Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
Agrosanoat m

8.3. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari 
Yer va suv nafaqat iqtisodiy omil u bir paytning o’zida tabiiy resurs ham 
hisolanadi. O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari umummilliy boylik 
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer 
osti boyliklari, suv o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir”
*
deb belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi uchun yer va suv resurslaridan samarali foydalanish 
juda katta siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Tabiiy resurslarning, 
jumladan yer va suvdan foydalanishning muhimligi to’g’risida to’xtalib O’zbekiston 
Respublikasi 
prezidenti 
I.Karimov 
“O’zbekiston 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish yo’lida” asarida “... tabiiy resurslarni qayta tiklash yil sayin tabora 
qiyinlashib borayotgan paytda biz bu resurslarga ko’proq ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo’lishimiz zarur. Buning uchun iqtisodiy omillardan kengroq 
foydalanishimiz, soliqlar orqali hammani tabiiy va xomashyo resurslaridan eng ko’p 
naf tegadigan tarzda foydalanishga o’rgatmog’imiz kerak”
*
,- deb ta’kidlagan. yer va 
suvdan samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. yer va suv 
resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo’nalishlarda 
amalga oshiriladi:
·
Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va 
imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari 
cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq 
*
O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. T.: O’zbеkiston, 1999,-32 b. (13 bеt)
*
I.Karimov. “O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”.-T.: O’zbеkiston, 1996.-172b. 


160 
emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho’rlangan yerlarga 
joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Albatta, mamlakat oziq – 
ovqat havfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor 
talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini 
unitmaslik talab qilinadi. SHunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini 
hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma’lum salbiy oqibatlaga olib 
kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini 
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho’rlanishni yanada kuchayishiga 
olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom 
etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz 
holga kelib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. CHunki kuzgi donli ekinlar ekilgan 
maydonlarda sho’r yuvish ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lumotlarga 
qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi yerlarining 47,2 foizi 
sho’rlanmagan, 17,2 foizi o’rtacha sho’rlangan va 4,2 foizi kuchli sho’rlangan. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ holatiga ko’ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 
foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat 
yomonlashib ketishining oldini olish kerak. 
·
Erlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer 
tranformatsiyasi deyiladi. yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi 
yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. 
Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo’l qo’ymaslik lozim. yer islohotlarini 
to’g’ri o’tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. yer duch 
kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga 
berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini 
to’g’ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib 
bo’lmaydi. 
·
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni 
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.


161 
·
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini buzmasdan bajarish
melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali o’tkazish qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan 
biri hisoblanadi.
·
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or 
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan, suvdan 
foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida sug’orishda oddiy 
bostirib sug’orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu 
texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O’zbekiston Respublikasi suv resurslari 
juda cheklangan bo’lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat 
hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari 
hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km 
uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning 
uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali 
foydalanish 
mamlakatda yer resurslaridan 
foydalanishning samaradorligini 
oshiradigan omillardan biridir. 
·
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan 
foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug’doyning 
tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo’la oladi. 
·
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish 
ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
·
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda 
muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 
0,7 mln. gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 
mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash 
asosiy vazifalardan biridir. 
·
Yer va suvdan foydalanganlik uchun to’lovlar tizimini takomillashtirib borish 
maqsadga muvofiq. Hozirda yer banitetiga qarab o’rnatilgan soliq yuklamalarini 


162 
ta’sirini kuchaytirish choralarini ko’rish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish 
talab qilinadi. yerdan foydalanuvchi uning unumdorligini, banitetini oshirganligi 
uchun rag’batlantirilishini yanada ta’sirini kuchaytirish undan foydalanishga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
·
Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishning ilg’or usullarini (tomchilatib, 
yomg’irlatib, qator oralab va x.x.) ishlab chiqarishga joriy etish.
·
Yerdan samarali foydalanish uchun doimiy monitoring tashkil etish kerak. yer 
monitoringi yerning holatini nazorat qilib turish tizimidir. Monitoring orqali qimmatli 
ma’lumotlar olish va tegishli chora-tadbirlar ko’rish mumkin. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə