Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
Agrosanoat m

 
7.4. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fermer 
xo’jaliklari to’g’risida” gi qonunining
 
1-bandida “Fermer xo’jaligi o’ziga uzoq 
muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligi a’zolarining 
birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik 
yuritish sub’yektidir”, - deb belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvaridagi 
“Qishloq xo’jalik korxonalarini fermer xo’jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 8-sonli qarori asosida respublikada fermer xo’jaliklari tez rivojlana 
boshladi. Ushbu siyosat rivojlantirilib 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining yangi “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 607-sonli qarori qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 27 dekabrdagi 
“2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 607-sonli qaroriga ko’ra past rentabelli va istiqbolsiz shirkat 
xo’jaliklari negizida tanlov asosida fermer xo’jaliklarini tashkil etish belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 
va Senatning qo’shma majlisidagi ma’ruzasida “...fermerchilik qishloqda xo’jalik 


136 
yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda” - 
deb ta’kidladi.
*
Shirkat xo’jaliklarini tugatib, fermer xo’jaliklariga aylantirish jarayonida asosan 
oldin tarmoq rivojlanishida to’siq bo’lib kelayotgan ayrim omillarning salbiy 
ta’sirlarining oldi olindi. Natijada quyidagilarga erishishga muvofiq bo’lindi: 
1.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga keraksiz yoki yaroqsiz bo’lgan mol-mulklar 
sotildi va ularni sotishdan tushgan mablag’lar birinchi galda aylanma mablag’lar 
zahiralarini to’ldirishga yo’naltirildi; 
2.
Fermerlar tender asosida tanlab olindi; (malakali, moddiy-texnika resurslariga ega, 
ishchi kuchlari yetarli, ishlab chiqarish imkoniyatlari kattalari tanlab olindi) 
3.
Qishloq dehqonining mulkka, yerga va o’zi yetishtirgan mahsulotlarga egalik 
qilish ko’lamlari kengaydi; 
4.
O’z mahsulotlarini bozorda (shartnomadan ortiqchasini) erkin sotish imkoniyatlari 
ko’paydi; 
5.
Me’yordan ortiqcha ishchi kuchlarining qisqarib, qayta ishlash, xizmat ko’rsatish 
sohalariga o’tib ishlashlariga va shu bilan birga qo’shimcha mahsulot xizmatlarni 
bozorga taklif etish uchun keng imkoniyat yuzaga kelishiga asos solindi; 
6.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, tovar-moddiy resurslari yetkazib 
beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’yektlarini ishlab chiqaruvchilarga 
yanada yaqinroq joylarda joylashtirish orqali fermer va dehqonlarning bevosita 
ishlab chiqarishdan ajralmasdan samarali mehnat qilishi uchun qulay imkoniyat 
yaratildi. 
Fermer xo’jaliklari qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, 
u ishlab chiqarish shakli sifatida quyidagi afzalliklarga ega: 
·
xo’jalik yuritishning mahalliy sharoitlariga tobora tezroq moslasha oladi; 
·
kichik tadbirkorlik sub’yekti sifatida katta erkinliklarga egaligi; 
*
Karimiv I. Bizning maqsadimiz jamiyatni dеmokratlashtirish va yangilash, mamlakatni mеdеrnizatsiya va 
isloh etishdir. T.: “O’zbеkiston”, 2005, 70b.


137 
·
qarorlarni qabul qilish va ularni bajarishning o’zgaruvchanligi va darhol ishga 
tushirilishi; 
·
faoliyatni amalga oshirishning, ayniqsa boshqaruv sarf-harajatlarini nisbatan 
kamligi; 
·
fermerlarning o’z g’oyalarini amalga oshirishlarida o’z qobiliyatlarini namoyon 
qilishda katta imkoniyatlarga ega bo’lishi; 
·
dastlabki kapitalning kamligi va mahalliy bozorning talablariga mahsulot va ishlab 
chiqarish jarayonlariga tez o’zgartirishlar kiritish orqali javob berish;
·
o’z kapitalining nisbatan yuqoriroq sur’atlarda aylanib turushi; 
·
tejamkorlikning yuqoriligi; 
·
o’ziga ishonish darajasining yuqoriligi; 
·
sinib ketsa ham mamlakat iqtisodiyoti katta zarar ko’rmasligi. 
Fermer ( kichik) xo’jaliklari ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum 
kamchiliklaga ham ega:
·
tavakkalchilik havf-xatarining yuqoriligi va shu sababdan bozordagi o’rinning 
ham yuqori darajadagi beqarorligi; 
·
yirik korxonalarga bog’liq bo’lishlik; 
·
boshqaruv ishidagi kamchiliklar; 
·
rahbarlik bilimlarining yetarli emasligi; 
·
xo’jalik yuritish sharoitlari o’zgarishiga ortiqcha sezuvchanlik; 
·
qo’shimcha moliyaviy mablag’lar va kredit olishning qiyinligi; 
·
shartnomalar 
(kontraktlar) 
tuzishda 
xo’jalik 
yurituvchi 
sub’yektlarning 
ishonchsizligi va ehtiyotkorligi va boshqalar. 
Fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kiradi. 
Fermer xo’jaliklari mamlakat yalpi ichki mahsulotida kichik biznesni ulushining 
ortishiga ta’sir ko’rsatmoqda. 2004 yilda kichik biznesning mamlakat yalpi ichki 
mahsulotida ulushi 36,1 foizni, 2005 yilda 38,6 foizni tashkil etdi. Rivojlangan 


138 
mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 60-70 foizni tashkil 
etadi. Kichik biznesda ish bilan band bo’lgan aholining 70-80 foizi mehnat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasida kichik biznesning ulushini yaqin yillar ichida 45-47 
foizga yetkazish vazifasi qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi korxonalari orasida fermer 
xo’jaliklari ham salmoqli o’rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq 
fermer xo’jaliklariga istiqbolli yo’nalish sifatida e’tibor berildi. Rahbarlar, 
mutaxassislar va olimlar bu xo’jaliklarning rivojlanishga tabiiy sharoit yaratib 
berdilar. Natijada fermer xo’jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo’jaligida o’z 
faoliyatini olib borishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi. 
2001 yilning 1 yanvariga 52228 ta fermer xo’jaligi mavjud bo’lib, ularga 1038,1 
ming gektar yer biriktirilgandi. Fermer xo’jaliklarida 366,7 ming kishi mehnat qildi. 
2003 yilning 1 yanvariga kelib ularning soni 72406 tani tashkil etdi. Shundan 63497 
tasi dehqonchilik, 6150 tasi chorvachilik, 2759 tasi bog’dorchilik va boshqa 
sohalarda tashkil etilgan. Ularning umumiy yer maydoni 1591,7 ming gektar, 
o’rtacha bir fermer xo’jaligining yer maydoni 22 gektar. Fermer xo’jaliklarida 1477,2 
ming tonna don, 937 ming tonna paxta, 28,4 ming tonna kartoshka, 213,1 ming tonna 
sabzavot, 76,3 ming tonna poliz, 56,1 ming tonna meva, 31,5 ming tonna uzum, 81,7 
ming tonna sut, 272,4 ming tonna go’sht (tirik vaznda), 265,6 ming dona tuxum va 
9,0 tonna jun mahsulotlari yetishtirildi. 2002 yilda fermer xo’jaliklarining qishloq 
xo’jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi. 2004 yilda fermerlar 
qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 18,6 foizini, 2005 yilda 24,5 foizini ishlab 
chiqardi. Yaqin kelajakda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotida fermer xo’jaliklarining 
ulushi keskin ko’payishi kutilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-2006 yillarda fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-sonli qarori zarar keltirib ishlayotgan 
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida navbatdagi 
muhim bosqichni boshlab berdi. Ushbu qarorga ko’ra, 2004-2006 yillar mobaynida 


139 
zarar ko’rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz 1020 ta shirkat xo’jaligini 
tugatib, bosqichma-bosqich fermer xo’jaliklariga aylantirish ko’zda tutilgan. 
Respublikada fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasida quyidagi 
yo’nalishlar belgilangan: 
-
fermer xo’jaliklarining to’liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini 
ta’minlaydigan va fermer xo’jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer 
resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni rag’batlantiradigan 
huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratish; 
-
fermer xo’jaliklarining boshqa korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy 
munosabatlarini tenglik asosida rioya etilishini nazorat qilish; 
-
fermerlarning tadbirkorlik erkinligi va huquqlarini har tomonlama muhofaza 
etish, qonunda ko’rsatilgan xuquqlari buzilishiga va ichki faoliyatiga aralashuvning 
har qanday ko’rinishiga yo’l qo’ymaslik; 
-
qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirishning bozor 
tamoyillariga javob beradigan uslub va shakllarini shakllantirish;
-
moliyaviy mablag’lardan foydalanishda fermer xo’jaliklarining mustaqilligini, 
barcha xarajatlarni o’z daromadlari hisobiga qoplashni ta’minlaydigan ishonchli 
tizimni shakllantirish; 
-
tijorat banklari hamda byudjetdan tashqari jamg’armalarning fermerlikni 
rivojlantirishga yo’naltirayotgan kredit resurslarini ko’paytirishni har tomonlama 
rag’batlantirish; 
-
kredit tavakkalchiligini sug’urtalovchi institutsional tuzilmalarni keng 
rivojlantirish; 
-
bozor sharoitida biznesni boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lgan fermer 
xo’jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 
yaratish; 


140 
-
qishloqda fermer xo’jaliklarining ehtiyojlariga qarab, barcha zarur xizmatlarni 
ko’rsata oladigan zamonaviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini 
jadal rivojlantirish; 
-
fermerlarning barqaror daromad olishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni 
ta’minlash hamda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari narxlari o’rtasidagi 
mutanosiblik, ya’ni “baholar pariteti”ni saqlab borish; 
-
ilg’or texnologiya va texnikalar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish;
-
fermer mahsulotlarini sotishning eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish.
Fermer xo’jaliklari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Fermer 
xo’jaliklari to’g’risida”gi qonuni va o’z nizomi hamda O’zbekiston Respublikasining 
boshqa qonunchiligi asosida yuritadi. Dastlab, fermer xo’jaliklari ustun darajada 
ularni tashkil etish imkoni katta zonalarda ko’proq rivojlantirildi. Ya’ni yer 
maydonlari yetarli, mehnat resurslari juda ko’p bo’lmagan yerlarda, zahira yerlarda 
ko’proq tashkil etildi. Keyingi yillarda iqtisodiy zaif, istiqbolsiz bo’lgan shirkatlar 
ham fermer xo’jaliklariga aylantirilmoqda. Fermer xo’jaliklari davlat yerlarida 
faoliyat ko’rsatadilar. Fermer xo’jaliklariga yer 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam 
bo’lmagan muddatga beriladi.
Fermerlar quyidagi sifat ko’rsatkichlarga javob berishi lozim: 
·
mehnatsevar bo’lishi lozim. Fermer na faqat mehnat qilishga yaroqli bo’lishi 
darkor, balki mehnat uning hayotiy ehtiyojiga aylanishi zarur. Faqat 
mehnatsevarlik fazilati tufayli fermer ishchi xizmatchilarining unumli mehnat 
faoliyatini tashkil qila oladi (demak u tashkilotchi ham bo’lishi kerak); 
·
dehqonchilik mahoratigi ega bo’lishi kerak; 
·
agronomlik, tuproqshunoslik va agromuxandislikdan ogohlik; 
·
tashabbuskorlik; 
·
fermer menejerlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Bozor sharoitida jamoani 
boshqarish mahorati va san’atiga ega bo’lish, yangi ish o’rinlarini yaratish, fermer 
xo’jaligini boshqarish strategiyalarini aniqlash qobiliyati rivojlangan bo’lishi 
lozim; 


141 
·
yangilikka intiluvchanlik, navotorchilik. Yangi texnika va texnologiyalar, yangi 
agrobiznes g’oyalar, yangi turdagi mahsulot va xizmatlarni yaratish va amalda 
qo’llash; 
·
tavakkalchilikka baho berish qobiliyati rivojlangan bo’lishi kerak. Fermerlik bilan 
shug’ullanish jarayonida vujudga keladigan xavf-xatarlarni oldindan sezib, ularni 
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish; 
·
marketing qoidalarini, bozorshunoslikni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi lozim. 
Marketing tamoyillari, funktsiyalari, qoidalari, usul va uslublarini fermerlik 
faoliyatida qo’llash; 
·
mas’uliyatni o’z zimmasigi olish. Kompyuter savodxonligi; 
·
ma’naviy komillik; 
·
agoroiqtisodiy bilimdonlik.
Dunyo mamlakatlarida korxonalar hajmi qishloq xo’jaligining o’ziga xos 
xususiyatlarini mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlari, yer va geografik, inson omilini 
hisobga olgan holda iqtisodiy oqibat natijalariga ko’ra shakllanadi, qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo’jaliklarida yetishtiriladi. Kanadada bir 
fermer xo’jaligiga o’rtacha 215 gektar, AQSHda 145 gektar, Germaniyada 19,5 
gektar, Belgiya va Gollandiyada 17,0 gektar, Italiyada 8,5 gektar yer to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasida fermer xo’jaliklarini hajmini aniqlash maslasida 
bir traktorning yillik ish bajarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish 
maqsadga muvofiq deb tavsiya qilingan.
Albatta fermer xo’jaliklarining hajmi 
uning iqtisodiy samarali ishlashini ta’minlashni inobatga olishi lozim. Ularni tashkil 
etishda barcha omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq. 
Mamlakatimizda fermer xo’jaliklarini shakllantirish va rivojlantirishning 
ob’yektiv zarurati bir qator siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’siri bilan 
belgilanadi. Siyosiy omil – qishloq xo’jaligida faoliyat olib borayotganlarning 
siyosiy erkinligini ro’yobga chiqarish. Siyosiy erkinlikni ro’yobga chiqarish 
fermerlarning o’z mulkiga ega bo’lishlari, o’z ishining xo’jayini bo’lishi, o’z 
qarashlarini erkin ifodalashi bilan belgilanadi. O’z qarashlarini erkin bildira oladigan, 


142 
erkin ishbilarmon esa samarali faoliyat yurita oladi va mamlakatning iqtisodiy 
qudratini oshira oladi. Fermer xo’jaliklarini shakllantirish va rivojlantirishning 
iqtisodiy omillariga eng avvolo, mamlakatning oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash 
zarurati, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini iqtisodiy samarali shaklda tashkil etish 
kiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini bozor talablariga moslashtirish, ularning 
iqtisodiy erkinliklarini kuchaytirish zarurati ham fermerchilikni rivojlantirishni 
ob’yektiv talab qiladi. Ijtimoiy omillarga qishloq xo’jaligida ishlayotganlarning 
iqtisodiy manfaatlarining yuzaga chiqishi, ularni o’zi xoxlagan ish bilan bandligini 
ta’minlashni yaxshilash kabilar fermerchilikni rivojlantirishga ob’yektiv ta’sir 
ko’rsatuvchi omillarga kiradi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə