Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


O’zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish omillari



Yüklə 384,81 Kb.
səhifə37/60
tarix13.12.2023
ölçüsü384,81 Kb.
#149023
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

O’zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish omillari
O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, barcha sohalarda keng ko’lamli izchil islohotlarni amalga oshirish bo’yicha o’zining tadrijiy taraqqiyot yo’lini tanladi. Bunda aholini to’g’ri ovqatlanish me’yorlariga mos, yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri etib belgilandi. Shu munosabat bilan fermer xo’jaliklarini rivojlantirish asosida iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillariga mos tashkiliy tuzilmasini joriy etish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish va ularning huquqiy himoyasini ta’minlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasini birinchi prezidenti 1991 yil 29 noyabrda qabul qilingan Respublikada dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash to’g’risida‖gi farmoni mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qildi. Bu borada qabul qilingan Yer kodeksi, Fermer xo’jaligi to’g’risida‖,
Dehqon xo’jaligi to’g’risida‖ va Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖gi qonunlar fermerlikni rivojlantirish, ularning iqtisodiy hamda moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, fermer xo’jaliklari samaradorligi va rentabelligini izchil oshirishni ta’minlaydigan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yer maydonlarini optimallashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda qishloqlarda fermer xo’jaliklariga keng turdagi xizmatlar ko’rsatadigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti 2012 yil 22 oktyabrdagi ―O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmoni mamlakatimizda qishloq xo’jaligi tarmog’ini isloh etishning mantiqiy davomi bo’ldi. Mazkur hujjat fermer xo’jaliklarining samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yersuv resurslari va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirish, aholi bandligi hamda farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish imkonini bermoqda.
Farmonga muvofiq, tashkil qilingan O’zbekiston Fermerlari kengashi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati idoralari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek, sudlarda ish ko’rib chiqilayotganda fermer xo’jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilmoqda.
Chunonchi, O’zbekistonda 1990 yilda aholining oziq-ovqat, asosan go’sht, sut va qandolatchilik mahsulotlariga ehtiyoji import hisobiga qondirilgan bo’lsa, unda bugungi kunda aholining ushbu mahsulotlarga ehtiyoji 96 foizga respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda.
Ayni paytda O’zbekistonning har bir fuqarosi bir oy ichida 40 turdagi oziqovqat mahsuloti sotib olishi mumkin va bunga o’rtacha ish haqining 40 foizini sarflaydi.
Qishloq xo’jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O’tgan yili qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona, yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi.. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda‖ 4.
Mustaqillik yillarida go’sht iste’moli aholi jon boshiga 1,3 marotaba, sut va sut mahsulotlari 1,6 barobarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti iste’moli esa deyarli 4 barobarga oshgan. Bu xalqimiz turmush tarzining o’sib borayotganidan guvohlik beradi.
Tahlillarning ko’rsatishicha, respublikada, umuman olganda, iste’molning minimal darajasi asosan mahalliy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanmoqda.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turi ham sezilarli darajada kengaydi. Masalan, soya, maxsar, kungaboqar kabi tarkibida moy bo’lgan o’simliklarni yetishtirish uchun ajratilayotgan yer maydonlaridan olingan hosil hisobiga yog’-moy korxonalari tomonidan yiliga o’rtacha 95 ming tonna xom ashyo tayyorlanib, qayta ishlanmoqda. Non va non mahsulotlari turi ham ko’paydi. Ayni paytda mamlakatimiz korxonalarida uch yuzdan ziyod turdagi non mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 3 mingdan ko’proq nomdagi turli oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti har yili 80 ta yangi nom bilan boyib bormoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash maqsadida oziqovqat sanoatining korxonalari ISO-9001 xalqaro sifat standartlari va tayyor mahsulotlar xavfsizligi xalqaro sifat standarti ISO-22000 joriy qilingan.
Mahalliy oziq-ovqat va xom ashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol me’yorlarida o’rnatilgan assortimentda yetkazish bo’yicha choralar amalga oshirilmoqda. Bu choralar respublikada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirishga ko’maklashmokda.
Real sektor korxonalarida ishlab chiqarishni modernizatsiya va
diversifikatsiya qilishni rag’batlantirish hamda qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishning o’sishini ta’minladi. 2015 yilda oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish umumiy hajmi
16729,2 mlrd. so’mni, o’sish sur’ati esa o’tgan yilga nisbatan 114,4 foizni tashkil etdi.
2014 yilga nisbatan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi shakar sanoatida –
23,7 foizga, meva va sabzavot sanoatida – 17,9 foizga, go’sht va sut sanoatida –
5,7 foizga, yog’ va moy sanoatida – 3,7 foizga o’sgani kuzatildi.
Hisobot davrida, o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan, tarmoqning yirik korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmlari quyidagi mahsulot turlari bo’yicha oshirildi: go’sht konservalari – 8,0 martaga, go’sht va o’simlik konservalari – 2,0 martaga, shinni (melassa) – 40,9 foizga, margarin va spredlar – 16,5 foizga, marmelad, jele – 20,2 foizga, uzoq saqlanmaydigan qandolat mahsulotlari – 17,8 foizga, shakar – 16,3 foizga, uzoq saqlanmaydigan boshqa non mahsulotlari – 14,0 foizga, ishlov berilgan suyuq sut – 11,4 foizga, saryog’ – 7,9 foizga, bug’doy noni – 6,3 foizga.
Shuningdek, 2014 yilga nisbatan, spirt nastoykalari (113,4 foiz), pivo (105,3 foiz) ishlab chiqarish hajmi oshdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining asosiy qismi Toshkent shahri (tarmoqning umumiy hajmidagi ulushi 22,2 foiz), Toshkent (18,2 foiz),
Samarqand (13,4 foiz) va Farg’ona (6,5 foiz) viloyatlari korxonalari hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Tarmoqdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2014 yilning shu davriga nisbatan 14,3 foizga oshishi ta’minlandi hamda ularning oziq-ovqat sanoati jami hajmidagi ulushi 69,0 foizni tashkil etdi.
2015 yilda respublikada 1501 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari yangidan tashkil qilingan, 2016 yil 1 yanvar holatiga respublikada tarmoqning 8711 ta korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi aholiga sanoat mahsulotlari, iste’mol tovarlari, o’simlik yog’i, margarin, mayonez, shakar va boshqa mahsulotlar yetkazib berayotgan yuzdan ziyod korxonani o’z tarkibida birlashtirgan. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning bir qismi eksport qilinayotir.
Ayni paytda tarmoq korxonalari sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari turini kengaytirish va ichki bozorni yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli tovarlar bilan to’ldirish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bu borada muhim omil bo’layotir.
2015 yilda hududlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun 1 ming 660 dan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda 21 ming 500 fermer xo’jaligi ko’p tarmoqli xo’jalikka aylantirilib, intensiv va mahalliy bog’lar barpo etildi, go’sht, sut va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari ko’paydi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda servis xizmatlari rivojlantirildi. Natijada 96 ming 200 yangi ish o’rni yaratildi.

Yüklə 384,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə