Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147
Agrosanoat m

9.4. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat 
unumdorligini oshirish yo’nalishlari 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan 
biri bo’lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalardan biri 
hisoblanadi.
Mamlakat qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning sonini mutloq va nisbiy 
kamaytirish bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq 
xo’jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakalidir. Bu, o’z navbatida, juda katta 
muammolarni yuzaga keltiradi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini 
oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’taradi. Bu sanoat va boshqa 
xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o’tishi uchun zarur sharoitlar 
tug’diradi. CHunki mehnat unumdorligi o’sishi natijasida mehnat resurslarining katta 
bir qismi qishloq xo’jaligidan ozod bo’ladi. Bu rivojlanishning umumiy ob’yektiv 
tendentsiyasi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini 
oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu 


173 
ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo’jaligi 
aholisi, ishchi – xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi – 
xizmatchi daromadlaridan past bo’lmasligini ta’minlash ham ulardan foydalanish 
darajasini oshirgan bo’lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart –maroitlar natijasida 
qishloq aholisi, ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o’troq bo’lgan 
aholi va ishchi xodimlarni o’sha joyning o’zida ish bilan ta’minlash muammosini 
yechish bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo’lmasligi kerak. SHunga qaramasdan 
sanoatni, xizmatlarni qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga 
oshirilishi lozim. Bunday siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham 
chuqurlashib boraveradi.
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari mehnatining fond, energetik quvvatlar bilan 
qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llaridan biridir. 
Qishloq xo’jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo’yicha 
texnologiyani hisobga olgan xolda zarur vositalar bilan ta’minlanishi kerak. SHu 
sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab chiqarishni yoki xorijdan sotib olishni yo’lga 
qo’yish, rivojlantirish talab qilinadi.
Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat 
resurslarinidan foydalanish samaradorligini oshirishning bir yo’nalishidir. Fan-
texnika taraqqiyotining qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanishni 
yaxshilashdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bunda asosiy etibor yangi, 
serhosil ekin navlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva 
mollarining sermahsul zotlarini ko’paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Moliya, kredit tizimi, soliq tizimi va boshqa ko’plab iqtisodiy dastaklarning 
rivojlanishi ham mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 
Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmini quyidagi 
chizmada ko’rish mumkin (8- chizma).
*
*
Minakov I.A. i dr. Eklnomika otraslеy APK. Uchеbnik.-M.: KolosS, 2004—464s. (100s). 


174 
8- chizma. Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmi 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə