Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
Agrosanoat m

 
Qisqacha xulosalar 
Qishloq xo’jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. U, ishlab 
chiqarish vositasi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni yuritish katta salbiy oqibatlarga 
olib keladi. yerlarning bir sifat ko’rinishidan ikkinchisiga o’tishi yer transformatsiyasi 
deb ataladi. yer transformatsiyasi ijobiy va salbiy bo’ladi. Imkon darajasida salbiy yer 
transformatsiyasiga yo’l qo’ymaslik kerak. Hozirda O’zbekiston Respublikasi qishloq 
xo’jaligi yerlarining bir qismi sho’rlangan, yana bir qismi shamol va suv erroziyasiga 
uchragan. YOmon tomoni shundaki, bu holatlar keyingi yillarda ko’payish 
tendentsiyasiga ega bo’lmoqda.
Erdan foydalanishning ko’rsatkichlari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga 
undan foydalanishning darajasini ko’rsatadigan ko’rsatkichlar, ikkinchi guruhga esa 
yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar kiradi. 
yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar natural 
va qiymat ko’rinishda hisoblanadi. 
Erdan foydalanishning darajasiga va samaradorligiga ko’pgina omillar 
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. Ularning eng asosiylaridan biri yerlarning tarkibini 
yaxshilashdir. Sug’oriladigan yerlarning salmog’ini oshirish, yerdan foydalanishning 
martaliligini ko’paytirish, ilg’or agrotexnologiyalarni qo’llash, tejamkorlik, yangi, 


163 
serunum texnikalardan foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, serhosil 
ekin navlarini ishlab chiqarishga joriy etish kabi omillardan to’g’ri foydalanish 
yerdan foydalanishning samaradorligini oshiradi. 
Tayanch iboralar 
Yer va suv fondi, mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, avtomatlashtirish, 
agrasanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni mutanosib rivojlantirish, mahsulot sifati, 
agrosanoat integratsiyasi, agrar siyosat, agrosanoat majmuasi, iqtisodiyot, agrosanoat 
majmuasi tarkibi, agrosanoat majmuasining sohalari, infratuzilma, ishlab chiqarish 
infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmasi, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy muhit, region 
iqtisodiyoti, tarmoqlarning mutanosib rivojlanishi, ijtimoiy masalalar, aholi turmush 
darajasi, mehnat unumdorligi, iqtisodiy samara, ijtimoiy samara, ishlab chiqarishni 
intensivlashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
mehnatni qurollanish darajasi, fond bilan ta’minlanish darajasi, iqtisodiy 
ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, mehnat resurslari, ishbilarmonlik, xususiy 
tadbirkorlik, import, eksport, migratsiya, qishloq xo’jaligi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə