Mavzu: Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi,kengash faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy hayot Kirish


Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Shaharlar



Yüklə 181,27 Kb.
səhifə6/9
tarix10.05.2022
ölçüsü181,27 Kb.
#86420
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oʻzbekiston tarixi kurs ishi

Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Shaharlar. Xorazm hunarmandchiligi

İxtisoslashgan boʻlishiga qaramay, yarim koʻchmanchi xoʻjaliklarda uy

Hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunarmandchilikning asosiy sohalaridan

Biri toʻqimachilik edi. Koʻchmanchi aholining turli matolarga boʻlgan talabi

Va qisman tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi toʻqimachilik sanoati

Rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab

Chiqarilgan. Matolar asosan qoʻlda tayyorlangan.

Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik

Duradgorlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan.

Manbalar shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tayyorlovchilar

(pazachi), ot abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar,

Pichoqchilar, qinchilar, boʻyoqchilar, telpakdoʻzlar, qulfgarlar, juvozchilar,

Shamchilar, sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga

İxtisoslashganliklari haqida ma’lumotlar beradi.

Xivada gilam toʻqish oʻzining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham

Saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam toʻqish bilan turkmanlar ham

Shugʻullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur boʻlgan.

Umuman olganda, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi

Bozor uchun ishlab chiqarilgan.

ХVI asrning oxiriga kelib Amudaryo asosiy oʻzaning oʻzgarishi

Xorazmning tashqi savdo aloqalariga ham ta’sir etdi. Xorazmning ilgarigi

Savdo markazlari oʻz ahamiyatini yoʻqota borib, Rossiya bilan savdo

Aloqalarida Volganing qoʻyi oqimlari orqali yoʻllar katta ahamiyat kasb eta

Boshladi. Astraxanda xivalik savdogarlarga imtiyozlar berilgan boʻlib, ular rus sado yarmarkalarida ishtirok etib turganlar. ХVIII asrning oʻrtalaridan boshlab, Orenburg shahriga asos solingach Xiva savdogarlari Uralboʻyi orqali savdo-sotiqni yanada jonlantirdilar. Xivadan Rossiyaga paxta matolar, mevalar, qimmatbaho toshlar, qogʻoz mahsulotlari, parcha va buyum shaklidagi ipak va yarim ipak matolar, gilamlar, tuya junidan matolar, qisman qorakoʻl, guruch, saygʻoq (kiyik) shohi, kashmir matosi kabi mahsulotlar olib borilgan. Rossiyadan esa Xivaga oltin va kumush tangalar, mis, choʻyan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar, boʻyoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligi savdogarlari qoʻshni Buxoro va Qoʻqon xonliklari bilan, shuningdek, Xitoy, Eron, Afgʻoniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borganlar. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan turli matolar, metall, ziravorlar, boʻyoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Xazorasp, Qoʻngʻirot, Shohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning ma’lumotlariga koʻra, ХIX asrning birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan oʻrab olingan savdo markazi boʻlib, unda bir yarim mingta xonadon boʻlgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qoʻqon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashgʻar, Mashhad, Qobul bozorlarida ham koʻplab uchratish mumkin boʻlgan. Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga moʻljallangan boʻlsa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo doʻkonlari boʻlgan. ХVII - ХVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, machit va madrasalari bilan shuhrat qozongan boʻlib, ХIX asrning birinchi yarmidan oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qal’aga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin doʻkonlar boʻlib, seshanba va shanba kunlari bozor boʻlgan. Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylashgan Xazorasp shahri barcha qoʻlayliklarga ega edi. Shaharda sakkizta machit va shuncha madrasa boʻlib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo doʻkonlari mavjud boʻlgan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan doʻkonlarda va qisman uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari boʻlgan. Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gurlan edi. Manbalarga koʻra, ХIX asrning oʻrtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qoʻshib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon istiqomat qilgan. Shaharda koʻplab machit va madrasalar, bogʻlar tutzorlar boʻlib, dalalardagi sholi, paxta va bugʻdoydan yaxshi hosil olingan.




Yüklə 181,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə