Microsoft Word 4-nazariy mavzu


 Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari



Yüklə 122,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.06.2022
ölçüsü122,53 Kb.
#89461
1   2   3   4   5
4-nazariy mavzu 2-semestr

6.2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‘ular, milliy 
qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar 
jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual 
qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi. 


Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir 
qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun 
o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng 
imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin 
vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga 
o‘zini moslashtirishi lozim: 
emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‘zini boshqara olish 
qoidalariga rioya qilish; 
o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‘llash;
bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni 
so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish; 
o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, 
uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan 
foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; 
dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik 
me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan 
saqlanish; 
o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan 
munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik 
uslublariga asoslanish. 
Pedagogik nazokatni egallash malakalari. Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga 
yillar davomida ustozlar tajribasini o‘rgangan holda va o‘z hayotiy hamda kasbiy faoliyati 
tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi
nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar bilan muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini 
egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi 
natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va 
bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog‘liq.
Axloq asoslarini bilish, hatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb ettirish ham katta ahamiyatga 
ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir etish yo‘llarini bilish 
o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim: 
- o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro munosabatda ko‘rsata olish; 
- o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni anglashga harakat qilish, ko‘rish va 
kuzatish; 
- sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish; 
- sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo‘lini tanlash; 
- o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sezdirmaslik, aksincha ular 
ishonchini qozonish. 
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchiga muloqotni ijobiy 
hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini 
saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda 
muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi: 
o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida muloqotning erkin demokratik 
asosini shakllantiradi; 
sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot 
madaniyatiga erishadi; 
o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o‘tib, demokratik prinsiplar 
asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi; 
o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi. 
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qaramaqarshilikka yo‘l 
qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, 
o‘qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va sub’ektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga 
birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha 


o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch 
uyg‘otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir. 

Yüklə 122,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə