Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
Agrosanoat m

 
9.3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari 
Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo’lib, konkret sarflangan mehnatning 
natijaviyligi yoki samaradorligidir. Ayrim iqtisodchilar mehnat unumdorligini vaqt 
birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, deb biladilar. Boshqalari esa 
mehnat unumdorligi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan 
vaqt miqdorini tushunadilar. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mehnat unumdorligi 
konkret sarflanayotgan mehnatning ma’lum vaqt ichida mahsulot yarata olish 
qobiliyatidir, degan tushunchalar ham berilgan.
Aniq sarflangan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir degan 
tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda 
etadi. Vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat 
unumdorligining asosiy ko’rsatkichini ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat unumdorligining ikkinchi ko’rsatkichini 
ifoda etadi. U iqtisodiy adabiyotlarda mehnatning intensivligi deb ham ataladi. 
Agarda aniq sarflangan mehnatning ma’lum vaqt ichida mahsulot yarata olish 


171 
qobiliyati mehnat unumdorligi bo’lsa, mehnat unumdorligi ko’rsatkichi har doim bir 
xil miqdorda bo’lgan bo’lar edi. Bu fikrni misol orqali ko’rib chiqsak, quyidagi 
holatga duch kelmiz: bir paxta teruvchi barcha jismoniy va aqliy qobiliyatini ishga 
solsa, bir kunda 65 kg paxta tera oladi. paxta maydonlari va boshqa omillar bir xil 
bo’lgan paytda o’sha terimchi har kuni 65 kg dan paxta tergan bo’lar edi. Lekin 
barcha sharoitlar bir xil bo’lishiga qaramasdan terimchi har kuni har xil miqdorda 
paxta teradi. YA’ni uning har kungi natijalari har xil bo’ladi. Juda kamdan-kam 
hollarda bir xil ko’rsatkichga ega bo’lishi mumkin. 
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. 
Bunda natural va qiymat ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Natural ko’rsatkichlarga 
vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan yalpi hosil va bir birlik mahsulot (natura 
shaklidagi) ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori kiradi. Albatta, mehnat 
unumdorligining natural ko’rsatkichlari har bir mahsulot turi bo’yicha alohida 
hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar ma’lum kamchilikka ega. Qishloq xo’jaligida bir 
ishchi xodim yil davomida turli tarmoqlarda, ya’ni paxtachilikda, donchilikda, 
sabzovotchilik va boshqa tarmoqda faoliyat ko’rsatadi. Bazan bir kunning o’zida bir 
nechta turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bu, o’z 
navbatida, ishchi xodimning ish vaqtlarini u ishlagan sohalarga taqsimlash 
muammosini tug’diradi. Albatta, iqtisodchilar tomonidan mehnat sarflarini 
mahsulotlarga taqsimlash usullari ishlab chiqilgan. SHunga qaramasdan mehnat 
unumdorligining natural ko’rsatkichlari haqiqiy holatni juda aniq belgilay olmaydi. 
SHu sababli 
mehnat unumdorligining qiymat ko’rsatkichlaridan kengroq 
foydalaniladi.
Bir ishchi xodim hisobiga bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori. 
Bu ko’rsatkich mehnat unumdorligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Bu, yil 
davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ishchi xodimlarning o’rtacha yillik 
soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich sarflangan mehnatga nisbatan 
ham hisoblanadi. Bunda yalpi mahsulot uni ishlab chiqarilgan vaqt, kishi-soatlariga 
bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi kishi-soatlari bo’yicha aniqroq va 


172 
to’g’riroq hisoblanadi. CHunki xodimlarning o’rtacha yillik soni haqiqatda sarflangan 
mehnatni kishi soatlaridek aniq belgilamaydi. Bir kishining 280 yoki 260 kun ishga 
chiqqani uning haqiqatda har kuni necha soat ishlaganini bildirmaydi.
Mehnat unumdorligining bu ko’rsatkichlarini hisoblaganda yalpi mahsulotni 
hisoblash usullari ham katta ahamiyatga ega. Amalda yalpi mahsulot joriy va 
solishtirma narxlarda hisoblanadi. Uzoq davrlarga mehnat unumdorligining 
dinamikasini ko’rganda solishtirma baholarda hisoblangan yalpi mahsulotni olish 
talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlarning yildan – yilga oshgani ijobiy hisoblanadi.
1 yoki 100 yoki 1000 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan 
vaqt mehnat unumdorligining ikkinchi iqtisodiy ko’rsatkichidir. Sarflangan mehnat 
kishi-soatlarida o’lchanadi. Bu ko’rsatkich natijalari yildan – yilga kamayib borgani 
yaxshi. YA’ni bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan kishi-soatlari 
miqdori kamayib borishi zarur. Bu iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə