Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Agrosanoat m

8.2. Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va 
samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday 
(samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur. 
yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar 
tomonidan yetarli darajada chuqur o’rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo’jaligida 
yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ikki guruhga bo’lib
o’rganadi. Birinchi guruhga yerdan foydalanish darajasini ifodalovchi quyidagi 
ko’rsatkichlar kiradi: 
1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq xo’jaligiga 
yaroqli (qishloq xo’jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog’i, (foizlarda 
ifodalanadi). Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
100
.
.
.
.
.
.
.
х
m
yer
J
yer
te
Qx
sal
yer
Qx
=
Bunda: Qx yer sal. – qishloq xo’jaligiga yaroqli yer salmog’i, % 
J. yer m. - jami yer maydoni, ga 
Qx. Te. yer. - qishloq xo’jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga 
Bu ko’rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo’jalikda) yer maydonlarining 
qancha qismi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo’jaligiga tayin 


156 
etilganligini) ekanligini bildiradi. Turli xo’jaliklarning, mamlakat va regionlarning 
umumiy yer maydonlari bir miqdorda bo’lishiga qaramasdan qishloq xo’jaligida 
foydalanishga yaroqli bo’lgan maydonlari turlicha bo’lishi mumkin. Qishloq 
xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlari kam miqdorda bo’gan davlatlar, region va 
xo’jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular har bir gektar yerni avaylab 
asrashi va qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarga o’tib ketishini juda qattiq 
nazoratga olishlari zarur bo’ladi. Mamlakat, mintaqa (hudud) va xo’jaliklarda yerlarni 
qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqqa o’tib ketishi faqatgina davlat zarurati, imkonsiz 
hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo’lgan holatlardagina amalga 
oshirilishi kerak.
2). Qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga 
yaroqli yerlar tarkibini ko’rsatadi. Jumladan, jami qishloq xo’jaligi yerlarida 
haydaladigan yer salmog’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
100
.
.
.
.
.
.
.
.
х
m
yer
JQx
turlari
yer
Qx
tar
yer
Qx
=
Bunda: Qx yer tarkibi – qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi, % 
Qx yer turlari - qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydoni, ga 
JQx. yer m. - jami qishloq xo’jaligi yer maydoni, ga 
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa, 
sug’oriladigan yerlarning salmog’iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo’jalikda 
haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o’lkalar sharoitida) sug’orilib dehqonchilik 
qiladigan yerlarning ulushi qancha yuqori bo’lsa shuncha yaxshi (samarali) 
hisoblaymiz. Olimlarning izlanishlari shuni ko’rsatadiki 1 gektar sug’orilib 
dehqonchilik qilinadigan yer 5-7 gektar lalmi yerga teng mahsulot berar ekan. 
Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug’orilib dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar 
lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining cheklanganligini, har bir ga yerni 
haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig’ib olish harajatlarini hisobga olsak 


157 
sug’oriladigan yerlarning naqadar qadr-qimmati yuqori ekanligini ko’ramiz. Demak, 
imkon darajasida sug’orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarini asrash zarurati 
kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan qimmat turadi. Demak, 
unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki soliq yukini 
belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo’ladi. 
3). Yerdan foydalanish koeffitsienti (martaliligi). Bu ko’rsatkich quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi. 

m
e
J

Xem
k
Yerf
.,
.
.
,
.
.
=
Bunda: yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsienti, marta 
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga
J.e.m - jami ekin maydoni, ga 
Ushbu ko’rsatkich har bir mamlakat, hudud va xo’jaliklarda bir biridan keskin 
farq qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer 
maydonlarining miqdori kabi ko’plab omillar ta’sir etadi. 
Er fondidan foydalanish ko’rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy 
samaradorlik bilan bog’liq ko’rsatkichlar kirib ularning o’zi natural va qiymat 
ko’rsatkichlarga bo’linadi. Natural ko’rsatkichga qishloq xo’jaligi ekin turlarining 
hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi. 
g а
Em
Yax
X
.,
=
Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, 
s/ga
YAh - yalpi (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosil, s


158 
Em - ekin (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga 
Erdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar 
yordamida aniqlash maqsadga muvofiq: 
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so’m. Bu ko’rsatkich 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 

m
e
J
m
so
Yam
s
Yerf
.,
.
.
'
.,
.
.
=
Bunda: yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m 
Ya.m. – yalpi mahsulot, so’m 
Jem - jami ekin maydoni, ga 
Bu ko’rsatkich doimo o’sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning 
darajasiga juda ko’plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik 
darajasi, inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar 
darajasi....) ta’sir etadi.
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so’m. Bu ko’rsatkich quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi. 
га
m
e
J
m
so
f
J
s
Yerf
.,
.
.
'
.,
.
.
.
=
Bunda: yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m 
J.f. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so’m 
Jem - jami ekin maydoni, ga 
Ushbu ko’rsatkich natijalari ham o’sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. yer 
birligi hisobiga olingan foyda miqdoriga ta’sir qiladigan omillar juda ko’p. 


159 
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o’rganish 
lozim. Ayniqsa, mamlakatimiz uchun suv resurslarining ahamiyati katta. SHu sababli 
1 metr kub suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini 
bildiradi. Bu ko’rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə