchli vakili sifatida katta vazifalar ishonib topshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat ichkarisidagi masalalarda ham ko‘p bora hukmdorlarning siyosiy tayanchi ham hisoblangan. O‘zaro taxt uchun kurashlar, siyosiy beqaror vaziyatlarda ularga har tomonlama ko‘makchi bo‘lganlar.

Hukmdorlarning tashqi siyosiy faoliyatda nufuzli din ulamolaridan foydalanishlari Qo‘qon xonligi tarixida ham ko‘p bora kuzatiladi. XIX asr boshlarida xonlikning tashqi siyosatiga e’tibor bersak, avvalo, mintaqada ustun mavqega erishish, xalqaro ahvolini yaxshilash masalalari asosiy o‘rinda turgan bo‘lsa, keyinchalik Sharqiy Turkiston masalasida Xitoy, qozoq dashtlarida Rossiya va Xo‘jand, O‘ratepa singari hududlar uchun Buxoro bilan azaliy raqobat asosiy o‘ringa chiqadi. Bunday murakkab jarayonlarda Qo‘qon hukmdorlari Rossiya bilan muvozanatlarni barqaror holatda olib borish, Usmonli turk va Hindiston bilan mamlakatning harbiy-siyosiy qudratini oshirish maqsadlarini ko‘zlab siyosat yurgizganlar. Ushbu aloqalarda diniy ulamo vakillari Qo‘qon xonlariga o‘z maqsadlarini amalga oshirishlarida har tomonlama yordam berganlar. Ulardan biri Hoji Mir Qurbondir. Umarxon tarafidan 1820-yilda Usmoniylar davlatiga yuborilgan dastlabki elchilik boshchisi sifatida uning nomi tilga olinadi. Qo‘qon xonligi tarixiga oid mahalliy manbalarda elchilik haqida qisqa to‘xtalib, elchi haqida to‘liq ma’lumot berilmaydi. Ammo, Turkiyadagi Boshboqonlik davlat arxivlari va bir necha boshqa manbalarni o‘rganish Hoji Mir Qurbon faoliyati va elchilikdan ko‘zlangan boshqa maqsadlar haqida birqancha ma’lumotlar beradi. Hoji Mir Qurbonning diniy soha vakili ekanligi bir necha hujjatlarda qayd etib o‘tiladi. Bu yerda uning ismiga “hoji” nisbatining qo‘shib aytilishi o‘z-o‘zidan tushunarli holat. Ammo uning aynan qanday mansabda faoliyat yuritganligi boshqa bir maktubdan ma’lum bo‘ladi. Muhammad Alixonning 1831-yilda Peterburgga yuborgan xatida ushbu maktubni olib boruvchi Hoji Mir Qurbon sudur Muhammad Qosim o‘g‘li nomi qayd etib o‘tiladi. Bu yerda Mir Qurbon nomi bilan yonma-yon keladigan sudur diniy unvonini uning vaqf mulklarining daromadlari va hisob kitobiga javobgar shaxs ekanligidan dalolat berib turibdi

Hoji Mir Qurbonning elchilik faoliyatini Muhammad Alixon davrida Rossiyaga jo‘natilgan elchiliklari misolida ham bilishimiz mumkin. Xususan, 1828 va 1831-yillar davomidagi missiyasida Hoji Mir Qurbon o‘z “xarakter”ini ko‘rsata oladi.

Ushbu davrda Qo‘qon xonligining Rossiya bilan aloqalarida munosabatlarning sovuqlashish holati qayd etiladi. Chunonchi, Ma’dalixon 1828-yilda Mir Qurbon va Tursunxo‘ja elchiligi orqali qozoqlarning Qarqarali, Kent, Ku, Qizilrey joylarida ruslar tomonidan qal’alar qurilishiga izoh so‘ragan bo‘lsa, ikkinchi elchilik Qo‘qon-Xitoy munosabatlari bilan bog‘liq edi. Ma’lumki, bu davrda xonlikning Sin imperiyasi bilan aloqalari Sharqiy Turkiston tufayli keskinlashib ketadi. Ma’dalixon Xitoy bilan bo‘layotgan raqobatda Rossiya yordamiga tayanishni rejalashtirgan edi. Ammo ushbu davrda Xitoy bilan do‘stona aloqalarini yomonlashishini xohlamagan rus hukumati elchilarni Tobolsk shahrida ushlab qoladilar. Poytaxtda vabo kasali tarqalganligi va uning xonlik elchilariga ham yuqishini bahonasi bilan ularni shu yerning o‘zidayoq qaytarishga harakat qiladilar. Hoji Mir Qurbon esa bu gaplarni qabul qilmaydi. Xon tomonidan imperatorga sovg‘a tariqasida olib ketilayotgan ikkita fil va xatni rus ma’murlariga topshirishdan bosh tortadi. U poytaxtdagi vabo kasalini tugashini Tobolskda ikki yil bo‘lsa ham kutishini, asosiysi xon tomonidan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart ekanligini ta’kidlaydi. Ammo, Mir Qurbonning bu qat’iyati ham hukumatning Qo‘qonga nisbatan pozitsiyasiga ta’sir eta olmaydi.

Qo‘qondan Turkiyaga yuborilgan islom diniy ulamolari vakillaridan yana biri Hoji Muhammad Zohid xo‘jadir. Tadqiqotchi Sh.Mahmudovning ta’kidlashicha, Turkiya arxividagi Xatti Humoyun fondida 657/ 32100 D raqami ostida ushbu elchilikka oid hujjat ham saqlanadi. Unda Jo‘yboriy shayxlari vakili bo‘lmish Muhammad Zohid xo‘janing sultonga olib borgan hadyalari ro‘yxati ham keltirilgan bo‘lib, ro‘yxatda 1 dona Mus’hafi sharif, 8 shol, 7 to‘p shoyi, 5 to‘p Xitoyda ishlangan qora silon mato, 7 ta ot kabilar qayd etiladi. Ushbu elchilikdan maqsad ham asosan Qo‘qon xonligining harbiy-siyosiy ahvoli xususida edi. Shuningdek, turk sultoni Muhammad Zohid xo‘jadan xonlikning qaysi davlatlar bilan do‘stona aloqalar olib borishligi haqida ham ma’lumotlar so‘ragan. Hujjatlarda qayd etilishicha sulton Muhammad Zohid xo‘jaga Qo‘qonning Hindiston bilan va u orqali Britaniya bilan munosabatlarini mustahkamlashni ham taklif etgan.

XIX asr birinchi yarmida Rossiya bilan olib borilgan munosabatlarning asosini dastlab faol savdo aloqalarini o‘rnatish, karvon qatnovlarining muntazamligini ta’minlash ularning xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar turgan bo‘lsa, keyinchalik chegara masalasi, har ikki tarafning ham qozoq yerlariga o‘z ta’sirini o‘tkazish, rus hukumatining xonlik chegaralarida harbiy istehkomlar qurishga kirishishi kabi masalalar asosiy voqelikka aylanadi. Qo‘qon xonlari bu jarayonlarda diplomatik yo‘l bilan munosabatlarni barqarorlashtirishga harakat qilgan bo‘lsalar, Rossiya tomonidan mensimaslik, Markaziy Osiyo xonliklariga past nazar bilan qarash, keyinchalik bosim o‘tkazish hollari namoyon bo‘la boshlaydi. Ayniqsa, Qo‘qon-Xitoy munosabatlari keskinlashgan XIX asrning 30-yillarida xonlik uchun Rossiya bilan aloqalar har qachongidan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yuqorida ko‘rib o‘tilganidek Rossiya Xitoy bilan o‘rnatilgan do‘stlik aloqalarini yo‘qotmaslik uchun ham Qo‘qon elchilariga bir necha bor sovuq munosabatda bo‘ladi (1828, 1831-yillar). Qolaversa, qozoq yerlarida rus qal’alarining qurilishi vaziyatni yana-da keskinlashtirib yuboradi. Ana shunday vaziyatda Ma’dalixon tarafidan munosabatlarni barqarorlashtirish uchun 1841-yilda Muhammad Xalil Sohibzoda boshchiligidagi elchilik missiyasi jo‘natiladi.

Qo‘qon xonligining diplomatik aloqalarida naqshbandiya-mujaddidiya oqimining boshchisi bo‘lgan Imom Rabboniy Ahmad al-Sirhindiy avlodlaridan Muhammad Xalil Sohibzodaning ushbu faoliyati alohida o‘rin tutadi. Qo‘qon xonligi tarixiga doir manbalarda Sohibzoda Hazrat, Hazrati Sohib, Hazrati eshon Sohibzoda, Miyon Xalil Sohibzoda kabi nomlar bilan qayd etiladi. Ammo arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha bu zotning to‘liq ismi Muhammad Xalil Sohibzoda bo‘lib ko‘proq aholi Miyon Xalil Sohibzoda yoki bu kishini avlodlarini Miyonlar deb atashgan.  Xon tarafidan aynan Xalil Sohibzodaning tanlanishiga to‘xtalsak shuni ta’kidlash lozimki, uning Qo‘qonga kelishiga qadar ham boshqa nufuzli diniy ulamolar va tasavvuf yetakchilari ham mavjud bo‘lib, Xoja Ahror va Mahdumi A’zam avlodlari xonlik boshqaruvi tizimida faoliyat yuritganlar. Sh.Mahmudovning fikricha, Qo‘qon xonlari Mahdumi A’zam sulolasiga mansub bo‘lgan Ortiqxo‘ja nabiralari orqali Sharqiy Turkistonda Xitoy bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lganlar. Aynan Qo‘qon-Xitoy munosabatlariga ta’sir o‘tkazmaslik uchun ham ularning Sharqiy Turkistondagi faoliyatlari bilan cheklanganlar. Muhammad Alixonning bu zotga ixlosi baland bo‘lgan. Qolaversa, bu davrda nafaqat Qo‘qon xonligida, balki O‘rta Osiyo xonliklari hamda Rossiya imperiyasi hududida yashagan aholining musulmon qatlami va Usmonli turk davlatida ham naqshbandiya-mujaddidiya yetakchisi Imom Rabboniy Ahmad Sirhindiy yaxshi ma’lum bo‘lgan. Qo‘qon elchilarining Peterburgdagi qabuli fikrlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Manbalarda qayd etilishicha Eron, Xiva va boshqa davlatlardan kelgan elchilarga nisbatan Qo‘qon elchilariga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Shuningdek, Muhammad Xalil Sohibzoda Peterburgda e’tiborga loyiq bo‘lgan joylar bilan tanishtiriladi. Xususan, texnologiya instituti, zarbxona, kutubxona, botanika bog‘i, chinni va oyna zavodi, Osiyo muzeyi va boshqa joylar. Albatta bu Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi bilan bo‘lgan diplomatik aloqalarida bunga qadar ham, bundan keyingi elchiliklarda ham bu kabi munosabat bo‘lmagan. Elchilikdan ko‘zlangan maqsad esa o‘zaro savdo aloqalarini qayta faollashtirish, Makkaga ibodat uchun borayotgan xonlik fuqarolariga Rossiya orqali o‘tishga ruxsat olish, Sibir yo‘li bo‘ylab harakatlanuvchi savdogarlarga homiylik qilish va hatto Qo‘qonga kon muhandisligi bo‘yicha mutaxassislarni yuborish kabilar qayd etiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, elchilarning barcha iltimoslariga Rossiya hukumati tomonidan ijobiy javob qaytariladi. Ammo bu elchilik davomida erishilgan natijalarning amalga oshishiga Buxoro amiri Nasrulloxonning 1842-yilgi yurishi to‘sqinlik qiladi. Qo‘qondagi isyonlar, o‘zaro kurashlar elchilarning uzoq vaqt davomida Semipalatinsk shahrida qolib ketishi, eng muhimi missiya davomida erishilgan yutuqlarning besamar ketishiga olib keladi.

Xulosa

Har bir davlatning boshqaruv tizimida amaldor shaxslarning o’rni kattadir. Turkiston xonliklarida ham oliy hukmdor o’z hokimiyatini maxsus amaldorlar va xizmatchilari orkdli amalga oshirgan. Asrlar davomida sharqona davlatchilik tizimi muayyan bir tartibga kirgan edi. O’tmishda kaysi bir davlatning markazlashtirilgan hokimiyati mustahkam bo’lsa, u davlat rivojlangan. Mazkur risolada biz bir qator amallar, unvon va mansablar hamda ular egalarining vazifalarini Qo’qon, Buxoro va Xiva mamlakatlari misolida joriy etilib, amal qilinishini ko’rdik Albatta tadqiqrtimiz doirasidan chetda qolib ketgan mavzu va masalalar ko’p. O’zbek davlatchilik tarixining dolzarb bo’lib qolishini nazarga olsak ushbu risola boshlangan ishlarining davomidir. Kelgusida davlatchilik tarixining asosiy mavzularidan sanalgan davlat ramzlari va ularning Hukukiy asoslarini qadimdan hozirgi davrgacha o’rgangaishi juda zarurdir.



Davlat boshqaruvi bilan bog’liq muammolardan yana biri bu jamiyatdagi tabaqalar va turli ijtimoiy guruhlarni o’rganilishidir. Bunda o’tmishimizda va hozirgi kunlarda aristokratiya mavqyeining tadqiq etilishi dolzarb bo’lmokda. Mazkur mavzularni yoritilishda genealogiya nasabshunoslik fani, etnologiya, geraldika, vasiqashunoslik (diplomatika) va boshka maxsus tarix fanlari yordam berishlari aniq. Arab va fors tillirida yozilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlarda ham biz aristokratiya va jamiyatning turli tabaqa va guruxlari, ularning mavqye’ va maqomlari haqida boy ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Yukorida tilga olingan tabaqalarning avlodlari va namoyandalari hollarida saklanayotgan yuzlab shajara va nasabnomalar. inoyatnomalar kimmatbaho manba’ sifatida izlanish doirasiga tortilishi mumkin. Mazkur mavzu doirasiga kiradigan mustabid davri aristokratiya va partokratiya hakidagi ilmiy ishlar ham davr taqozosi bilan yoritilish lozim.

Yüklə 66,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə