Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Agrosanoat m

 
6.3. Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari 
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
ob’yektiv ravishda doimo rivojlanib boradi. Qishloq aholisini ish bilan 
ta’minlashning zarurati qishloq joylarda yangidan-yangi xizmat turlarini vujudga 
kelishini rag’batlantiradi va aksincha. 
Aholining ish bilan ta’minlanish darajasini maqsadida ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish lozim. Bu borada ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi 
punktlarning asosiy qismi gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, deyarli 
barchasida qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi. Bu esa, yangi ish o’rinlarini paydo 
etmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ( teri, jun, quruq mevalar va h.k.) 
tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruhi shakllanmoqda.
Aholining mahsulot va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy 
infratuzilma rivojlanishini ta’minlovchi eng asosiy omillardan biridir. Bu borada 
katta ishlar qilinishi lozim. Bu muammo ijobiy hal etilmaguncha ijtimoiy 
infratuzilma ham mo’’tadil rivojlanmaydi. Albatta, aholining xarid qobiliyatini 


93
oshirish ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangidan – 
yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish kabi iqtisodiy ahamiyati katta faloliyatlar 
asosida olib borlishi kerakligini unitmaslik lozim. Malakatda iqtisodiyotning 
yuksalishi darajasini hisobga olgan holda aholining xarid qobiliyatini o’stirish talab 
qilinadi. Aks holda inflyatsiya darajasi keskin oshishi va juda katta salbiy oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. 
Demak, agrosanoat majmuasi ishlab chiqarishining samardorligini oshirish, 
umuman, 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirish 
ijtimoiy 
infratuzilmaning 
rivojlanishiga olib keladi. Infratuzilmaning rivoji ko’p jihatidan u davlat tomonidan 
qo’llab – quvvatlanishiga bog’liq. Chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday 
yo’nalishlari mavjudki, ularni birorta ishbilarmon o’z faoliyat turiga aynaltira 
olmaydi. Masalan, qishloq joylaridagi asosiy ko’chalarni kechasi yoritadigan 
chiroqlar, aholi dam oladigan park (bog’lar), o’t o’chiruvchilar tashkilotini yuritish 
xarajatlari kabilar ishbilarmon faoliyati bo’yicha hech qachon o’zini oqlamaydi. 
SHunday ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qoplash zaruriyati bor. Hamma 
foydalanadigan bu turdagi ijtimoiy xarajatlarga davlat tomonidan qilinadigan sarflar 
miqdori ham ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning bir yo’nalishidir.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə