Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147
Agrosanoat m

Qisqacha xulosalar 
Agrosanoat majmuasining samaradorligi va o’z vazifasini to’liq bajarishi ko’p 
jihatdan uning uchinchi sohasi rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Agrosanoat 
majmuasining uchinichi sohasiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, 
dastlabki va chuqur qayta ishlovchi, tayyor, oxirgi mahsulotlarni iste’molchilarga 
yetkazish bilan shug’ullanuvchi tarmoq va xizmatlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotda agrosanoat majmuasi uchinchi sohasining o’rni va ahamiyati beqiyos. 
Ularning yil davomida bir me’yorda ishlash qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar nobud bo’lishining oldini oladi va ularning sifatini yanada yaxshilaydi. 
Mehnatga layoqatli kishilarning katta bir qismini ish joylari bilan ta’minlaydi.


70
O’zbekiston Respublikasi nisbatan yaxshi rivojlangan qayta ishlash sanoatiga 
ega. Ayniqsa, oziq- ovqat va yengil sanoat kuchli rivoj topgan. SHu bilan birgalikda 
agrosanoat majmuasining uchinchi sohasida ko’pgina yechimini kutayotgan 
masalalar mavjud. Ularning eng asosiysi sohaga kiruvchi tarmoqlarda vujudga 
keltirilgan mavjud quvvatlardan to’liq foydalanishdir. Ma’lumki, ayrim tarmoqlarda 
mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 5-20 foizni tashkil etmoqda. Bu o’z 
navbatida, juda katta muammolarni vujudga ketiradi. Agrosanoat majmuasining 
uchinchi sohasini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining 
ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada juda katta ishlar amalga 
oshirilayapti. Asosiy mahsulotlardan biri - paxtani chuqur qayta ishlashni tashkil 
etish, ayniqsa, katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
 
 
Tayanch iboralar 
Yog’-moy, oziq-ovqat, yengil sanoat, ishlab chiqarish imkoniyatlari, 
mexanizatsiyalashtirish, 
ximiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, 
baholar 
pariteti, 
agrasanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni mutonosib rivojlantirish, mahsulot sifati, 
agrosanoat integratsiyasi, agrar siyosat, agrosanoat majmuasi, iqtisodiyot, agrosanoat 
majmuasi tarkibi, agrosanoat majmuasining sohalari, infratuzilma, ishlab chiqarish 
infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmasi, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy muhit, hudud 
iqtisodiyoti, tarmoqlarning mutonosib rivojlanishi, ijtimoiy masalalar, aholi turmush 
darajasi, mehnat unumdorligi, iqtisodiy samara, ijtimoiy samara, ishlab chiqarishni 
intensivlashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
mehnatni qurollanish darajasi, fond bilan ta’minlanish darajasi, iqtisodiy 
ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, mehnat resurslari, yer va suv fondi, 
ishbilarmonlik, xususiy tadbirkorlik, import, eksport, migratsiya, qishloq xo’jaligi, 
qayta ishlash sanoati, saqlash korxonalari, kimyo sanoati, chorvachilik, asalarichilik, 
baliqchilik, pillachilik, omuhta yem sanoati. 


71

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə