Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING IJTIMOIY INFRATUZILMASI



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147
Agrosanoat m

6-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING IJTIMOIY INFRATUZILMASI 
 
6.1. Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasining mohiyati, tarkibi 
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi juda keng tarkibga ega. Bugungi 
kunda inson hayotini yengillashtirishga, uning vaqtini tejashga ijtimoiy 
infratuzilmaning ta’siri katta. Infratuzilma aholini ish bilan ta’minlashda ham 
nisbatan juda katta imkoniyatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma halqning turmush 
darajasini keskin oshiradigan sohalardan biridir. 
Agrosanoat 
majmuasini 
rivojlanishini ijtimoiy infratuzilmasiz tasavvur etish qiyin. Agrosanoat majmuasi 
ijtimoiy infratuzilmasiga quydagi sohalar kiradi:
·
aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimi; 
·
yo’lovchi tashish tizimi; 
·
aloqa xizmati;
·
uy – joy xo’jaligi;
·
maktabgacha ta’lim tizimi;
·
ta’lim tizimi;
·
sog’liqni saqlash tizimi; 
·
aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlari;
·
sport-sog’lomlashtirish tizimi; 
·
kommunal xizmatlar; 
·
madaniy –maishiy xizmatlar tizimi va boshqalar. 
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi juda murakkab tarkibga ega. 
Agorsanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi ma’lum maqsadlargi yo’naltirilgan 
bo’lib, hududiy joylashuvi, ishlab chiqarishda ishtirok etish xususiyatlariga ko’ra 
tasniflanadi. Ijtimoiy infratuzilmani xizmat ko’rsatish ob’yektlariga ko’ra ikki 
guruhga 
bo’lish 
maqsadga 
muvofiq. 
Agrosanoat 
majmuasining 
ijtimoiy 
infratuzilmasini quyidagicha ifodalash mumkin. (5-chizma) 


88
5- chizma. Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasining tarkibi 
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi o’z mohiyatiga ko’ra, insonlarning 
turmushini yengillashtiradigan sohadir. Ularning asosiy maqsadi – insonni jismoniy 
va ma’naviy qobiliyatlarini, kuchilarini qayta tiklash va ularning yanada 
rivojlanishini ta’minlashga xizmat ko’rsatishdir. 
Mamlakatimizda, 
uning 
hududlarida 
agrosanoat 
majmuasi 
ijtimoiy 
infratuzilmasining rivojlanish darajasi turlicha. Yirik shaharlar va yirik transport 
ASMning ijtimoiy infratuzilmasi 
Korxonalarda ishlab turadigan 
bo’limlar va xizmat sohalari 
Aholigaxizmat ko’rsatuvchi 
tashkilot va muassasalar 
Dam olish xonalari 
Buferlar va do’konchalar 
Tamaddixonalar va dala 
oshxonalari 
Hommomlar va dushlar 
Tibbiy punktlar 
Uy-joy va kommunal xo’jalik 
Ta’lim va madaniyat 
Sport tashkilotlari 
Tibbiyot tizimi 
Savdo va umumiy ovqatlanish 
tizimi 
Ishchilarni tashiydigan transport 
Mehnat muhofazasi xizmat sohalari 
O’quv-ishlab chiqarish 
kombinatlari, markazlari 
Maktabgacha tarbiya maskanlari 
Aholi tashish transport tizimi 
Aholiga madaniy-maishiy xizmat 
ko’rsatuvchi ob’yektlar 


89
uzellariga yaqin joylashgan hududlarda agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi 
nisbatan yaxshi rivojlangan. Bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, yangidan yangi 
ijtimoiy infratuzilma xizmat turlari vujudga kelmoqda. Ayrim turlar esa yo’qolib 
bormoqda. Bu, umuman olganda, to’g’ri qonuniyatdir. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə