Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147
Agrosanoat m

Internet saydlari: 
1.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve. Uchebnik. 2004,
http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html 
2.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve, Akademiya,
2003, 
http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm
3.
N.A. popov «Osnovi rinochnoy agroekonomiki i selskogo predprinimatelstva», 
M: Tandem /EKMOS, 2002, http://family.taukita.ru/item22219310.html 
4.
N.A.popov. 
Ekonomika 
otrasley 
ApK. 
Kurs 
lektsiy, 
2002, 
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topicq935&pageq1
5.
N.YA.Kovalenko, Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA», 2004, 
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?pageq4&bookq88899
6.
www.bearingpoint.uz 


73
5-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI ISHLAB CHIQARISH 
INFRATUZILMASI 
 
5.1. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining mohiyati, tarkibi 
Agrosanoat majmuasining katta bir qismi uning infratuzilmasidan iborat. Uning 
rivojlanishiga Respublika prezidenti va hukumati katta ahamiyat berib kelmoqda. Bu 
boradagi fikrlarini bildirib, O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov 
quyidagilarni ta’kidlagan edi. “Fermerlarga xizmat ko’rsatish, ularni zarur moddiy 
resurslar va texnika bilan ta’minlash bo’yicha bozor infratuzilmasini shakllantirish 
jarayonini tezlashtirish zarur.” Ushbu fikrlarni rivojlantirib, “Fermerlarga 
mexanizatsiya xizmatlari bo’yicha ko’rsatilayotgan yordamni kengaytirish, ularni 
ma’danli o’g’it, sifatli urug’lik va kichik texnologiyalar bilan ta’minlash, tegishli 
axborot xizmati ko’rsatishni yaxshilash, lizing xizmati bilan bog’liq masalalarni xal 
qilish zarur”
*
deb ta’kidlagan edi.
Infratuzilma – lotincha so’z bo’lib, quyida joylashgan, xizmat ko’rsatuvchi 
degan ma’noni beradi. Infratuzilma – ishlab chiqarish jarayoni samarali amal qilishi 
uchun zarur xizmatlarni ko’rsatuvchi yo’nalishlar (sohalar)ni o’z ichiga oladi. 
Ma’lumki ishlab chiqaruvchi sub’yektlar o’z ishlab chiqarishi uchun juda ko’plab 
sharoitlarning, omillarning bo’lishini talab qiladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish 
jarayoni shu darajada tezlashib, murakkablashib ketdiki, iqtisodiy jihatdan juda katta 
imkoniyatga ega bo’lgan korxona va firmalar ham o’z ishlab chiqarishi uchun zarur 
barcha xizmat turlarini o’z hisobidan tashkil qila olmay qoldilar. Bu xizmatlar 
ixtisoslashgan holda tashkil etilgandagina samarali hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi 
o’ziga xos bo’lmagan xizmat turlarini o’z tarkibida tashkil etmasdan ularni 
ixtisoslashgan xizmat ko’rsatuvchilardan sotib olgani iqtisodiy jihatdan samarali 
hisoblanadi. Albatta ayrim xizmat turlarini yirik ishlab chiqaruvchilar o’zlari tashkil 
etishlari mumkin.
*
I.A. Karimov Iqtisodiёtni erkinlashtirish, rеsurslardan tеjamkorlik bilan foydalanish bosh yo’limiz/ Toshkеnt. 
“O’zbеkiston ovozi” gazеtasi, 2002 yil 16 fеvral 


74
Infratuzilmaning asosiy vazifsi ishlab chiqarishning samarali ishlashi uchun 
xizmat qilish, ishlab chiqarish jarayonlarining uzliksiz, bir me’yorda ishlashi uchun 
sharoit yaratishdan iborat.
Infratuzilma qishloq xo’jaligi korxonalari bajaradigan ko’plab funktsiyalarni o’z 
zimmasiga oladi. Bu qishloq xo’jaligi korxonalariga resurslarni ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, agrosanoat majmuasining infratuzilmasi uning 4-sohasini tashkil 
etadi. Infratuzilma juda katta va murakkab tarkibga ega. Shu sababli agrosanoat 
infratuzilmasi iqtisodiy fan tomonidan asosan ikki qismga bo’lib o’rganiladi. Birinchi 
qismga agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi kiradi. Ishlab 
chiqarish infratuzilmasi agrosanoat majmuasining eng zarur qismi bo’lib, ishlab 
chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan uning mavjudligi va bir me’yorda faoliyat 
ko’rsatishiga bog’liq. Agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasiga 
quyidagilar kiradi:
·
transport tizimi va yo’llar; 
·
aloqa tizimining ishlab chiqarish bilan bevosita bog’langan qismi; 
·
bank va moliya bozorining tegishli qismi; 
·
qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash tizimi; 
·
qishloq joylarda elektr energiyasini uzatish liniyalari; 
·
ilmiy – ishlab chiqarish laborotoriyalari; 
·
zooveterenariya xizmatlari; 
·
irrigatsiya va melioratsiya xizmatlari; 
·
yoqilg’i va moylash materiallari ta’minoti tashkilotlari; 
·
ma’danli o’g’itlar, kimyo va qishloq xo’jaligini zarur kimyoviy vositalar bilan 
ta’minlash tizimlari; 
·
biologik xizmat ko’rsatish tizimlari korxonalari; 
·
konsalting xizmatlari va boshqalar. 


75
Infratuzilmaning o’ziga xosligi shundaki, bir xizmat turining o’zi bir paytda 
ishlab chiqarish infratizilmasi hamda ijtimoiy infratuzilma bo’lishi mumkin. Masalan, 
yo’llar ishlab chiqarishga xizmat qilish paytida ishlab chiqarish infratuzilmasi 
hisoblanadi. Lekin ular aholining ehtiyojlari uchun barchaga beminnat bir xilda 
xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy xizmat turi hamdir. SHu sababdan yo’llar ijtimoiy 
infratuzilmaga ham kiradi. Shungdek, aloqa va transport tizimlari ham ishlab 
chiqarish yoki ijtimoiy infratuzilma bo’lishi mumkin. Infratuzilmaning bu 
xususiyatini hisobga olish maqsadga muvofiq. Bu holatni hisobga olmaslik iqtisodiy 
qarorlar qabul qilishda aqrim qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin. Keyingi yillarda 
umumiy taraqqiyot natijasida agrosanoat majmuasi infratuzilmasi ham rivojlanib, 
kengayib bormoqda. Bu, o’z navbatida, agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha 
tarmoqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, majmuaning samarali ishlashi uchun 
sharoitlarni yaxshilashga olib keladi.
Bizning fikrimizcha agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi (fermer 
shirkatlar va dehqon xo’jaliklari)ga korxonalariga bozor infratuzilmasi xizmatlari 
ko’rsatish bo’g’inlari tarkibini quyidagi tartibda tasniflash ma’qul bo’lar edi (4-
chizma).
*
*
Agrosanoat majmuasida bozor infratuzilmasi xizmatlarining dolzarbligi Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh 
boshqarmasi boshlig’i M.R.Abdullaеv, BuxDU K.B.Dilmonov/ Mintaqaviy agrosanoat majmui xizmat bozorida 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Rеspublika ilmiy-amaliy konfеrеntsiyasi matеriallari 18-19 aprеl, 2005 y. 117-
121 (118 bеtda) 


76
4-chizma. Agrosanoat majmuasi bozor infratuzilmasining xizmatlar ko’rsatish 
bo’g’inlari tarkibi 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar 
kiradi: 
·
agrosanoat majmui xizmatlar bozori ko’p qirrali murakkab universal tabiatlidir;
·
unga ma’lum darajada mavsumiylik xosdir; 
·
ayrim sohalarda monopollik darajasi yuqori. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar 
asosan monopol holdadirlar; 
·
fermerlar va dehqonlarning mavqei ushbu bozorda pastdir; 
Fermer xo’jaligi 
(Qishloq xo’jaligi 
korxonalari) 
Bank, Mini bank 
Sug’urta 
xizmatlari 
Axborot ta’minoti 
va konsalting 
shahobchalari 
Zotli mollarni 
sotish 
zooveterenariya 
xizmatlari 
shahobchalari 
Qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini sotish 
shahobchalari 
(Agrobirjalar) 
Mahgsulotlarni qayta 
ishlovchi va 
saqlaydigan 
korxonalar 
Urug’lik yekazib 
beruvchi 
shahobchalar 
YOMM sotish 
shahobchalari 
Mineral o’g’itlar 
sotish shahobchalari 
va kimyoviy vositalar 
bilan ta’minlash tizimi 
Muqobil MTP 
Suvdan 
foydalanuvchilar 
uyushmasi (SFU) 
MTP 
Biolaboratoriyalar 


77
·
xizmatning barcha turlari ham yaxshi shakllangan va rivojlangan emas. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə