Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
Agrosanoat m

Internet saytlari: 
1.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve. Uchebnik. 2004,
http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html 
2.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve, Akademiya,
2003, 
http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm
3.
N.A. Popov «Osnovi rinochnoy agroekonomiki i selskogo predprinimatelstva», –
M: Tandem /EKMOS, 2002, http://family.taukita.ru/item22219310.html 
4.
N.A.Popov. 
Ekonomika 
otrasley 
ApK. 
Kurs 
lektsiy, 
2002, 
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topic=935&page=1
5.
N.YA.Kovalenko, Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA», 2004, 
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?page=4&book=88899
6.
www.bearingpoint.uz
– Ekonomika R. Uz. 


166 
9-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MEHNAT RESURSLARI VA 
ULARDAN FOYDALANISH 
 
9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi 
Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos 
xususiyat. Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar, 
mashinalar, ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli faoliyat 
natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning holatiga 
bog’liq. Agarda mehnat ongli ravishda qilinayotgan bo’lsa, uning unumdorligi yuqori 
bo’ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi uning 
mehnat resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston aholisining 55,2 foizidan ko’prog’i 
mehnat qilish qobiliyatiga ega. O’zbekistonda mehnat resurslarining soni 2002 yilda 
12346 ming kishini, shundan iqtisodiy faol aholi 9333,2 ming kishini tashkil etdi. 
2005 yilda mehnat resurslari 14434,4 ming kishini, shundan, iqtisodiy faol aholi 
10224,0 ming kishini tashkil etdi. Respublikada band aholining 67,1 foizi moddiy 
ishlab chiqarish sohasida mehnat qiladi. 2005 yilda savdo, umumovqatlanish va 
tayyorlov tizimida 5,4 foiz, transport va aloqada 5,2 foiz, sanoat va qurulishda 5,0, 
nomoddiy sohada 16,7 foiz ishlamoqda.
Iqtisodiy fan “mehnat resurslari”, “iqtisodiy faol aholi”, “iqtisodiyotda band 
bo’lgan aholi” kabi tushunchalarni bir biridan farqlaydi. Bu tushunchalar mohiyati va 
o’lchami bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Mehnat resurslari miqdoriy jihatdan 
iqtisodiy faol va iqtisodiyotda band bo’lgan aholiga nisbatan katta. Iqtisodiy faol 
aholi esa iqtisodiyotda band bo’lgan aholidan miqdor jihatdan katta.
Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o’smirlar ham aholining 
kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16 
yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar 
hisoblanadi. Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo’lganlarni, ya’ni 22 
yoshdan 33 yoshgacha bo’lgan kishilarni alohida o’rganadi.


167 
Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga 
bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 16 
yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 
yoshdagi o’smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan 
qishloq xo’jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi mehnat 
resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Eng 
avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab 
chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining 
bo’sh qolish holati yuz beradi. Qishloq xo’jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish 
davrining mos tushmasligi ham mehnat resurslarining vaqtinchalik bekor qolishiga 
sabab bo’ladi. Masalan, paxta chigiti ekilgandan keyin to, u unib chiqquncha 15-20 
kun o’tadi. Bu davrda ishchi xodimlar bekor qoladi. 
Qishloq xo’jaligida yer asosiy vosita bo’lganligi uchun ishlab chiqarishni 
joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta’sir qiladi. Bu esa, o’sha ishlab chiqarish 
turi talab qiladigan mehnat resurslarini talab etadi. Qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqarish yirik maydonlarda tashkil etiladi. SHunga yarasha mehnatni tashkil etish 
ham ma’lum talablarga javob beradigan qilib tanlanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat 
resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib 
o’tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor joyda ishlab chiqarishni, 
turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil etishni talab qiladi. 
Mamlakat band bo’lgan mehnat resurslarining 27 foizi davlat sektorida, 73 foizi 
esa nodavlat sektorida xizmat qilmoqdalar.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə