Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147
Agrosanoat m

5.2. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining
ahamiyati
,
iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati 
2004 yilda Respublika qishloq xo’jaligida ko’rsatilgan xizmatlar tarkibida 34% 
g’alla-don o’rishga, 25,2% shudgorlashga, 16,3 qishloq xo’jaligi texnikalariga ehtiyot 
qismlari yetkazib berishga, 7,6 % yuk tashish avtomobillarini hamda qishloq xo’jalik 
mashinalarini ta’mirlashga, 2,2% transport xizmatlarga, 1% ma’danli o’g’itlarni 
kiritish va o’simliklarni zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashiga, 0,2% 
chorvachilik fermalariga texnik xizmat ko’rsatishga va 13,5% boshqa turdagi 
xizmatlar ulushiga mos kelgan.
*
Mamlakat agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi juda katta 
ahamiyatga ega. Chunki, ishlab chiqarish infratuzilmasisiz agrosanoat majmuasida 
mo’’tadil faoliyat yuritishi mumkin emas. Ishlab chiqarish infratuzilmasi agrosanoat 
majmuasida ishlab chiqarishning uzliksiz tashkil etilishini ta’minlaydi. Agarda har bir 
korxona barcha ish va xizmatlarni o’zi bajarishga harakat qilsa, bu juda qimmatga 
tushadi. Ko’p holatlarda buni amalga oshirish mumkin ham emas. Masalan, qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun urug’lik, yoqilgi – moylash 
materallari, ma’danli o’g’itlar, turi kimyo mahsulotlari, dori-dormonlar, elektr, suv 
ta’minoti, kadrlar yetishtirish, aloqa xizmatlari ko’rsatish, xo’jalikda mavjud 
texnikalarni ta’mirlash ishlari va boshqalarni olaylik. Bu ish va xizmat turlarini bir 
xo’jalik bajarishi uchun qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va 
boshqa resurslar kerak bo’ladi. Bu xizmatlarni tashkil etish uchun xo’jalikda na 
mutaxassislar, na moliyaviy resurslar yetarli. Chunki, ayrim xizmat turlari ta’minoti 
bir xo’jalik uchun emas, balki o’n, yuzlab va minglab tashkilotlarga xizmat 
ko’rsatadi. Masalan, elektr bilan ta’minlash va h.k. Ularni har bir xo’jalik o’zi aholida 
*
Xalq so’zi 2005 yil 25 mart, 2 bеt 


78
tashkil eta olmaydi. Shu sababli ham bu ish va xizmat turlari aholida mustaqil 
tizimlarni tashkil etadi. 
Agrosanot majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyotda katta o’rinni 
egallaydi. Eng avvalo, bu ish va xizmatlar ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib 
keladi. Iqtisodiyot rivojlangan sari esa, infratuzilma xizmatlariga talab ortadi. 
Natijada, ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi. Mehnatga layoqatli aholining 
katta qismi infratuzilmaga ish joylashadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda jami 
ishlayotganlarning 60-70 foizi xizmat ko’rsatish tizimida ishlaydi. Bizda esa bu 
ko’rsatkich 14 foizdan kamroq. Natijada qishloq xo’jaligi korxonalari o’ziga xos 
bo’lmagan ko’pgina xizmat turlarini o’zlari bajaradilar. Bu yoqilg’i – moylash 
materiallari, ma’danli o’g’itlarni xo’jalikka olib kelish va boshqa faoliyatlardir. 
Qishloq 
xo’jaligi 
korxonalari 
o’ziga 
xos 
bo’lmagan 
faoliyatlar 
bilan 
shug’illanganliklari ishlab chiqarishning samardorligi kutulgan darajada ijobiy 
bo’lmasligiga olib kelishi mumkin.
Agrosanoat 
majmuasi, 
ayniqsa, 
qishloq 
xo’jaligi 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasining shakllanishiga ko’plab omillar va mavjud sharoitlar ta’sir 
ko’rsatadi. Jumladan, mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlari, yerning relefi, suv bilan 
ta’minlanishi, yo’llarning mavjudligi, holati va magistral yo’llarga uzoq-yaqinligi, 
ishlab chiqarish ob’yektlarining (korxonalar, firmalar) joylashishi, ishlab 
chiqarishning ixtisoslashishi, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan texnologiyalar va 
boshqalar. Ushbu omillar ta’sirida qishloq xo’jaligi infratuzilmasi shakllanadi va 
rivojlanadi. 
Infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadal rivojlantirishga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi, qishloq xo’jaligi tarmoqlarini asta - sekin ayrim xizmat ko’rsatish 
funktsiyalaridan ozod qiladi. Bu xizmatlar infratuzilmaning ixtisoslashgan korxona 
va tashkilotlari tomonidan bajariladi. Bu iqtisodiy samaradorlikning oshishiga olib 
keladi. Qishloq xo’jaligi ham asosan, ishlab chiqarish jarayoni bilan shug’ullanadi. 
Natijada, barcha ishlarning o’z agrotexnik muddatlarida sifatli bajarilishi 
ta’minlanadi. Lekin hozirda infratuzilma bajarishi kerak bo’lgan juda ko’plab ish va 


79
xizmatlar qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan bajarilmoqda. Bu, o’z navbatida, 
ayrim ishlarning sifatsiz va katta xarajatlar evaziga bajarilishiga olib kelmoqda. 
Ikkinchi tomondan, mavjud infratuzilma ham samarali va sifatli faoliyat ko’rsatadi. 
SHulardan biri ko’rsatilayotgan xizmatlar bazorida raqobat muhitining pastligi, 
ko’pgina hollarda umuman yo’qligi, xizmatlar sifatining juda pastligidir. SHu sabali 
bu borada ham qilinadigan ishlar juda ko’p. 
Respublikada agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi ma’lum 
darajada rivojlangan. Ayniqsa, paxta va bug’doy yetishtirish uchun hizmat 
ko’rsatadigan infratuzilma yaxshi rivojlangan. Bu yo’nalishdagi ishlar davlatning 
qattiq nazorati ostida rivojlantirilmoqda. Respublikada paxta tolasini eksport qilish 
bilan shug’illanadigan 20 ta ixtisoslashgan paxta terminallari tashkil etildi. Hozirda 
ularning bir paytda tola saqlash imkoniyati 352 ming tonnani tashkil etadi. Bu 
boradagi ishlarni yanada rivojlantirish belgilangan. Respublikada paxta tolasini 
eksport qilish ushbu terminallardan tashqari Respublika tovar-xomashyo birjasi 
yordamida amalga oshriladi. O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi 120 ta 
filialga va 70 mingdan ortiq mijozlarga ega. Uning mijozlari 44 davlatning iqtisodiy 
sub’yektlari hisoblanadi. paxtachilikda ishlab chiqarish infratuzilmasida transportning 
ahamiyati katta. 1991 yilda paxta tolasini eksport qilishga xizmat ko’rsatadigan 
“O’ztashqitrans” DAK tashkil etildi. U FIATA ning a’zosi xisoblanadi. 
Kompaniyaning 9 ta sho’’ba korxonalari bo’li., ular bir yilda 1,5 mln tonna yukni 
eksport va import qiladi. paxta tolasini eksport qilishda davlat tashqi savdo 
aktsionarlik kompaniyasi “O’zmarkazimpeks” 1998 yilda tashkil etildi. Uning yillik 
paxta tolasini sotish hajmi 25 ming tonnani tashkil etadi. 1991 yilda qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini eksport qiladigan va yangi texnika va texnologiyalarni importi bilan 
shug’illanuvchi “O’zprommashimpeks” DAK tashkil etildi. Ushbu kompaniya yiliga 
300 ming tonna paxta tolasini 35 ta davlatga eksport qiladi. Respublikada 
“O’zinterimpeks” davlat tashqi savdo aktsionarlik kompaniyasi tashkil etilgan va 
uning sho’’ba korxonalari yiliga 300 ming tonna tolani eksport qiladi. 
Kompaniyaning yillik pul aylanmasi 350 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. 1992 


80
yilda “O’rta Osiyo Trans” DAK paxtachilik tarmog’i ishlab chiqarish 
infratuzilmasining asoslaridan biri hisoblanadi.
Respulikada chorvachilik tarmoqlari uchun xizmat ko’rsatadigan infratuzilma 
mavjud ammo ular yetarli darajada rivojlanmagan.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə