Metodik tavsiyasi


Chiroyli so‘zlashni, savodli, to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq bayon etishni



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

Chiroyli so‘zlashni, savodli, to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq bayon etishni
bilmagan yoki aytolmagan o‘quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo‘ladi. Nutq orqali odamzot o‘zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to‘la rivojlangan yoki shakllangan bo‘lavermaydi. Ona tili va oʻqish savodxonligi darsida savodxonlikni oshirishda o‘qilgan asar haqidagi o‘quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. Ona tili va oʻqish savodxonligi darsi bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi. Bunday darslarda o‘quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o‘quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o‘qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo‘shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o‘qilganlarning mazmunini o‘quvchilar xotirasida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo‘lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o‘qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo‘ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag‘ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o‘quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog‘lashdir. Oʻqish darslarida ish turlari xilma-xil bo‘lib, o‘qilganlar, ko‘rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko‘rsatish va tahlil qilish, o‘quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o‘qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og‘zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Ona tili va oʻqish savodxonligi darsida bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini tinglashi, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon ayta olishi, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bo‘la oladigan ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta‘limiga o‘quv fani emas, balki butun ta‘lim tizimini uyushtiruvchi ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi.
Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta‘sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish qurolidir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə