Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanot majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayarlovchi, qayta



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147
Agrosanoat m

4.2. Agrosanot majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayarlovchi, qayta 
ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining ahamiyati va 
iqtisodiyotidagi o’rni 
Agrosanoat majmuasi 3-sohasining ahamiyati har qanday davlat iqtisodiyoti 
uchun beqiyos. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bu sohaning salmog’i 
ayniqsa yuqori. Malakat mehnat resurslarining 22 foiziga yaqini shu sohada band. 
Yalpi ichki mahsulotning 23 foizga yaqini shu tarmoqlarda ishlab chiqariladi. 
Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning nobud bo’lmasligi avvalo shu 
tarmoqlar rivojiga bog’liq. Agrosanoat majmuasi mahsulotlari eksport salohiyatini 
oshirish ham asosan shu tarmoqlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ular 
aholini yuqori sifatli mahsulotlar, ish joylari bilan ta’minlashda ham alohida o’rin 
tutadi.
Mamlakat aholisining ish bilan ta’minlanishida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlar sotuvchi tarmoqlar va 
xizmatlarning ahamiyati beqiyos. Bu tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatda ishsizlik 
muammosini yumshatadi va unga barham berish imkoniyatlarini kengaytiradi
yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’lishining oldini oladi. 
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda yetishtirilayotgan ba’zi turdagi qishloq 


62
xo’jaligi mahsulotlarining 30 foizgachasi nobud bo’lmoqda. Buning asosiy 
sabablaridan 
biri 
agrosanoat 
majmuasi 
3-sohasining 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligidadir. Yuqoridagilarni hisobga olib sohaning ahamiyati va 
iqtisodiyotdagi o’rnini quyidagilar bilan belgilash mumkin: 
·
qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning nobud bo’lishini oldini oladi va 
natijada katta iqtisodiy samara beradi; 
·
aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi, ijtimoiy masalalarni yechimini 
optimallashtiradi; 
·
qishloq xo’jaligini imkon darajasida bir me’yorda moliyaviy mablag’ bilan 
ta’minlaydi; 
·
aholining turmush darajasini oshiradi; 
·
qishloq xo’jaligini unga xos bo’lmagan funktsiyalardan (mahsulotni saqlash, 
tashish va x.z.) ozod qiladi; 
·
mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi; 
·
aholini yilning turli fasllarida sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni yaxshilaydi; 
·
qishloq aholisining mehnat malakasini oshiradi; 
·
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini sifatli ta’minlaydi. 
Agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish 
mamlakatning iqtisodiy strategiyasining bosh yo’nalishlaridan bir hisoblanadi. Bunda 
asosiy e’tibor yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilmoqda. Hozirgi paytda yengil 
sanoatni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor kuchaytirildi. Bu 
sohada vujudga kelayotgan yangi qo’shma korxonalar yangi texnika va 
texnologiyaning kirib kelishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari aholini ish bilan 
bandligi oshishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash quyidagi hajmda bajarilmoqda:
Mevalar – 15%, sabzavot – 10%, poliz mahsulotlari – 5%, uzum – 23%,
teri – 26%, jun – 15%, go’sht – 25%, sut – 5%, paxta xomashyosi – 25%. 


63
Rivojlangan mamlakatlarda yalpi mahsulotni yetishtirishda kichik va o’rta 
korxonalar salmog’i 60-70% tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasida yalpi 
mahsulotni yetishtirishda kichik korxonalarni salmog’i 1991 yilda 1,5% tashkil etgan 
bo’lsa, 2000 yilga kelib u 31% tashkil etgan. Respublikada kichik korxonalar soni 
2000 yilga kelib – 190 mingni tashkil etgan, ularda 3 mln. ortiq ishchi hizmat qiladi.
Ularga 72 mlrd. so’m kreditlar ajratilgan, qo’shimcha 178 ming yangi ish joylari 
tashkil etilgan. 2005 yilga kelib kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni 300 
mingdan oshib ketdi. 
Qishloq xo’jalig mahsulotlarani saqlash va qayta ishlash bo’yicha Markaziy 
Osiyo davlatlari xalqlari uzoq yillik tajriba va bilimga ega. Qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash masalalari bo’yicha Markaziy Osiyoda 9-12 
asrlarda bir qator asarlar paydo bo’lgan. Ibn Al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar 
Roziy (1149-1209), Ibn Rashta (12-asr), Xazrad Mashhadiy Sayid Muhammad (12-
asr) kabilarning asarlarida qishloq ho’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash 
haqida ma’lumotlar berilgan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash masalalari juda qadimdan o’rganilgan va 
yillar o’tishi bilan takomillashib rivojlanib borgan.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə