Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147
Agrosanoat m

3.2. Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqaruvchi sohaning ahamiyati va iqtisodiyotdagi o’rni 
 
Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish 
mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanganlik darajasini 
umuman agrosanoat majmuasining rivojlanishini belgilaydi. Agrosanoat majmuasi 
uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish ob’yektiv zarurat 
hisoblanadi. Uni rivojlantirish mamlakatni sanoatlashgan davlatga aylantiradi. 
Aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi va uning turmush darajasini oshiradi. Bir 
so’z bilan aytganda mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi. 
Rivojlangan davlatlarda YAIMda sanoatning ulushi o’rtacha 32-35% ni, qishloq 
xo’jaligi 2-4 foizni, xizmat ko’rsatish sohasi – 55-60 foizni tashkil etadi.
2000-2005 yillarda O’zbekiston Respublikasi jami yalpi ichki mahsulotining 15-
16 foizi sanoat tarmoqlari ulushga to’g’ri keldi. Keyingi yillarda bu ko’rsatkich ijobiy 
o’sish tendentsiyasiga ega. 2004 yilda jami yalpi ichki mahsulotla sanoatning ulushi 
17,5 foizni, 2005 yilda 20,7 foizni tashkil etdi. 2010 yilga kelib sanoatning ulushini 
15 foizdan 25-26 foizga, xizmatlar ulushini 35% dan – 38-39 foizgacha, qurilishning 
ulushini 7,8% dan 10-11 foizga oshirish, qishloq xo’jaligining ulushini 36,4 foizdan 
19 foizga tushirish belgilangan. Kelajakda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish ko’paytirilgan holda uning ulushini mamlakat yalpi mahsulotida 10 foizdan 
kamaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakat sanoatining asosiy qismi agrosanoat majmuasi bilan bog’liq. 
Agrosanoat majmuasi yaxshi, samarali ishlashi uning 1-sohasining rivojlanish 
darajasi bilan belgilanadi. Agarda mamlakatda agrosanoat majmuasining 1- sohasi 
yaxshi rivojlangan bo’lmasa, zarur ishlab chiqarish vositalarini, texnikalarni 
tashqaridan sotib olish zarurati tug’iladi. Bu esa har yili katta miqdordagi moliyaviy 
resurslarni sarflanishini talab qiladi. Eng yomoni, mamlakat agrosanoat 
majmuasining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa davlatlardan kerakli ishlab chiqarish 
vositalarini olib kelishga bog’liq bo’lib qoladi. Bunday bog’liqlik, odatda, salbiy 
oqibatlarga olib keladi. 


51
Albatta, har bir mamlakat o’z iqtisodiyoti uchun kerakli barcha ishlab chiqarish 
vositalarini o’zi ishlab chiqarishini tashkil eta olmaydi. Tashkil etganda ham samarasi 
past bo’lishi mumkin. Lekin imkon boricha mamlakatining imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda eng samarali tartibda ishlab chiqarish vositalarini mamlakatda yaratish 
yo’llarini izlab topish maqsadga muvofiq. Sifatli va bizda yaratilganiga nisbatan 
arzon ishlab chiqarilgan vositalarni chetdan sotib olish mumkin. Bu masala doimiy 
e’tiborni talab qiladi. Mamlakatda fan, texnika, texnalogiya va mehnat resurslarining 
bilim, malaka darajasi oshib borgan sari talabga qarab ishlab chiqarish vositalarini 
ishlab chiqarishning tarkibi va hajmi ko’payib borishi maqsadga muvofiq. 
Sohaga kiruvchi tarmoqlarning rivojlantirilishi iqtisodiyotni sanoatlashtiradi. 
Sanoatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish imkonini 
kuchaytiradi. Ma’lumki qishloq xo’jaligining natijalari ko’pincha tabiiy sharoitlarga, 
Yog’ingarchilik darajasi, issiqlik, suvning yetarli bo’lishi, tabiiy kataklizmalarning 
oqibatlariga bog’liq. Sanoat esa bu omillarga bog’liqligi minimumlashgan sohadir. 
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoq korxonalarining 
rivojlanishi mamlakat mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi. 
Sanoatda ish bilan ta’minlangan mehnat resurslarining malakasi yuqori bo’ladi. 
Natijada mehnat resurslarning sifati yaxshilanadi va raqobatbardoshligi oshadi. 
Qolaversa, sanoatda yuqori malakali, intensiv mehnat bo’lganligi uchun unga 
to’lanadigan haq ham yuqori. Bu bir tomondan aholining turmush darajasini oshiradi, 
uning mahsulot va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini yaxshilaydi. Ikkinchi tomondan 
esa davlat byudjetiga to’laydigan daromad soliqlari miqdori ham yuqori bo’ladi. Bu 
davlat byudjetining mustahkamlanishiga, iqtisodiy – ijtimoiy masalalar yechimining 
yaxshilanishiga olib keladi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə