Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


-MAVZU. SIYOSIY MODERNIZATSIYA



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə12/16
tarix21.02.2018
ölçüsü1,1 Mb.
#27268
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

8-MAVZU. SIYOSIY MODERNIZATSIYA

Reja:


1. Siyosiy modernizatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati.

2. Modernizatsiya omillari, modellari va bosqichlari

3.O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xosligi

Siyosiy modernizatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yangilanishlar hamda modernizatsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muhim ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.

Modernizatsiya nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak ushbu jarayon XX asrning 50-60 yillarida shakllana boshlagan.

“Modernizatsiya” so‘zi o‘zi nima? Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, moderne – yangi, zamonaviy) – jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi tushuncha.1

Modernizatsiya tushunchasi jamiyatni nazariy-metodoligik tadqiq etishda ishlatiladi va bu g‘oya evolyusionizm va funksionalizm ta’sirida vujudga kelgan.

Siyosiy sohadagi zamonaviylashuv — yuqori samara bilan ishlaydigan hokimiyat tashkilotlari cho‘zilishi, ularning rollari; funktsiyalari va vakolatlari aniq chegaralanishi, jamiyatda oqilona byurokratiya shakllanishi, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishidan iborat. Bunday o‘zgarishlar jamiyat rivojining mantig‘idan kelib chiqadi.

Zamonaviylashuv nazariyasi barcha ijtimoiy omillar tengligi, ulardan birining muayyan vaziyatda ustunligi - mavjud shart — sharoitlarga bog‘liqligidan kelib chiqadi.

Jahondagi barcha mamlakatlar bir-biridan siyosiy tuzumi, boshqaruv shakllari, siyosiy institutlari, aholisining mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlari, davlat va jamiyatda yuzaga keladigan rang-barang ehtiyojlarni qondirishning samarali yo‘llari topilganligi, muammolarni xal qilishda oqilona usullardan foydalanishi va boshqa ko‘plab mezonlar bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ular rivojlanishning o‘zlariga xos va mos yo‘lni tanlaydilar. Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatlarning rivojlanish va zamonaviylashuv yo‘lini tanlashida ham o‘ziga xos usullar, imkoniyatlar va to‘siqlar mavjud bo‘ladi.

Siyosatshunoslik fanida zamonaviylashuvning asosiy uchta: klassik andozasi, kechikuvchi va jonsiz (noorganik) andoza va jadallashgan andoza mavjud deya tan olinadi. Birinchi andoza, ya’ni klassik xaotik andozaga G‘arbiy Evropa davlatlari, Avstraliya, Kanada va AQSHni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Bu mamlakatlarda siyosiy tizim va institutlarning sifat o‘zgarishlari birinchi galda jamiyatda davtlabki zamoniylashuviy elementlar vujudga kelishdayoq boshlangan edi.

Ushbu davlatlarda siyosiy zamonaviylashuv jarayonlarining yuzaga kelishi va amalga oshib borishda boshqarish organlari yoki hokimiyat emas, balki, jamiyat va unda tashkil topgan yangi institutlar va qadriyatlarning ta’siri katta bo‘ldi. Buni shunday izohlash mumkinki, jamiyatda o‘rta xollarning ko‘payishi va ular siyosiy faolligining kun sayin oshib borishi, bugungi kunda mavjud bo‘lgan zamonaviy institutlarning ilk ko‘rinishlari yuzaga kela boshladi. XVII asrda Shimoliy Evropada zamonaviy xarakterga ega bo‘lgan sotsial institutlarning bir vaqtning o‘zida vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Bular 1) Parlament, 2) Mustaqil sud, 3) Akademiya va universitet fanlari, 4) Moliyaviy institutlar, 5) Kelajak ommaviy kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan kitob chop qilish kabilardir. Bunday imkoniyatlar va omillarning paydo bo‘lishi esa jamiyatning va fuqarolarning faollashuviga ta’sir ko‘rsata boshlaganligini kuzatish mumkin. Misol sifatida Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya kabi davlatlarni keltirish mumkin. Bu davlatlarda siyosiy xarakterdagi tashkilotlarning, kasaba uyushmalarining yoki partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat siyosiy hayotiga oid muhim qarorlar qabul qilishda kuzatsa bo‘ladi.

Bu mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotning ilgarilab borishi uchun asos bo‘lgan yangidan-yangi institutlar yuzaga kelishining ham muhim asoschilari ham hisoblanar edilar. Institutlarning ichida eng muhimlaridan biri bu – xususiy mulkchilik instituti hisoblandi. Endi mazkur institutlarning faoliyatini tartibga solish uchun xuquqiy va qonuniy asoslar zarurati yuzaga keldi. Ushbu qonunlarni va xuquqiy asoslarni yaratish uchun esa fuqarolarning irodasini ifodalaydigan siyosiy tashkilotlarning qarashlarini hisobga olish zarur edi. Mana shu jarayonlarning o‘zi bevosita siyosiy sohadagi taraqqiyotni, rivojlanishni va eng asosiysi zamonaviylashuvni ta’minlab berar edi. Shuning uchun ham bugungi kunda rivojlangan G‘arb davlatlaridagi mavjud siyosiy zamonaviylashuvni klassik xaotik deyishga asos shuki, bu jamiyatlarda xususiy mulkchilik institutining rivojlanishi, uning kafolatini bera oladigan xuquqiy holatning vujudga kelishi va buning samarasi o‘laroq, jamiyat va shaxs hayotiga davlatning va hokimiyatning aralashuvini cheklaydigan mehanizmlarning evolyusion yo‘l bilan yaratilganligidir. Buning asosida siyosiy tizim orqali o‘z manfaatlarini rang-barang ijtimoiy munosabatlar ham shakllana bordi. O‘z-o‘zidan ma’lumki siyosiy tizimda ham bu harakat va intilishlarga mos holda isloxatlar amalga oshirildi. Aynan hokimiyatlar bo‘linishi, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlarning paydo bo‘lishini G‘arbiy Evropa siyosiy zamonaviylashuvining eng katta yutuqlaridan biri sifatida qarash mumkin.

Siyosiy zamonaviylashuvning ikkinchi andozazi kechikuvchi va noorganik andoza bo‘lib, bunga Ispaniya va Portugaliyani, Lotin Amerikasining ba’zi bir davlatlari, YAponiya kabilarni kiritish mumkin. Ushbu modelning klassik modeldan farqi shundaki, mazkur mamlakatlarda zamonaviylashuv jarayonlari bir muncha kechroq, ya’ni XVIII-XIX asrlarda boshlangan va ulardan modernga o‘tishning ba’zi – bir shart-sharoitlari, rivojlangan bozor va iqtisodiy munosabatlar, fuqarolik jamiyat elementlari, xuquqiy me’yorlarning etilmaganligi kabilarning yo‘qligi va hokimiyatlarning avtoritar xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turar edi.

Zamonaviylashuvning bunday andozasiga ega bo‘lgan mamlakatlarda odatda, boshqaruv apparati, byuroktarik xarakterga ega bo‘lish bilan birga bosqichlarni sakrab o‘tish, isloxatlarni amalga oshirishda mantiqsizlik holatlari bilan chegaralanar edi. Bu esa Janubiy Evropa (Ispaniya va Portugaliya) davlatlarida bir necha qonuniyatlarni yuzaga keltirish imkonini yaratdi.

Birinchidan, zamonaviy jamiyatga o‘tish fundamental siyosiy masalalarni: davlat institutlarining shakllanishi, konstitutsiyaning ishlab chiqilishi, milliy-davlatchilik tuzilishining umumiy tamoyillarini belgilab olinishi kabilarni xal qilish boshlandi.

Ikkinchidan, iqtisodiy zamonaviylashuv masalalari kechiktirilar va siyosiy muammolar hal qilingandan so‘ngina echilar edi.

Uchinchidan, zamonaviylashuvning ketma-ketligi va suratlari avtoritar siyosiy tartibotlar tomonidan tartibga solib borilar edi.

To‘rtinchidan, avtoritar tartibotning qo‘lida resurslarning to‘planishi bir vaqtning o‘zida informatsion texnologiyalarga o‘tish, parlament demokratiyasini tuzish va xuquqiy davlat qurish kabilarni muvaffaqiyatni xal qildi.

Umuman olganda, zamonaviylashuv jarayonlarida siyosatning ustinlik qilishi bir qancha sabablar asosida amalga oshiriladi. Ushbu jamiyatlarda zamonaviy jamiyatga o‘tish hozirgi rivojlangan mamlakatlardan bir qancha vaqt keyin boshlanadi va uning kechikuvchi harakteri bir vaqtning o‘zida ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi.

Siyosiy zamonaviylashuvning uchinchi va o‘ziga xos andozalaridan biri, bu – jadallashgan modeldir. Zamonaviylashuvning ushbu andozasida asosan jamiyatning iqtisodiy sohasiga ko‘proq e’tibor qaratildi, hamda ishlab chiqirishning o‘sishi, mamlakat eksport saloxiyatining oshishi mamlakatga ko‘plab xorij investitsiyasining jalb qilinishi va buning natijasi o‘laroq, aholining har tomonlama saviyasi oshadi.

Bunday mamlakatlar safiga Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin. Ular tajribasining o‘ziga xos tomoni shundaki, ular dastlab cheklangan demokratiya asosida avtoritar tartiblar bilan jamiyatni nazorat qilar va siyosiy extiroslarni asosan iqtisodiy muvaffaqiyatli qadamlar xal qilishga harakat qilar, buning natijasi o‘laroq insonlarning turmush tarzi yuksalishi barobarida jamiyatda barqarorlik saqlanar va asta-sekinlik bilan jamiyat siyosiy hayotida demokratiya sari real harakatlar kuzatilardi.

Demak, shunday xulosaga kelish mumkin: zamonaviylashuvni va demokratlashuvning ma’lum bir andozasi mavjud emas. Ba’zi bir Afrika va Osiyo davlatlariga G‘arb zamonaviylashuvini olib kirishga bo‘lgan intilishlar o‘zini oqlamaganligi va jamiyatdagi mavjud qarashlar ularni qabul qilmasligi zamonaviylashuv yoki demokratlashtirishning universal qoidalari mavjud degan qarashlarni yo‘qqa chiqardi, hamda Prezident I.A. Karimov ta’biri bilan aytganda, har bir jamiyatning o‘ziga xos turmush tarzi va rivojlanish yo‘li mavjudligi amalda isbotlanib kelmoqda.

Dastlabki modernizatsiya dasturlari XX asr o‘rtalarida Evropa mustamlakachilik imperiyasining inqirozi naijasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga AQSH va Evropa olim hamda siyosatchilari tomonidan kommunistik rivojanish yo‘liga qarama-qarshi jamiyatning rivojlanish yo‘li sifatida taqdim etilgan. Unda modernizatsiya bozor qonuniyatlariga asoslangan iqtisodiyotni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan jarayon sifatida ifodalangan. Modernizatsiya nazariyasining shakllanishida U.Rostouning “Iqtisodiy o‘sish bosqichlari” asari va T.Parsons, e.SHilza kabi olimlarning izlanishlari nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Modernizatsiya nazariyasi jahon ijtimoiy taraqqiyoti bilan birga doimiy evolyusion rivojlanishdagi ta’limot hisoblanadi. Shu sababli modernizatsiya paradigmasi doirasida ko‘plab nazariy-metodoligik yondashuv va ijtimoiy taraqqiyotni turli tomonlarini ifodalovchi modellar vujudga kelgan. Bunday modellarning asosiylari sifatida mutaxassislar lineor (U.Rostou, A.Organskiy, M.Levi, D.Lerner, S.Blek, N.Smelzer, Sh.Eyzenshtadt va b.), ko‘pchiziqli (E.Tiriakoyana, P.Shtampki, R.Robertson, U.Bek, K.Myuller, V.Sapfa, A.Turin), aktor (T.Piraynen, T.Parsons, N.Lukman), strkturaviy (G.Terborn) modellarini e’tirof etdilar.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida, “Modernizatsiya – biron narsani yangilash, unga zamonaviy talablarga muvofiq o‘zlashtirish” deb ta’rif berilgan.

Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.1

“Modernizatsiya” tushunchasining negizida “hozir”, “hozirda”, “darhol” ma’nolarini anglatuvchi lotincha “mado” degan so‘z yotadi . XX asr o‘tralarida “modrenity” – “taraqqiy topgan jamiyat” tushunchasi yuzaga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy tizimning zamonaviy yo‘nalishga o‘tish holatini anglatadi. Demak, modernizatsiya u zamonaviy talablar va didga javob beradigan o‘zgartirish, takomillashtirishni bildiradi. O‘zining tarixiy rivojlanish jarayonida modernizatsiya nazariyasi XX asrning 50-60 yillari va 70-90 yillaridan iborat ikki bosqichni bosib o‘tdi:2


  • birinchi bosqichda modernizatsiya “vesternizasiya”, ya’ni turmushning barcha sohalarida G‘arbga xos aseslardan nusxa ko‘chirish sifatida tasavvur qilingan. Modernizatsiyaga nisbatan bunday tarzda yondashuv hamda Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va bir qator boshqa mamlakatlar tomonidan hokimiyatni tashkil etishning G‘arbga xos qadriyatlari va standartlarini davlat va fuqaroning o‘z milliy xususiyatlarini hisobga olmagan holda izchil o‘zlashtirish turmush sinovidan o‘tolmadi, bu esa modernizatsiya qilish konsepsiyasini yanada takomillashtirish zaruriyatini taqozo etadi.

  • Ikkinchi bosqichda modernizatsiya nazariyasi rivojlanishida esa har tomonlama puxta o‘ylangan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish amallarini o‘zida qamrab olgan talqinlarning yuzaga kelganligi xosdir.

Mazkur nazariyalarning asosiy yutug‘i jamiyatning zamonaviy turmushi bilan an’anaviylikni uyg‘unlikda olib borishdir.

Bu Yaponiyaning modernizatsiyani amalga oshirish borasidagi tajribasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Yaponiya mo‘jizasi” sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan ushbu jarayon, bir tomondan, demokratik qadriyatlar, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini qabul qilganligi, ikkinchidan, yaponiyaliklarning an’anaviy milliy qadriyatlarini saqlab qolganligi va mstahkamlaganligi bilan tavsiflanadi. Guruh ichida qat’iyat bilan rozilikka erishish, halollik, korporativ ruh va shunga o‘xshash boshqa an’anaviy unsurlar modernizatsiya jarayonining samarasini oshirishga ko‘maklashib, iqtisodiyot sohasida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga olib keldi.

So‘nggi yillarda nazariyotchilar o‘rtasida keng tarqalgan tasnifga muvofiq modernizatsiya qilish jarayonlari ikkita asosiy turga bo‘linadi:

Birinchi tur – “organik” yoki “birlamchi” (misol tariqasida G‘arbiy Evropa). U tabiiy-tarixiy xarakterga ea bo‘lib, modernizatsiya qilinayotgan jamiyatning o‘z madaniy, an’anaviy va milliy qadriyatlariga tayangan holda evolyusion yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Ikkinchi tur – “noorganik” yoki “ikkilamchi”, “ergashuvchi” bo‘lib, taraqqiyotdan orqada qolgan mamlakatlarning industrial markazlar bilan ijtimoiy-madaniy aloqalarida ko‘zga tashlanadi.

Yana bir manbada keltirilishicha modernizatsiya – (ing modernization – o‘zgarish, yangilanish, zamonaviylashtirish) – 1. Industriallash, sanoatlashtirish davrida agrar, tarixiy va zamonaviy jamiyatlar taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini ifoda etuvchi ijtimoiy jarayon.1 U jamiyat hayotining barcha jabhalari: iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va ma’naviy – ma’rifiy sohaning modernizatsiya qilinishini taqozo etadi.

Modernizatsiyani fransuz olimi E.Dyurkgeym ijtimoiy differensiyalashuv, nemis sosiologi M.Veber esa rasionallashuv jarayoni sifatida talqin etadi.

2. Amerika funksionalizm maktabi vakillari tomonidan 1950-60-yillarda taklif etilgan ijtimoiy taraqqiyot modeli. Unga ko‘ra, modernizatsiya jarayonining mazmun-mohiyatini ifodalovchi asosiy omil – ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan an’anaviy qadriyatlar o‘rniga zamonaviy yondashuvlarning vujudga kelishidir.

G‘arb ilmiy adabiyotida jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar mazkur yondashuvlarga tayanib, modernizatsiya bosqichidan keyingi – past modernizatsiyalashgan jamiyatga qadam qo‘ygani, unga xos xususiyatlar, muammo va ziddiyatlar atroflicha tadqiq va tahlil etilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida esa jamiyat hayotining barcha sohalarini modernizatsiya qilish modellariga asoslangan holda, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘llari izlanmoqda va amaliyotga tatbiq qilinmoqda. XX asrning 60-yillarida modernizatsiya nazariyasini o‘rgangan g‘arb olimlari “barqaror” siyosiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning shartidir, degan g‘oyalarni ilgari surishadi. Ular barqarorlikni saqlashning turli nazariyalarini ishlab chiqishadi. O‘sha davrlardagi modernizatsiya nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda “barqarorlik omili nima?”, degan savollarga “konservativ” va “liberal” yo‘nalish vakillari o‘zlarining siyosiy qarashlariga asoslangan ilmiy xulosalarni berishadi:1

“Konservativ” yo‘nalish vakillari (S.Xantington, J.Nelson, X.Lins) aholining safarbarligi, siyosiy hayotga jalb etilganligi bilan institusionalizasiya, aholining manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish uchun zarur tuzilmalar va mexanizmlarning mavjudligi o‘rtasidagi ziddiyat modernizatsiyaning asosiy muammosidir, deb hisoblashgan. Shu bilan bir vaqtda, hokimiyat institutlaridan foydalanishga ommaning tayyor emasligi, siyosiy tuzimning beqarorlashishiga olib keladi. O‘zgaruvchan sharoitlarga siyosiy institutlarning moslashuvchanligi siyosiy modernizatsiyaning asosiy vazifasidir,2 deb ta’kidlashgan.

“Liberal” – yo‘nalish tarafdorlari (R.Dal, G.Almond, L.Pay) esa ijtimoiy safarbarlikni jadallashtirish va aholini siyosiy jamiyatga irlashtirish yo‘li bilan ochiq ijtimoiy va siyosiy tizimni barpo etishni modernizatsiyaning asosiy mazmuni deb tushunganlar.

“Modernizatsiyaning xususiyati va rivojlanishi erkin elitalarning ochiq raqobatiga va oddiy fuqarolarning siyosiy jarayonga jalb etilganligi darajasiga bog‘liqdir”1, deb e’tirof etilgan.

Qator etuk olimlarning fikricha, modernizatsiya tamadduniy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarga ega bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Masalan, B.S. Starostin shunday yozadi: “Modernizatsiyaning maqsadi va ma’nosi faqat iqtisodiy o‘sishda emas, balki texnologik madaniyat, boshqaruv madaniyati, siyosiy va tamadduniy madaniyatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy madaniyat taraqqiyotining ma’lum darajasiga erishishdan iborat”.2

Demak, mazkur talqinlarning mushtarak tomoni ularning barchasida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy madaniy sohalarini takomillashtirish uchun xilma-xil o‘zgarishlar qilish asosida taraqqiyotga erishish g‘oyasining mavjudligidir.

Modernizatsiyaning klassik va zamonaviy modernizatsiya nazariyalarini farqlash mumkin.

Agar klassik modernizatsiya jarayonlarining maqsadi ham rivojlangan, ham rivojlanmagan devlatlarda kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘lsa, zamonaviy modernizatsiya nazariyalarining asosida har bir jamiyat rivojlanishida an’analarning muhim ahamiyatga ega ekanligi, kapitalistik mnosabatlar tizimini miqdoriy rivojlantirishdan sifatiy rivojlantirishga o‘tish yotadi. Bunda modernizatsiya jarayonlari jamiyatning barcha sohalarini qamrab oladi va industrlashtirish, urbanizasiya, savodxonlikning o‘sishi, jamiyatdagi farovonlik va ijtimoiy ta’minot, shuningdek, murakkab va ko‘p tomonlama kasbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.3

Xulosa qilib aytganda, modernizatsiya tushunchasining mazmun, mohiyati (o‘zida) jamiyatni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish, yangilash, zamonaviylashtirishni jamiyat hayotining barcha jabhalariga tatbiq etishda namoyon bo‘ladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, davlat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi barcha sohalarda o‘zgarishlarni nazarda tutgan kompleks yondashuv orqali belgilanadi. Shu jihatdan olganda “jamiyatni modernizatsiya qilish” – turli sohalarda amalga oshirilayotgan ilg‘or o‘zgarishlar majmuidir.

Demak, modernizatsiya zamonaviy talablar va didga javob beradigan o‘zgartirish, takomillashtirishni bildiradi.

Modernizatsiya umuminsoniy tafakkurning yutuqlari hamda milliy madaniyat an’analari asosida quriladi, xalqning o‘z kuch-qudratiga va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchiga tayanadi.

Modernizatsiya inson ongida ishbilarmonlikni, samarali xo‘jalik yuritish usullarini hamda fuqarolarning siyosiy faolliklari va madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi.


  • Iqtisodiy sohada, ishlab chiqarishda kapital, bozor munosabatlari va texnika yutuqlari samarali foydalanishga asoslangan industrial texnologiyalarning o‘rin egallashi, iqtisodiyotning rivojlangan sanoat sektorini barpo etish va xizmatlar ko‘rsatish sohasini shakllantirish;

  • Ijtimoiy sohada, ijtimoiy munosabatlarda tabaqalanish ko‘rinishlariga barham berish, ya’ni tenglikni qaror toptirish, ayrim individlar ongi va mustaqilligining o‘sishi, yuksak ijtimoiy moslashuvchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan rivojlanuvchi jamiyatga o‘tish;2

  • Siyosiy sohada, sertarmoq siyosiy tizim va uning funksional ixtisoslashgan institutlarini barpo etish; fuqarolarni siyosatga jalb etishni muntazam ravishda kengaytirib borish; huquqiy davlatga xos jihatlarni va fuqarolik jamiyatining tuzilmalarini qaror toptirish:

Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik siyosiy yangilanish, modernizatsiya va jamiyatni isloh etilishining asosi va kafolati hisoblanadi.

  • Ma’naviyat sohasida, ta’lim va ilmiy muassasalar tizimini rivojlantirish; g‘oyaviy serqirralikni qaror toptirish; ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish kabilar.

O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xosligi

O‘zbekistonda keng ko‘lamli modernizatsiya islohotlarini amalga oshirish imkoniyati davlat mustaqilligi e’lon qilinib, ijtimoiy jihatdan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish yo‘li tanlab olinganidan keyin vujudga keldi. Aytish zarurki, xorijiy mamlakatlarning hozirgi zamon demokratik fuqarolik jamiyatiga o‘tish borasidagi ijobiy tajribasidan foydalanish bilan bir vaqtda milliy o‘ziga xoslikka tayanish mustaqillikning dastlabki kunlarida bo‘lgani kabi, hozirda ham yurtimizda amalga ashirilayotgan modernizatsiya jarayonining muhim belgilaridan hisoblanadi.

O‘zbekistonda ro‘y berayotgan jarayonlar to‘g‘risida ob’ektiv hukm yuritish uchun uni Dune hamjamiyatidagi taraqqiyot kontekstida, tsivilizatsion yondashuv asosida taxlil qilish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Demak bu jarayonlar kechayotgan ijtimoiy — siyosiy muhitning o‘ziga xosligi masalalari doimo diqqat markazida turmog‘i kerak.

Shu ma’noda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida, rivojlanishning zamonaviylashuv, funktsiyasini tez sur’atlar bilan amalga oshiryapti, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jahonga rivojlanishning "o‘zbek modeli" deb tanilgan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Belorus, kirgiz, yoki rus modellaridan farqlicha rivojlanishning "o‘zbek modeli" zamonaviylashuvni xalqimizning boy tarixiy tajribasi, qadriyatlari, turmush tarzi va tamoyillari negizida amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yganligi bilan ajralib turadts. O‘zbekistondagi zamonaviylashuv jarayoniga jiddiy, ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillar chuqur taxlil qilinib, xisobga olinadi. O‘zbekistonning demokratiyaga o‘tishida iqtisod sohasida amalga oshirilgan chora — tadbirlar ham mavjud shart — sharoitlarning chuqur tahliliga tayanadi. Gap shundaki, Polsha, Rossiya singari davlatlarda qo‘llanilgan "shok terapiyasi" usuli O‘zbekistonda qo‘llanmadi. Bu - aholining demografik tarkibi, mavjud iqtisodiy va ish kuchi resurslarini xisobga olib qilindi. Ma’lumki, zamonaviy bozor iqtisodini, yaratish, jarayoni bir necha o‘n yil davom etadi. "SHok terapiyasini" qo‘llagan, mamlakatlar bu bosqichda birinchi darajali va, xalq uchun eng noma’qul, ammo zarur tadbirlarni tezlik bilan amalga oshirib oladilar, Shu bilan birga bu o‘zgarishlarning butun yuki jamiyat zimmasiga, tushadi. Iqtisodiy tizimni bir "sakrash" davomida qayta ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda, zamonaviy bozor . iqtisodiga bosqichma – bosqich, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini qo‘llash orqali o‘tish yo’li tanlandi. Natijada yo’qotishlar soni yutuqlar sonidan ortib ketmadi va iqtisodiy, ijtimoiy, hamda siyosiy barqarorlik saqlanib qolindi.

Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda yangi, demokratik siyosiy va ijtimoiy institutlarning shaklanishi, vazifasi hal qilindi. Jarayon sifatida, u davom etaverishi mumkin, lekin fuqarolar va siyosiy, elita doirasida jamiyatda u yoki bu siyosiy institutlarning roli, funktsiyalari va vakolat doirasi xaqida tushuncha va tasavvurlar shakllanib bo‘ldi.

G’arbdagi demokratshunoslar u yoki bu mamlakatlarda kechayotgan jarayonlarni baholashda ikkiga bo‘linadilar, birinchi gypuh — maksimalistlar biror jamiyatni demokratik, deb tan olinishi uchun uning barcha sohalarida demokratik negizida birlashish (konsolidatsiya) jarayonlari yakunlangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar. Ularga ko‘ra dunyoda xaqiqiy demokratiyalar soni uncha ko‘p emas,

Minimalistik nuqtai nazarga ko‘ra (uni yana formal yondashuv ham deyiladi) siyosiy elita va siyosiy faol fuqarolar demokratik me’yorlar, tadbirlar va institutlarni hurmat qilishlari, qo‘llab quvvatlashlari, hamda nodemokratik tadbirlar, institutlar va me’yorlarni rag‘batlantirmasliklari va qo‘llamasliklari talab etiladi.

Bu yondoshuvlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda institutsional demokratiya bosqichi qaror topganligini e’tirof eta olamiz. Institutlar, me’yorlar tamoyillar, tadbirlar, demokratik «o‘yin qoidalari» muntazam va raqobat asosida o‘tuvchi saylovlar, ko‘p partiyaviylik, fuqarolik jamiyati va uning tarkibida iqtisodiy mustaqil sub’ektlarning shakllanishi — bunin g asosiy belgilaridir.

Bundan so‘ng mamlakatimizda demokratiya qurish jarayoni erishilgan yutuqlarni mustaxkamlab borib, fuqarolik jamiyati doirasidagi rivojlanish va iqtisodiy hamda ijtimoiy demokratiyani qaror toptirish bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda yangi ijtimoiy qatlamlar, guruhlar shakllanishi va rivojlanishi jarayoni faol ke chmoqda: professional siyosatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, bank hodimlari, menedjerlar kabi. Shu bilan birga mana shu qatlamlar manfaatlarini hokimiyatda taqdim etishga qaratilgan vakolat tizimi — partiyalar, nodavlat tashkilotlari, jamg‘armalar, harakatlar, mustaqil xalq nomzodlari, mahalla — shakllanib, qaror topib bormoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, totalitarizmdan demokratiyaga o‘tish — juda murakkab va davomli jarayon. Bu jarayonning keyingi bosqichlarida mamlakatimizda bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayottan institutlar yanada rivojlanib, qolganlari ham izga tushib ketishi, demokratiyaning mustahkamlanishi, demokratik me’yorlar va tadbirlarning siyosat sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirilishi ro‘y beradi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “... Mamlakatimizni isloh etish va yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarni bajarishda biz milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratdik”.

O‘zbekistonning jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish sohasidagi tajribasi o‘ziga xos va betakror bo‘lib, “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirishda o‘z ifodasini topmoqda.

“O‘zbekistonda demokratik jamiyat” tushunchasi “O‘zbek modeli” tushunchasi orqali o‘zining yanada boy va konkret mazmuniga ega bo‘ldi, aniqrog‘i “demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan “O‘zbek modeli”ga aylandi”53. Uning ijtimoiy-falsafiy tahlilida nazariya va amaliyot birligi qonuni yotadi.

O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish g‘oyasi asosida yaratilgan taraqqiyotning o‘zbek modelida jahon hamjamiyati amaliy tajribasiga ham tayaniladi. Bunda mavjud ijtimoiy tartiblar va nazariy loyihalar o‘rtasidagi integratsiya qonuni namoyon bo‘ladi.

Taraqqiyotning o‘zbek modelida shunday g‘oya yotadiki, shakllanayotgan demokratik jamiyatda, avvalo, siyosiy tizim va uning elementlari tubdan tadrijiy o‘zgarib, takomillashib boradi. O‘zbekiston fuqarolari amalda qonunchilik asosida halq hokimiyatini boshqarishda bevosita yoki bilvosita faol ishtirok etadi va “keng halq ommasi davlat uchun” degan shior ostida emas, balki “demokratik davlat halq uchun hizmat qiladi” (sotsialistik jamiyatda buning aksi edi) degan tamoyilning ustuvorligi asosida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi.

Ma’lumki, demokratik jamiyatga o‘tish har doim ham silliq kechavermaydi. CHunki demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi iste’molda bo‘lgan boshqaruv mexanizmlari barham topib, ularning o‘rniga shakllanayotgan demokratik jamiyat fuqarolarining manfaatlari, huquqi va erkinligiga mos keladigan, ularni to‘la-to‘kis ta’minlay oladigan taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan kuchli ijtimoiy-siyosiy mexanizmlar shakllantirib boriladi. Xususan,

Birinchidan, iqtisodiy faoliyat ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, davlat siyosatini emas, xalq manfaatlarini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi. Iqtisodiy taraqqiyotning talab va taklif qonunlari siyosatdan holi ravishda jamiyat mafaatlariga yo‘naltiriladi.

Ikkinchidan, milliy taraqqiyotimizda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ertangi kunda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda davlat bosh islohotchi sifatida, halqimiz va Vatanimiz asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek, umumjahon taraqqiyoti ijobiy xususiyatlarini nazarda tutgan holda faoliyat olib borishida ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy tizimga bo‘lgan extiyoj qonuni yotadi.

Uchinchidan, demokratik jamiyat barpo etishning o‘ziga xos hususiyati –bozor iqtisodiyotini qonunchilik asosida tashkil etishdir. Shu manoda fuqarolarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilish xamda xalqimiz faravonligini oshirishning muhim omili bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish ko‘zda tutiladi. Bunda jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish qonuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, boshqaruvchi tizimning boshqariluvchi tizim manfaatlarini ifodalashi va ximoya qilishiga xuquqiy qonun jihatidan asoslanadi.

To‘rtinchidan, milliy siyosat olib borishda ko‘p millatchilik, yagona Vatan tuyg‘usi, xamjixatlik g‘oyalarini, maqsadlar birligini inobatga olgan holda millati, diniy etiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar mamlakatimiz xar bir fuqarosining manfaatlarini ximoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda namoyon bo‘ladi. Bunda jamiyatning manfaatlar uyg‘unligi va ijtimoiy gravitatsiya (jipslashuv) qonunlari namoyon bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib shunday degan edi: “Butun jamiyatning murakkab rivojlanish davrida manfaatlar o‘rtasidagi nizolarga e’tibor bermaslik havfli ijtimoiy xolatlarga olib kelishi mumkin”54.

Beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishda respublikaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini, xalqimiz turmush tarzi, urf-odati, ananalarini har tomonlama xisobga olish, bozor iqtisodiyotiga shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich o‘tish, xar bir bosqichda kishilar ongini tayyorlab, olib borilayotgan islohotlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligiga ishontirish va amaliy faoliyatini ta’minlashda ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining vorisiylik, tadrijiylik, moddiylik va ma’naviylik uyg‘unligi qonunlari namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash (yangilash)da quyidagi shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi:

Birinchidan, qonun ustivorligi, fuqarolarning qonunlarga so‘zsiz itoat etishi;

Ikkinchidan: boy milliy-ma’naviy merosimizga tayanish;

Uchinchidan, jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish;

To‘rtinchidan, kishilarning erkinligi va manfaatlarini ximoya qilish;

Beshinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining rolini oshirib borish;

Oltinchidan, demokratik jamiyat barpo etishda mahalla ijtimoiy institutining rolini oshirib borish;

Ettinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida axolini kuchli ijtimoiy ximoyalash va adolat tamoyilining qaror topishi.

Shunga asoslanib mustaqillik yillarida jamiyatni demok-ratlashtirish, modirnizatsiyalash yo‘lida quyidagi eng asosiy amaliy ishlar amalga oshirildi:


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə