Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147
Agrosanoat m

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


151 
8-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI YER FONDI VA UNDAN FOYDALANISH 
 
8.1.Qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos 
xususiyatlari 
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p martalab 
e’tirof etilgan. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar 
turadigan oddiy baza, qishloq xo’jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadi. Ya’ni kishilar yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir 
etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo’naltiriladigan ob’yekt sifatida) va 
mehnat quroli (erda zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simliklar 
rivojlanadi) sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy 
boyligidir. 
BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning ma’lumotlariga 
ko’ra yer yuzining muzliklardan holi bo’lgan qismining 25 foiziga ishlov berish 
imkoniyati mavjud. Ushbu tashkilotning mutaxassislarining h’isoblariga ko’ra 
qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatish mumkin bo’lgan maydon 3,4 mlrd. gektarni 
tashkil etadi. Hozirda yer yuzida jami bshlib 1,57 mlrd. gektar yerga ishlov 
berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika 
qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini 
yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yaroqli 
yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. 
gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan 
shug’ullaniladi. Qolgan qismidan namlikning juda kam bo’lganligi sababli 
foydalanilmaydi. Yuqoridagilardan hulosa shuki Respublikada mavjud yer 
maydonlaridan maksimal foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va 
kommunikatsiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, 
harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun 


152 
eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer 
manbalari cheklangan va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs 
sifatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari 
belgilab 
qo’yilgan. 
“O’zbekiston 
Respublikasining 
yer 
fondi 
yerlardan 
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi: 
1.
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar – qishloq xo’jaligi 
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq 
xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) 
yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-
darxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi; 
2.
aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari -
shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi 
yerlar; 
3.
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – 
ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 
4.
tabiatni 
muhofaza 
qilish, 
sog’lomlashtirish, 
realizatsiya 
maqsadlariga 
mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, 
tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va 
turizm uchun foydalanadigan yerlar; 
5.
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar 
joylashgan yerlar; 
6.
o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan 
qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyoji uchun berilgan yerlar; 
7.
suv fondi yerlari – suv ob’yektlari, suv xo’jaligi inshoatlari egallagan yerlar va suv 
ob’yektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 
8.
zahira yerlar.”
*
*
O’zbеkiston Rеspublikasining yer kodеksi va qishloq xo’jaligiga oid qonun hujjatlari. –T.: “Adolat”, 1999.-448 b. ( 
11bеt). 


153 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlarga haydaladigan yerlar, 
yaylovlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar kiradi. 
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
1). Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko’paytirish 
imkoniga ega emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud yer resurslaridan samarali 
foydalanishdir. Bundan tashqari sanoatning, kommunikatsiyaning o’sishi aholining 
ko’payishi tabiiy holda bir kishiga to’g’ri keladigan yer maydoni qisqarishiga olib 
keladi. Qolaversa, insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatda ularning qishloq 
xo’jaligi oborotidan chiqib ketish xollari ham yuz bermoqda. Taraqiyotning tuproq 
erroziyasi, sho’r bosish, kasalliklarga chalinish kabi salbiy oqibatlarini kamaytirish 
har bir davlatning, yerdan foydalanuvchilarning birinchi galdagi vazifasidadir. 
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo’yadi.
Uni yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bozor munosabatlari talablaridan 
kelib chiqib yerning bahosi shakllanadi. Lekin bu baho uning haqiqiy narxi qancha 
ekanligini aniq belgilay olmaydi. yerni oldi-sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni 
hisobga olish lozim. Bozor munosabatlarining rivojlanishi yerni oldi-sotdi 
ob’yektiga aylantiradi. Bundan tashqari yerlarni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish 
uchun qishloq xo’jaligidan ajratib beryotganda uning narxini bilish ijobiy 
ahamiyatga ega. Imkoni boricha qishloq xo’jaligidan yer boshqa sohalar uchun 
ajratilganda past unumli, qishloq xo’jaligi uchun qimmati past yerlardan ajratish 
maqsadga muvofiq. Shu sababli yerning bozor narxini aniqlash tartibi mavjud. 
yerning narxi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
х
Sf
Yerr
Yern
=
Bunda: yer n – yerning narxi, so’m; 
Yer r – yer rentasi, so’m; 
Sf - ssuda foizi. 


154 
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o’z bilganimizcha 
abadiy foydalanish mumkin degani emas. Balki yerdan to’g’ri va oqilona 
foydalangandagina u qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun abadiy bo’lishi 
mumkin. yerdan noto’g’ri foydalanish esa uning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 
uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo’ladi. Masalan, 2005 yilning 1-avgusti 
ma’lumotlariga qaraganda birgina farg’ona vodiysida 2000 yilda mavjud bo’lgan 
366 ming gektar sug’orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning 9 ming gektari ekin 
ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
4). Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega. 
yerning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. Tabiiy 
unumdorlik – yerning inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan hosil bera 
olish qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun’iy 
unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta. Keyingi yillarda olib 
borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, respublika yerlarining tabiiy unumdorligi 
pasayib bormoqda. Tuproqda mavjud bo’lgan gumus moddasining pasayishi 
kuzatilmoqda. Buning oldini olishning asosiy yo’llari yerga dam berish, yerlarning 
holatini hisobga olib qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirish, yerga organik o’g’itlarni 
(har 
bir 
gektarga 
kamida 
15 
tonanadan) 
solish, 
sug’orishning 
ilg’or 
texnologiyalaridan foydalanish zarur. Tabiiy va sun’iy unumdorlik birgalikda (ularnig 
yig’indisi) iqtisodiy umumdorlik tushunchasini beradi.
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish mumkin emas. Demak qishloq 
xo’jaligida yerdan foydalanishni yaxshilash uchun har bir xo’jalik (shirkat, fermer va 
dehqon) hududida qanday sifatga ega yer bo’lsa shunga qarab ekin turlarini 
joylashtirish lozim. Bu xususiyat qishloq xo’jaligi korxonalariga faoliyat uchun 
o’rnatiladigan soliq tizimini ishlatishda ham hisobga olinishi talab qilinadi.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, 
texnikaning qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday 
bo’lishi maqsadga muvofiqligi to’g’risida inkor etib bo’lmaydigan talablarni keltirib 
chiqaradi.


155 
Er to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar Davlat yer kadastrida mujassam etiladi. 
Davlat yer kadastri quyidagilarni o’z ichiga oladi:
erdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatiga olish; 
erni miqdor va sifat jihatdan uchetga (hisobga) olish; 
erni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy baholash).

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə