Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə10/16
tarix21.02.2018
ölçüsü1,1 Mb.
#27268
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

7-MAVZU. SIYOSIY MADANIYAT VA SIYOSIY MAFKURALAR

Reja:


1. Siyosiy ong va uning tuzilishi vazifalari va turlari

2. Siyosiy madaniyat, uning, darajalari va turlari

3. Siyosiy mafkura va uning asosiy ko‘rinishlari

Siyosiy ong va uning tuzilishi vazifalari va turlari

davlat va jamiyat siyosiy tashkilotining paydo bo‘lish bilan yuzaga keladi. Qadimgi grek mutafakkirlari Platon va Aristotel jamiyat uchun davlat tuzilmalari hamda xulq atvor tizimi siyosiy makonda zarur ekanligini ta’kidlaganlar.

Siyosiy ong – bu ijtimoiy ong sohasi bo‘lib, u sotsial xissiyot, tasavvurlar, qarashlarning yig‘indisini, aniq siyosiy munosabatlarni, shuningdek, uning tarkibiy qismini tashkil etadi.

Siyosiy ongning mazmuni siyosiy faoliyat shaklida namoyon bo‘ladi, u siyosiy tuzilma bilan chatishgan holda, uning amal qilishining tarkibiy qismini ifodalaydi.

Siyosiy ongning mazmuni amal qilayotgan siyosiy munosabatlar va hokimiyat, shuningdek, siyosiy voqelikdagi xissiy va abstrakt tasavvurlar yig‘indisidir.

Siyosiy ongning muhim jihati – uning aniq tarixiy xarakterga ega ekanligidir. Birinchi navbatda jamiyatda hukmronlik qilayotgan ijtimoiy guruhning tasavvurlari va qadriyatlari umumlashadi.

Siyosiy ongning o‘ziga xos tomoni – undagi jo‘shqinlik, o‘zgaruvchanlik bo‘lib, siyosiy borliqning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.

Tez o‘zgaruvchan siyosiy ong voqeligida aks etishning uch vositasini ajratib ko‘rsatish mumkin.



      1. Bilish tizimi, uning amal qilish qoidalari, shuningdek, muammo va qarama-qarshiliklar:

      2. Xis-tuyg‘uli, ya’ni siyosiy voqelikni ijobiy yoki salbiy xis-xayajon, sezgida aks etish;

      3. Baholi – siyosiy harakatning maqsadi, uning natijalari va oqibatlarini mulohaza etish va fikrlash.

Ushbu siyosiy ong darajasini tasnifi amerika politologlari G.Almond va S.Verbaga tegishli.

Har bir xalqning, har qanday sotsial birlik siyosiy ongi unga xos bo‘lgan mentalitet asosida shakllanadi.

Siyosiy ong jamiyatning ob’ektiv tarzda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy strukturasi va unga xos bo‘lgan siyosiy faoliyatning turlarini, ularga muvofiq keladigan siyosiy tashkilotlar va muassasalarini aks ettiradi.

Siyosiy ong ijtimoiy mavjudot va mohiyat bo‘lgan inson aql-zakovatining, ma’naviy-ahloqiy faolligining oliy darajasini anglatadi. Insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, siyosiy ruhiy yo‘nalishi, siyosiy xulq-atvori, siyosiy mafkurasi uning ongida shakllanib, bir qolipga tushadi so‘ng ular insonning siyosiy xatti-harakatlariga aylanib, o‘z ifodasini topadi, uning amaliy faoliyati ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ob’ektiv voqelik kishi ongiga ta’sir ko‘rsatib unda turli tasavvurlar, g‘oyalar xosil qiladi hamda unda ong mazmunini vujudga keltiradi.

Insonning siyosiy ongi jamiyat ishlab chiqqan va odamlar tomonidan o‘zlashtirgan xissiy va qadriyatli yo‘nalishiga xos asosiy muammolar hamda siyosiy jarayonlar oqimiga, munosabat vositasida namoyon bo‘ladi. Siyosiy ong tarkibida ilmiy, siyosiy, falsafiy, ahloqiy, estetik, diniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi.

Siyosiy ong – bu kishilarning siyosiy tizim va hayot, siyosiy munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar, tasavvurlar, e’tiqodlar, o‘zlari yashab turgan siyosiy tuzumga baho berishlari yig‘indisidan iborat.

Siyosiy ong – siyosiy borliqning sub’ektiv aks etishidir. U siyosiy voqelik qanday bo‘lsa, shunday xolisona tarzda aks ettirishdir. Biroq, siyosiy ong siyosiy voqelikni mehanik tarzda aks ettirmaydi. U siyosiy voqelikning ichiga kirib, undan ilgarilab ketuvchi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi va rivojlanishini aks ettiradi.

Siyosiy ong – jamiyatning siyosiy hayoti va uning barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy xodisadir. Shuningdek, alohida olingan kishilarning ham, jamiyat ijtimoiy-siyosiy birlashmalarining ham xulq-atvori va faoliyatining harakteri ko‘p jihatdan siyosiy ongning darajasiga bog‘liq.

Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi manbalar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi:



Birinchi manba – insonning oilaviy muhitidir. Siyosiy g‘oyalar va xissiyotlar unga oiladagi tarbiya orqali beriladi. Bunga to‘g‘ri keluvchi ijtimoiy-ruhiy qarashlar – siyosiy ongning poydevorini barpo etadi. Uning negizida esa fuqaro shaxsi shakllanadi.

Ikkinchi manba – bu keng ma’nodagi axborotdir. U insonga ham muomala orqali, ham ommaviy axborot vositalari orqali kirib boradi.

Uchinchi manba – bu individning shaxsiy tajribasidir. Bu shaxsiy tajriba olingan bilimni rad qiladi yoki tasdiqlaydi. Biroq u har qanday holatda ham siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

YUqorida qayd etilgan manbalar insonga siyosat dunyosini tahlil etishga va unga nisbatan munosabatini belgilab olishga imkon beruvchi bilimlar yig‘indisini tashkil etadi.

Siyosiy ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalarga quyidagilar kiradi:


  1. Siyosiy hayot to‘g‘risida bilish – axborot berish. Kishilar ertami yoki kechmi, xoxlaydimi yoki yo‘qmi ammo muqarrar ravishda siyosat dunyosiga duch keladi. U kishilarning hayoti va taqdiriga davlat, partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot ko‘rinishida kirib boradi.

Siyosiy ongning mohiyati uning funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Quyida ana shu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz.

1. Bilish-axborot berish. Kishilar ertami — kechmi, hoxlaydimi yoki yo‘qmi, ammo muqarrar ravishda siyosat dunyosiga duch keladi. Ular bu soha bilan shug‘ullanishni xohlamasalarda siyosat ular bilan baribir "shug‘ullanadi". U kishilarning hayoti va taqdiriga davlat, partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot ko‘rinishida "kirib" boradi.

Hozirgi hayotning mexanizmlari shundayki, kishilar doimo biror yo‘lni, shu jumladan, siyosiy yo‘lni tanlab olishga majburlar. Bu ularni siyosat olamini bilishga, siyosiy axborotlarni egallashga undaydi. Siyosiy ong bu tomondan qaraganda kishilarga siyosiy bilim va axborotlarni o‘zlashtirishga, ijtimoiy — siyosiy hayotda o‘z o‘rnini belgilashga va unda to‘g‘ri mo‘ljalni olishga yordam beradi.



2. Baholash. Siyosiy ong ijtimoiy — siyosiy voqelikni nafaqat biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar muayyan siyosiy hodisalar va voqealarni anglash jarayonida, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar, o‘zlari uchun muayyan xulosalar chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o‘z siyosiy qarashlari, e’tiqodlari, pozitsiyalari, qiziqishlarini shakllantiradilar.

3. Yo‘naltirish. Siyosiy ong kishilarga o‘zlarini jamiyat va davlat oldida nafaqat burchlarga, majburiyatlarga, balki muayyan huquqlar, erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo‘lgan fuqarolar ekanliklarini anglashga yordam beradi. Siyosiy ong o‘zining yo‘naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy xulq — atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy uyushmalarga o‘z fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi.

4. Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida hamda u tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlar va e’tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulq — atvorini tartibga soladi. Siyosiy ongning tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining keskin burilish bosqichlarida, inqirozli davrlarida mislsiz ortadi. Aynan siyosiy tizimning samaradorligi, voqealarning rivojlanish yo‘li, ijtimoiy — siyosiy o‘zgarishlarning yo‘nalishi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga, siyosiy ko‘rsatmalariga bog‘liq bo‘ladi.

Siyosiy ong — favqulodda murakkab va ko‘p o‘lchovli sub’ektiv hodisa. U turli-tuman daraja va shakllarda, avvalo, maxsus va ommaviy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘ladi.



Maxsus siyosiy ong — mafquraviy jihatdan bir xil bo‘lgan ong. Bu ongni siyosiy hujjatlar (dasturlar, doktrinalar)da ifoda etilgan hamda siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, konsepsiyalar tashkil qiladi. Uning sohiblari — siyosiy partiyalar siyosiy tashkilotlar va birlashmalar. Ular muayyan yo‘nalish bo‘yicha ommaviy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi.50

Maxsus siyosiy ongda bosh masala — ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning oddiy vakillari ongiga muayyan ko‘rsatma, qoidalarni ishlab chiqish va singdirishdir.



Ommaviy siyosiy ong jamiyat ehtiyojlarining darajasi va mazmunini bevosita ifoda etib, siyosiy voqelik xaqidagi jamiyat bilimlarining xarakterini ham aks ettiradi. Bunday bilimlar, bir tomondan, turli mafkuralar tomonidan ishlab chiqiladi va siyosiy madaniyatda mustahkamlanadi. Ikkinchi tomondan esa ushbu bilimlar ommaviy ijtimoiy guruhlarning amaliy faoliyati tomonidan qo‘lga kiritiladi.

Ommaviy siyosiy ong xilma-xil tasavvurlar va qarashlar yig‘indisidan iborat. Unda ob’ektiv bilimlardan to yolg‘on fikrlargacha, hissiy obrazlardan abstraksiyalargacha, empirik xabarlardan nazariy konsepsiyaning ayrim tomonlarigacha, oqilonalikdan nooqillikkacha, siyosiy voqelikka radikal qarashdan konservativlikkacha mavjud bo‘ladi. Xilma-xillik, ziddiyatlilik, sistemalashmaganlik, hukmlarning stereotipligi-ommaviy siyosiy ongning hususiyatlaridir.

Ommaviy siyosiy ong konkret-tarixiy va o‘zgaruvchan xarakterga ega. U tez-tez ko‘tarilish va pasayish davrlarini boshidan kechiradi. Unga ko‘plab omillar: muayyan partiyalarning siyosiy yo‘li va taktik — strategik faoliyati, turli ijtimoiy hodisalar, konkret tarixiy vaziyatning mazmuni va boshqalar ta’sir o‘tkazib turadi.

Guruhlarning siyosiy ongi siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan katta (sinflar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar) va kichik (siyosiy elita, bosim guruhlari) guruhlarning umumlashgan nazariy va kundalik bilimlari, baholari, kayfiyatlari, hissiyotlaridan iborat.

Individual siyosiy ong —shaxsning siyosatni bilishi va unda ishtirokini ta’minlovchi ma’rifiy, motivatsion elementlar tizimi.51

Siyosiy ong nazariy va empirik daraja hamda shakllarda namoyon bo‘ladi.

Nazariy siyosiy ong — siyosiy xarakterga ega bo‘lgan turli g‘oyalar, konsepsiyalar, qarashlar. Bu ongning sohiblarini elitalar emas, balki olimlar, ilmiy jamoalar va tashkilotlar tashkil qiladi. Ular siyosatning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqadi. Bu konsepsiyalar esa partiya va davlat tashkilotlarining dasturlarida, ko‘rsatmalarida ifodalanadi.

Siyosiy konsepsiya — siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‘yilgan rahbar g‘oya, yetakchi fikr. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‘ljali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.

Nazariy-siyosiy ongning belgilari quyidagilardan iborat:

•yaxlitlik;

•sistemalashganlik;

•bashorat qilishga qobiliyatlilik.

Mazkur ong darajasi fan yoki muayyan ijtimoiy sinfning, hukmron doiralarning mafkurasi bilan chambarchas bog‘langan. U muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan siyosiy jarayonlarning maxsus tahlili asosida shakllanadi. Nazariy siyosiy ong siyosiy mafkura orqali namoyon bo‘ladi. Siyosiy nazariyalar va ta’limotlarda quyidagi muammolarni tadqiq etish maqsad qilib qo‘yiladi:

a) siyosatning ma’no — mazmunli ko‘rinishlari;

b) qonuniy siyosiy tendensiyalar va jarayonlar;

v) ularni keltirib chiqaradigan sabablar;

g) siyosiy pozitsiyaning real yo‘li;

d) qonunchilik, ma’muriy va sud organlari tomonidan qabul qilinadigan siyosiy qarorlarning haqiqiy hamda kelajakda sodir bo‘ladigan oqibatlari.

Nazariy-siyosiy ongning xususiyati uning iqtisodiy, huquqiy, harbiy — strategik va boshqa reallik bilan chambarchas bog‘liqligidir. Siyosiy ongning ushbu shakli siyosiy nazariyalarning zaruriy siyosiy dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar bo‘lib shakllanganligi bilan ham farq qiladi. Amaliyotda joriy etiladigan ushbu dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar siyosiy ongni siyosatning yetakchi elementi sifatida mustahkamlab qo‘yadi. Siyosiy munosabatlar va siyosiy institutlar, tashkilotlar va muassasalarning xarakteri, o‘z navbatida, bu elementga bog‘liq.

Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon ham beradi:

partiya tomonidan nazariy va amaliy voz kechilgan va bartaraf etilgan qoidalar, urf-odatlar jamiyatning siyosiy ongida uzoq vaqtgacha asorat sifatida saqlanib qolishi mumkin. Bu holni ko‘plab siyosiy arboblar, donishmandlar ta’kidlashgan.

Aksincha vaziyat bo‘lishi ham mumkin: ommaviy siyosiy ongda muayyan siyosiy harakatning, siyosiy qaror qabul qilishning zarurligi e’tirof etiladi, maxsus ong esa bunga tayyor emas. Masalan, mamlakatda ko‘p partiyaviylikning zarurligi haqidagi g‘oya jamiyatda oldindan o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa ham, kerak bo‘lgan tashabbus hukmron partiya, davlat tomonidan kechikishi mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, jamiyatning konstruktiv va barqaror ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun maxsus va ommaviy siyosiy ongning o‘zaro harakati juda muhim. Ularning kishilar va jamiyatning, uni tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosidagi, kayfiyatidagi o‘zgartirishlarga birgalikdagi aniq va o‘z vaqtidagi javobi bundan ham muhim.

Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon beradi:

a) uning muhim maqsadlari hamda fundamental (strategik), ham kundalik (taktik) vazifalarni qo‘yish va hal etishga;

b) ularga erishishning vositalari va usullarini aniqlashga;

v) dolzarb muammolarni hal qilishda tashkiliy — siyosiy jihatdan ta’min etishning yo‘nalishlari va yo‘llarini aniqlab olishga;

g) siyosiy qarorlar va maqsadli dasturlarning bajarilishi ustidan sotsial nazoratga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga;

d) amaliy tajribani hisobga olgan holda siyosatga tuzatishlar kiritishga.

Empirik siyosiy ong — bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilarning, mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va shakli. U nazariy siyosiy ongning zamini bo‘lib xizmat qiladi. U siyosiy voqelikni hissiyotlar, tasavvurlar, xom xayollar, kechinmalar shaklida aks ettiradi.

U, ommada siyosat va siyosiy arboblarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ozuqa, shuningdek, jamiyat siyosiy madaniyatining ma’naviy negizi bo‘lib hizmat qiladi.

Siyosiy ong umuminsoniy, milliy va odatiy (kundalik) ong daraja va shakllarida ham namoyon bo‘ladi.

Umuminsoniy siyosiy ong— siyosiy ongning eng yuqori va g‘oyat murakkab darajasi. U olam va odamni yaxlit, bir butun holda aks ettiruvchi siyosiy ong shaklidir. Bu ong insonning bashariyat, butun olam, o‘zga davlatlar muammolarini anglashi, tushunishi va tinchlikni qadrlashi, himoya qilishida namoyon bo‘ladi. CHunki, olamda shunday muammolar borki, ularni milliy ong chegarasida anglab va hal qilib bo‘lmaydi. Masalan, olam va odamni asrash, dunyoda tinchlikni asrash, sog‘likni saklash, aholini oziq — ovqatlar bilan ta’minlash, maorif va madaniyatni, fan va texnikani rivojlantirish masalalari — umumbashariy muammolar sirasiga kiradi. Bu muammolarni anglash va hal qilish uchun milliy ong darajasidan chiqish hamda umuminsoniy tafakkur qilish darajasiga ko‘tarilish lozim. Umuminsoniy siyosiy tafakkur umumbashariy muammolarning mohiyatini, ularni hal qilish yullari, vositalarini anglovchi siyosiy ong shaklidir.

Umuminsoniy siyosiy ongning sohiblari davlatlar va ularning xalqaro birlashmalaridir. Bu birlashmalar milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqib, umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlarini anglashga va uni turli ofatlardan himoya qilishga chaqiradi. Odamzot, butun kurrai zamin tinchligi, uning muammolarini anglash va ularni hal qilish — umuminsoniy siyosiy ongning eng muhim xususiyatidir.

Umuminsoniy siyosiy ong milliy ongni inkor etmaydi, aksincha, taqozo qiladi. U milliy ongga tayanadi.



Odatiy siyosiy ong — siyosiy ongning quyi darajasi. U ijtimoiy guruhlarning kundalik hayotidan bevosita paydo bo‘ladigan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar yig‘indisi hisoblanib, mazkur ong o‘z mazmuniga ko‘ra, empirik ongga o‘xshashdir.

Lekin, odatiy ong empirik ongdan farq qiladi. U muayyan mafkuraviy va nazariy elementlarga ega. Odatiy ongda ko‘zga ravshan tashlanadigan sotsial — ruhiy belgilar: ziddiyatlilik, tizimga kirmaganlik, yuzakilik, hissiyot, kayfiyat, ehtiroslar xosdir.

Odatiy ongning tarkibida haqiqat elementlari — sog‘lom aql va xom xayollar, bilim va ko‘r-ko‘rona ishonch birgalikda mavjud bo‘ladi. Bu ong darajasida siyosiy voqelik yuzaki idrok qilinadi, hodisalar tashqi belgilari bo‘yicha, ko‘pincha kundalik ehtiyojlar va yaqin manfaatlar nuqtai nazaridan baholanadi.

Siyosiy ongning odatiy darajasi oqilonalik va emotsionallikning jonli hayot tajribasi hamda an’analarining daqiqalik kayfiyat va barqaror stereotiplarning o‘zaro bog‘liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun u beqaror, hissiyot va bevosita tajribaning o‘zgarishiga bog‘lik tebranishlarga mahkum etilgan.



Siyosiy ong ijtimoiy borliqqa munosabatiga qarab demokratik va mustabid ongga bo‘linadi.

Ochiq siyosiy ong o‘zga ijtimoiy tajriba, boshqa milliy — madaniy qadriyatlar va an’analarni idroq qiluvchi ong turidir. Bu turda siyosiy voqelik umuminsoniy manfaatlarda, o‘zining inson zotiga mansubligidan kelib chiqib aks ettiriladi.

Yopiq siyosiy ong korporativ, lokal, guruhiy me’yorlar va maqsadlar doirasida qoladigan ong turi. Bu turdagi siyosiy qarashning mazmuni guruhiy yoki individual tasavvurlar doirasidan chetga chiqmaydi. Mazkur tasavvurlar insonning faqat xususiy manfaatlari bilangina belgilanadi.

Ochiq va yopiq siyosiy ong turlari jamiyat rivojlanishining darajasiga, tarixiy shart-sharoitga bog‘liq. Kishilarning yaqqol ko‘zga tashlanadigan guruhiy qarashlari inqilobiy bo‘hronlar davrida ustunlik qiladi. Jamiyatning tinch rivojlanish davrida esa umumsivilizatsion qadriyatlar ustunlik qiladi.

Siyosiy ong ko‘zlangan maqsadning ruyobga chiqish ehtimollik darajasiga ko‘ra, real va xayoliy; mavjud siyosiy tartibotga bo‘lgan munosabatiga qarab hukmron va muxolif ongga bo‘linadi. U ko‘zlangan maqsadga erishish usuliga ko‘ra, islohotchi va inqilobiy; mazmuniga qarab faol va sust ong bo‘lishi ham mumkin.

Siyosiy ong siyosiy mafkura va siyosiy psixologiya darajalarida ham namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib, siyosiy ong turli-tuman darajalarda, shaklda va turlarda namoyon bo‘ladi. Ular siyosiy voqelikni nafaqat o‘zaro aloqadorlikda aks ettiradi, balki uni ijod qiladi, o‘zgartiradi va rivojlantiradi.

Shunday qilib, siyosiy ong — sotsial sub’ektlar (individlar, guruhlar, sinflar, ijtimoiy birliklar)ning ijtimoiy hayotning siyosiy sohasi haqidagi bilimlari, tasavvurlari va baholashlarining yig‘indisidan iborat. U bilish — axborot berish, baholash, yo‘naltirish, tartibga solish kabi funksiyalarni bajarish bilan jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi.52



Siyosiy madaniyat, uning, darajalari va turlari

Bugungi kunda siyosiy madaniyat muammolari nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham dolzarb bo‘lib, ular siyosiy suhbatlar, bahslar, mulohazalar va tadqiqotlarning zng ko‘p tarqalgan mavzusidir. Siyosiy madaniyatni tubdan takomillashtirish zarurati jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tufayli ob’ektiv ravishda amalga oshirilmoqda. Zero, «biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi».

Bunday sharoitlarda shaxsning mustaqil fikrlay olishi, ijtimoiy-siyosiy faoliyatda ijodiy ishtirok etishi, murakkab si­yosiy vaziyatlarda yo‘l topa bilishi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi singari sifatlarining ijtimoiy ahamiyati keskin ortadi.

«Siyosiy madaniyat» atamasi XVIII acp nemis faylasufi va ma’rifatparvari Iogann Gerder tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Biroq siyosiy madaniyat fenomenining o‘zi Platon, Aris­totel va antik davrning boshqa mutafakkirlari to­monidan allaqachon o‘rganilgan va tashkil etilgan edi.

Siyosatshunoslik atamalari tizimiga «siyosiy madaniyat» tushunchasini XX asrning 60-yillari boshida amerikalik siyosatshunoslar G.Almond va S. Verba olib kirdilar. Ular siyosiy madaniyatning o‘zgarib boruvchi (dinamik) hodisa ekanligini ta’kidladilar va uni siyosiy tizim a’zolari tashqi hatti-harakatlarining ularning bilishi, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari orqali asta-sekin o‘zgarishi va siyosiy tizimning ichki hatti-harakatlariga aylanish sifatida qaradilar. Siyosiy madaniyatni o‘rganishga qiziqish uyg‘otgan sabab XX asrning 60-yillarida Afrika mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan, mustamlakachilik tizimining haloqatga uchrashi va mustaqil siyosiy ijod maydoniga o‘zlarining an’analari, madaniyati va davlatchilik asoslariga ko‘ra Evropa mamlakatlaridan farq qiluvchi halklarning chiqishi bilan ajralib turuvchi voqealar edi. Siyosiy madaniyat masalalariga qiziqish hayotning o‘zidan kelib chiqdi, dunyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar katta turtki berdi.

Mamlakatimizda siyosiy madaniyat muammolariga bo‘lgan qiziqish XX asrning 80-yillari o‘rtasida sobiq SSSRda yuz bergan voqealar munosabati bilan uyg‘ondi. 90-yillarning boshlaridan esa bu qiziqishni hayotning o‘zi taqozo etdi. Siyosiy madaniyatning o‘zi nima?

Amerikalik siyosatshunoslar G.Almond va J.Pauell uni mavjud tizim ishtirokchilarining individual qoidalari va mezonlarining yig‘indisi, siyosiy hatti-harakatlar asosida yotuvchi va ularga ma’no beruvchi sub’ektiv soha sifatida ta’riflaydilar. Ushbu ta’rifda asosiy e’tibor siyosiy madaniyatning sub’ektiv jihatiga qaratilgan va ob’ektivligi hisobga olinmagan.

Polshalik siyosatshunos E.Vityar siyosiy madaniyat - bu hokimiyat bilan fuqarolar o‘rtasidagi hatti-harakatlarning yig‘indisi, deb hisoblaydi. Uning qarashida ham amalda ame­rikalik siyosatshunoslar ta’riflarining aynan o‘zidir. Rossiya siyosatshunosligida siyosiy madaniyat - umumiy insoniy madaniyatning bir turi, siyosiy munosabatlar barcha sub’ektlarining atributi degan fikr qaror topmoqda.

Tegishli tadqiqotlarning tahlili «siyosiy madaniyat» tushunchasining eng ko‘p uchraydigan quyidagi talqinlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:



  • shaxsning va ijtimoiy birlikning o‘zida siyosiy ma’lumotlilikni, siyosiy ong va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni birlashtirgan madaniyati;

  • jamiyat ma’naviy madaniyatining, uning ijtimoiy-siyo­siy institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq unsurlarini o‘z ichiga olgan qismi;

  • muayyan ijtimoiy birlik yoki muayyan shaxsga xos bo‘lgan siyosiy ong va xulq-atvor stereotiplarining yig‘indisi;

  • tarixan belgilangan siyosiy munosabatlar tizimida ijtimoiy sub’ektning siyosiy bilimlari, qadriyat mezonlari, xulq-atvor namunalarining ro‘yobga chiqishi.

Siyosiy madaniyatning ushbu barcha talqinlarini jamlagan holda quyidagi umumiy ta’rifni berish mumkin bo‘ladi: Siyosiy mada­niyat - sub’ektning davlat bilan o‘zaro ta’sirini va uning siyosiy faoliyatga kirib borishini amalga oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiluvchi siyosiy bilimlar, qadriyat mezonlari, xulq-atvor modellarining yig‘indisidan iborat. Siyosiy madaniyat jamiyat va shaxsning sivilizatsiyalashganligining u yoki bu darajasini, ularning siyosiy xulq-atvor hamda hatti-harakatlarining qandaydir qoidalarini qabul qilish qobiliyatini aks ettiradi.

Siyosiy madaniyat inson va siyosiy hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kanali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosiy vazifasi kishilarni siyosiy faoliyatga, umuman, siyosiy tizimga jalb qilishdir.

Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, siyosiy madaniyatning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

- hokimiyat bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muayyan me’yorlar, xulq-atvor tarzlari, qadriyatlarni oldindan belgilab berishni o‘z ichiga oladi. Ularning bir qismi qonunchilik bilan rasmiylashtirilgan, boshqa qismi esa jamiyatda an’analar, urf-odat va marosimlar shaklida qaror topadi;

- siyosiy sohaning bir-butunligini ta’minlash. Bu siyosiy madaniyatga xos bo‘lgan xulq-atvor qoidalari orqali amalga oshiriladi. Aynan ana shular jamiyatning siyosiy institutlari va tashkilotlarining birligi va o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi; siyosiy metodlar yordamida jamiyatning umuman hayot-faoliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlari, davlat va uning fuqarolari manfaatlarining birga qo‘shilishidan iborat.

Siyosiy madaniyat o‘ziga xos tuzilmaga ega. Unda bilish, axloqiy baho berish va xulq-atvor unsurlari ajratib ko‘rsatiladi.

Siyosiy hayotda siyosiy madaniyatga muayyan funksiyalar xos bo‘ladi. Ularning eng muhimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- inson o‘zining guruhiy mansubligini anglab etishiga va mazkur birlikning manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishda ishtirok etishning o‘ziga maqbul usullarini belgilashga bo‘lgan doimiy ehtiyojini ochib beruvchi identifikatsiya funksiyasi;

- insonning siyosiy hodisalar ma’nosini in’ikos ettirishiga, muayyan siyosiy tizimda o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda o‘z imkoniyatlarini anglab etishga intilishini tavsiflovchi yo‘naltirish funksiyasi;

- insonning o‘zgarib turuvchi siyosiy muhitga, uning huquqlari va hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishning shart-sharoitlariga moslashishga bo‘lgan ehtiyojini moslashtirish (adaptatsiya) funksiyasi;

- insonning fuqarolik huquqlarini, siyosiy funk­siyalari va manfaatlarini u yoki bu darajada ruyobga chiqarish imkonini beruvchi muayyan ko‘nikma va xususiyatlarni kasb etishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiylashtirish funksiyasi;

- turli guruhlarning muayyan siyosiy tizim doirasida birga yashashlarini, davlatning yaxlitligini va uning davlat bilan o‘zaro aloqalarining saqlanishini ta’minlovchi in­tegratsiya (dezintegratsiya) funksiyasi;

- umum tomonidan qabul qilingan atamalar, ramzlar, stereotiplar, axborotning boshqa shakllari hamda muomala tiliga asoslangan holda hokimiyatning barcha sub’ektlari va institutlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi kommunikatsiya funksiyasi.

Turli tarixiy sharoitlarda, xususan siyosiy jarayonlarning beqarorligi davrida siyosiy madaniyatning ayrim funksiyalarining so‘nishi va hatto o‘z ta’sirini yo‘qotishi mumkin. Siyosiy madaniyatning tabiati, mazmuni va o‘ziga xosligiga mamlakatning mintaqaviy va tarixiy xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Siyosiy madaniyat - ko‘p pog‘onali hodisa. Siyosiy madani­yatning turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar bilan aloqalarining xilma-xilligi, uning tashkil etilishi va tuzilishining murakkabligini taqozo etadi.

Siyosiy madaniyatning darajasi ko‘p jihatdan umumiy ma­daniyatning axvoli va xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu jihatdan xalqning an’analari katta ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi siyosatshunoslik fanida siyosiy madaniyatning uchta asosiy darajasi ajratib ko‘rsatiladi: dunyoqarash, fuqarolik va siyosat. Mazkur darajalarning har birida insonda ancha qarama-qarshi tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin.

Dunyoqarash darajasi asosiy hisoblanadi. Bu pog‘onada insonning siyosat dunyosida o‘z-o‘zini belgilashi, siyosiy xulq-atvorning u yoki bu yo‘nalishlarini, me’yorlarini tanlashi yuz beradi. Ushbu tanlash uning hayotiy pozitsiyalari, indivi­dual yoki jamoaviy qadriyatlarni afzal ko‘rish, Fapb yoki Sharq sivilizatsiyasi me’yorlarini tan olish, diniy yoki materialistik dunyoqarashi, mafkuraga, zo‘ravonlikka munosabati va boshqalar bilan bog‘liq holda kechadi.

Fuqarolik darajasi. Bu pog‘onada siyosiy madaniyatning o‘zagi shakllanadi. Ushbu daraja odamlarning hokimiyatga hukmronlik va majburlashning ommaviy markazi sifatidagi munosabatini tavsiflaydi. Inson siyosat olami bilan to‘qnashar yoki unga kirib borar ekan, muqarrar ravishda o‘zining hokimiyatga, uning imkoniyatlari va vakolatlariga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. Hokimiyatni qabul qilish asosida esa inson o‘zining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari borasidagi mavqeini aniqlashtirib oladi.

Fuqaroning hokimiyatga bo‘ysunishi adolatli ekanligi yoki fuqaro huquqining hokimiyatga nisbatan ustunligi haqidagi ishonch aynan fuqarolik darajasida shakllanadi. Ko‘pchilik kishilar uchun ana shunday ichki ishonch ularning partiyaviy intilishlariga qaraganda ko‘proq ahamiyat kasb etadi.



Siyosiy daraja. Mazkur darajada davlat va davlatlararo aloqalardan tortib to o‘zini siyosat sub’ekti sifatida qabul qilishgacha bo‘lgan sof siyosiy hodisalarga qadriyatli munosabatlar shakllanadi. Inson va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zil-kesil oydinlashadi. Siyosatning inson hayotidagi roli belgilanadi.

Mana shu darajaga etgandan so‘ng, kishilar jamiyatning siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydilar yoki siyosatdan ongli ravishda chetlashadilar. Bunda odamlarning muayyan qismi «kuzatuvchilar» pozitsiyasini ham egallaydi. Ular qachondir va kimdir ularning muammolarini hal etib berishiga umid bog‘lashni afzal ko‘radilar.

Siyosiy madaniyatning mohiyati haqidagi masalani ko‘rib chiqar ekanmiz, uning asosiy modellariga to‘xtalish joiz.

Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli fuqaroning jamoaviy sifatlarining uning indivdual sifatlaridan ustunligi bilan ajralib turadi. Bu model uchun quyidagi xususiyatlar xos:



  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari davlat tomonidan markazlashtirilgan holda shakllantiriladi. Shunga muvofiq ravishda davlat manfaatlari ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlarning manfaatlaridan muhimroqdir. Asosiy qadriyatlar jumlasiga «tartib», «xayrixohlik», «siyosiy ishonch», «davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash», «yagona mafkura», «siyosiy birdamlik» kabi tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot olishi cheklangan bo‘lib, hokimiyat tomonidan bir kanal orqali, monopoliya tarzida boshqariladi. Siyosiy senzuradan faol foydalaniladi;

  • siyosiy til standartlashtirilgan va kambag‘al. Unga keskinlik ko‘p hollarda esa cheklanganlik va qolipga solinganlik xos;

  • amiyatning siyosiy madaniyati yuqoridan turib muqobil holda shakllantiriladi;

  • jamiyat katta qismining siyosiy madaniyati yuqori emas. Siyosiy-madaniy taraqqiyotning o‘sib borishi sust.

Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli o‘z-o‘zini tashqi dunyodan ajratib qo‘yish, siyosiy-madaniy makonning biqiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu makon chegarasida zo‘ravonlik xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik hukmronlik qiladi.

Tashqi muhit bilan aloqaga kirishganda mazkur model qabul qilingan va bag‘rikenglik darajasining pastliga hamda tajovuzkorlik elementlariga ega shafqatsizligi bilan ajralib turadi.

Shu bilan birga mazkur modelning ichida uning totalitar va avtoritar sohalari mutanosib emas. Unda totalitar, yo avtoritar tamoyillar ustunlik qilali. Birinchi holatda yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarning hammasi mavjud bo‘ladi. Ikkinchi holatda tegishli jamiyatning siyosiy madaniyatida ayrim liberal-demokratik unsurlar mavjud bo‘lishi mumkin.

Siyosiy madaniyatning liberal-demokratik modeli fuqaroning siyosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga yo‘nalti­rilganligi, jamiyat hayot-faoliyatining faqat huquqiy boshqarish orqali tartibga solinishi bilan ajralib turadi.

Bu modelning quyidaga xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari markazlashmagan (ko‘p kanalli) holda xilma-xil manbalar asosida shakllantiriladi. Unga muvofiq davlat manfaatlarining ustuvorlik darajasi ularning jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari, fuqarolar manfaatlariga qay tarzda mos kelishi bi­lan bog‘liq. Asosiy qadriyatlar sirasiga inson huquqlari, erkinligi; mafkurada, siyosatda, iqtisodiyotda fikrlar xilma-xilligi, demokratiya, huquqiy tartibot, xususiy mulk va shaxsiy hayotning daxlsizligi, ijtimoiy fikrning ustuvorligi va boshqa tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot bilan ta’minlanishi ko‘p kanallar orqali va muqobillik asosida amalga opshriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy senzura juda oz darajada va asosan, radikal ekstremistik mazmundagi axborotga nisbatan qo‘llaniladi;

  • siyosiy til boy va standartlashmagan, uzluksiz takomillashtirilib va boyitib boriladi;

  • siyosiy xulq-atvor xilma-xildir;

  • jamiyatning siyosiy madaniyati ancha yuqori darajada. Unga texnik taraqqiyot bilan mustahkamlab boriluvchi siyosiy-madaniy taraqqiyot xos.

Bu aytib o‘tilgan holatlarning barchasi bir bo‘lib jami­yat siyosiy hayotining faolligini va yuksak dinamikasini ta’minlaydi. Bunda siyosiy barqarorlik jadal siyosiy islohotlarni amalga oshirish orqali saqlab turiladi.

Mazkur model tashqi siyosiy-madaniy makonga nisbatan «ochiqligi» bilan ajralib turadi. Bu model o‘z ta’sir doirasini kengaytira olish qobiliyatiga ega.

Bir qator vaziyatlar yuzaga kelganida (tashqi xavf, siyosiy tanglik va hokazo) liberal-demokratik model chegarasida av­toritarizm unsurlari jamiyatning hayot-faoliyatiga davlat aralashuvining kengayishi, siyosiy huquq va erkinliklarning cheklanishi, senzuraning kuchaytirilishi va boshqa shakllarda paydo bo‘lishi mumkin.

Darajalar va modellar bilan bir qatorda, siyosiy madaniyat turlarga ham ajratiladi. Siyosiy madaniyatning mazmuni ko‘p jihatdan tarixiy rivojlanishga bog‘liq bo‘ladi va siyosiy o‘zgarishlar davomida o‘zgarib boradi. Siyosiy madaniyat turlari tash­qi siyosiy-madaniy muhit bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlariga, boshqa siyosiy-madaniy tuzilmalar bilan aloqa boshlashdagi o‘ziga xosliklar hamda o‘zining ichki mazmuniga ko‘ra farqlanadi.

Siyosiy madaniyatlarning tahlili va ularni qiyoslash uchun ko‘pincha amerikalik olimlar G.Almond va S.Verba tomonidan 1964 yilda taklif etilgan tipologiyadan foydalaniladi. Ular siyosiy madaniyatning uchta ideal «sof» turlarini ajratib ko‘rsatganlar: patriarxal, tobelik, faollik.

Patriarxal siyosiy madaniyat mahalliy qadriyatlarga (qabila, urug‘- aymoq qadriyatlariga) yo‘naltirilganligi bilan aj­ralib turadi va mahalliy vatanparvarlik, oilaviylik, kor­rupsiya shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Individ global madaniyatni kam qabul qiladi, muayyan siyosiy rollarni (masalan, saylovchi rolini) bajarmaydi. Madaniyatning bunday turi siyosiy madaniyat mahalliy submadaniyatlarning qatlami sifatida namoyon bo‘lgan davlatlar uchun xosdir.

Tobelik siyosiy madaniyati individning siyosiy tizimga pas­siv va chetlashgan munosabatini taqozo etadi. U garchi siyosiy jihatdan ongli bo‘lsa-da, an’analarga qarab ish qiladi. Hokimiyatga bo‘ysunar ekan individ undan turli ne’matlar va in’om-exsonlar (ijtimoiy nafaqalar, kafolatlar va hokazo) kutadi hamda uning o‘z hukmini o‘tkazishidan xavfsiraydi.

Tobelik tipidagi siyosiy madaniyatning afzalligi shundan iboratki, u ulkan ommani safarbar qila oladi, ularning kuch-g‘ayratlarini ijtimoiy zarur (yoki o‘ylab topilgan) islohotlarga yo‘naltiradi.



Faolllik siyosiy madaniyati faollik jalb etilganlik va ratsionallik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolar siyosiy madaniyatga faol ta’sir o‘tkazishga, uning faoliyatini qonuniy vositalar (saylovlar, namoyishlar va boshqalar) yordamida yo‘naltirishga intiladilar. Mazkur turning eng muhim xususiyati shundan iboratki, unda shaxs va davlat manfaatlarining avtonomiyasi haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘ladi.

Siyosiy madaniyat turlarining o‘rin almashuvi bir lahzada yuz bermaydi, buning uchun uzoq vaqt, o‘ziga xos o‘tish davri lozim bo‘ladi.

O‘tish davri siyosiy madaniyatiga xos xususiyatlar siyosiy yo‘nalishlarning xilma-xilligi, siyosiy qarashlarning tez o‘zgarishi, ekstremizmning alanga olishi, siyosiy ta’sir ko‘rsatishning ish tashlashlar, ochlik e’lon qilish, mitinglar va namoyishlar o‘tkazish kabi vositalaridan, hokimiyatga kuch bilan yoki ruhiy tazyiq o‘tkazishning boshqa shakllaridan foydalanishdan iboratdir. O‘z navbatida, mazkur davrda hokimiyat ham siyosiy vositalar bilan kerakli natijalarga erishish mumkin bo‘lgani holda huquqiy va ma’muriy choralarni qo‘llash yo‘lidan boradi. Buning yaqqol dalili 1996 yilda Belarusdagi siyosiy tanglikning bartaraf etilishidir.

Siyosiy madaniyatning sanab o‘tilgan shakllari uning «sof» toifasiga, ya’ni etarli darajada yorqin ifodalangan shakliga mansub. Biroq siyosiy yo‘naltirilganlikning «sof» turlari ideal ko‘rinishda amalda uchramaydi, ular bir-birini siqib chiqarmagan holda mavjud bo‘ladilar. Masalan, Buyuk Britaniyaning siyosiy madaniyatiga monarxiya instituti bi­lan mujassam etiluvchi tobelik bilan siyosiy hayotda ishtirok etishga yo‘naltirilganlikning o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketishi xosdir.

Ayni paytda siyosiy madaniyatning «yopiq» va «ochiq» singari turlari ham mavjud.

«Yopiq tur» siyosiy biqiqligi bilan ajralib turadi. O‘z siyosiy qadriyatlari va me’yorlariga yo‘naltirilgan. Siyosiy-madaniy avtonomiya rejimida rivojlanadi. O‘zining etnik, diniy, tarixiy, ijtimoiy an’analariga sodiq va ularga qat’iy amal qiladi. Siyosiy me’yorlar va mezonlarning boshqa tizimlarini qabul qilmaydi. Mazkur turga fuqarolar siyosiy intilishlarining cheklanishi va boshqarib turilishi xosdir. Mafkuraviy (siyosiy-diniy) radikalizmga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlikka moyil. Bu tur siyosiy madaniyat­ning totalitar-avtoritar modeliga yaqin turadi.

«Ochiq tur» o‘zga madaniyatlar tajribasini qabul qiladi. O‘zgarib turuvchi voqelikka muvofiq tarzda o‘zgartirishlar kiritilib turuvchi boy siyosiy an’analarga ega. Doimiy o‘z-o‘zini isloh qilish rejimida rivojlanadi. Siyosiy madani­yatning liberal-demokratik modeliga yaqin turadi.

Real siyosiy hayotda turli siyosiy-madaniy turlar o‘zaro faoliyatga kirishadi va bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazadi. Buning natijasida siyosiy madaniyatning «aralash» turlari hosil bo‘ladi. Ulardan ayrimlarini tavsiflab o‘tamiz.



«Fuqaro madaniyati». Mazkur tur burjua-demokratik siyo­siy tizimlar uchun ko‘proq xosdir. U siyosiy barqarorlikning boshqa turlariga xos unsurlarni o‘zida eng samarali tarz­da birga qo‘shadi, tegishli siyosiy rejimlarning konstruk­tiv faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qiladi.

Fragmentar siyosiy madaniyat. Mazkur turda jamiyatning bo‘linib ketganligi, uni tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarning kuchli kutblashganligi aks etadi. Ushbu tur o‘zining radikalizmi, siyosiy tajovuzkorligi va murosasizligi bilan ajralib turishi mumkin. Fragmentar siyosiy madaniyatga xarizmatiklik, ya’ni siyosiy birlashmalar va ularning dasturlariga emas, balki jamiyatning ko‘ziga favqulodda iste’dod va fazilatlarga ega bo‘lib ko‘ringan muayyan siyosatchilarga (ijtimoiy guruhlar, ayrim fuqarolarga) yo‘naltirilganlik xosdir.

Siyosiy madaniyatning integratsiyalashgan turi siyosiy rejimning asosiy masalalari bo‘yicha ancha yuksak ijtimoiy-siyosiy hamjihatlikning mavjud bo‘lishi, siyosiy zo‘ravonlik darajasining pastligi va siyosiy hayotning xilma-xil­ligi bilan ajralib turadi.

Siyosiy madaniyat turlari bilan bir qatorda umuminsoniy siyosiy-madaniy makonda siyosiy submadaniyatlar ham kuzatiladi. Bu erda so‘z maxsus «tagmadaniyatlar» («sub» bu o‘rinda lotinchadan tarjima qilinganda «tag» ma’nosini bildiradi).

Siyosiy submadaniyatlar siyosatning muayyan sub’ektlariga xosdir. Ular siyosat sohasida tegishli guruhlarga mansub kishilarning o‘ziga xos qarashlari, xayrixohliklari va xulq-atvori bilan ajralib turadi. Ularning eng muhimlari va yaqqol namoyon bo‘lib turuvchilari jumlasiga quyidagilar kiradi:

Fapb siyosiy submadaniyati. Liberal-demokratik qadriyatlar va me’yorlarga yo‘naltirilgan. Siyosiy tanlov va siyosiy intilishlar doirasining kengligi bilan ajralib turadi. Uning hududlarida fuqaroning siyosat sub’ekti sifatidagi maqomi nisbatan yuqori. Siyosiy hayot huquq tomonidan boshqarib turiladi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu siyosiy submadaniyat siyosiy madaniyat liberal-demokra­tik modelining asosiy negizi hisoblanadi.

Sharq siyosiy submadaniyati. Tarixiy-diniy an’analarga yo‘naltirilgan. CHeklangan siyosiy tanlov sharoitlarida faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu submadaniyat aniq-ravshan ifodalangan siyosiy subordinatsiya, ma’muriy hokimiyatning vakolati va sud hokimiyatlarida ustunligi bilan ajralib turadi. Hokimiyatning meros bo‘lib o‘tishi va elitarligi keng tarqalgan.

Mintaqaviy siyosiy submadaniyatlar mintaqaviy va davlat belgilariga ko‘ra ajralib turadi. Ana shu belgilar bo‘yicha siyosiy tafakkur va xulq-atvor uslublarida farqlar ko‘zga tashlanadi. Mintaqaviy omilni hisobga olgan holda shahar va qishloq submadaniyatlarini ham farqlash mumkin.



Siyosiy-diniy submadaniyatlar. Ijtimoiy hayotning diniy va siyosiy sohalarining chambarchas bog‘lanib ketganligi, hamda diniy aqidalarning siyosat sub’ektlarining siyosiy yo‘naltirilganligiga va xulq-atvoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.

Etno-siyosiy submadaniyatlar. Ular milliy tarkibi bir xil bo‘lmagan davlatlarga xosdir. Ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning siyosiy submadaniyatlari keng tarqalgan. Masalan, Turkiyadagi greklar, Fransiyadagi jazoirliklar, Ispaniyadagi basklar, AQSHdagi hindular va boshqalar ana shunday submadaniyat egalaridir.

Milliy ozchilikni tashkil etuvchi xalqlarning submada­niyati qandaydir etnik ozchilik kamsitishga duchor bo‘lgan holatlarda yaqqol ifodalangan xususiyat kasb etadi.

YOshlarning siyosiy submadaniyati. Uning asosiy vakillari talaba yoshlardir. Mazkur submadaniyatga xos xususiyatlar jamiyat siyosiy hayotini his-xayajon bilan qabul qilish, siyosiy manfaatlar va xulq-atvorning ziddiyatli rang-barangligidan iborat. Ushbu submadaniyat vakillarida etarli hayotiy tajribaning mavjud emasligi tufayli ularga siyosiy hodisalarni farqlamaslik, boshqalar ta’siriga beriluvchanlik darajasining yuqoriligi, turli-tuman siyosiy qarashlar, nazariyalar va g‘oyaviy yo‘nalishlarni mexaniq tarzda birlashtirish ham xosdir.

Biroq keyinchalik jamiyatda qaror topadigan ko‘plab siyo­siy yangiliklar ko‘p hollarda aynan mana shu yoshlar submada­niyati zaminida pishib etiladi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə