Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147
Agrosanoat m

7.5. Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi korxonalarining yana bir shakli 
dehqon xo’jaliklaridir. Dehqon xo’jaliklari aholining mustaqillikka qadar mavjud 
bo’lgan shaxsiy tomarqa xo’jaliklari rivojlanishi natijasida ularning o’rniga vujudga 
keldi. Ular 1990 – 2000 yillar davomida 2,3 mln.tadan 3,3 mln.taga yetdi. 2006 yilga 
kelib dehqon xo’jaliklarining soni 4,6 mln. tadan oshib ketdi. Yangi vujudga kelgan 
dehqon xo’jaliklari ixtiyoridagi sug’oriladigan o’rtacha yer miqdori 0,35 gektarni 
tashkil etdi. Oldin aholining shaxsiy tomorqa uchastkalari aksariyat holda 0,08 
gektardan oshmas edi. 2001 yilning 1 yanvariga bo’lgan ma’lumotga qaraganda,
mamlakatda 3322606 ta dehqon xo’jaligi bo’lib, ular 522592 gektar yerga ega. 
SHulardan, 1798401 tasi dehqon xo’jaligi sifatida qayta ro’yxatdan o’tdi, 800 
mingdan ziyodi yuridik shaxs sifatida shakllandi.
Dehqon xo’jaligi oila mehnatiga asoslangan, asosan xonadon iste’moli uchun 
va mayda tovar qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog’liq tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklardir. “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan qonunining 1-
moddasida dehqon xo’jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Dehqon xo’jaligi oilaviy 
mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib 


143 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer 
uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi”
*

Dehqon xo’jaliklari 2002 yilda 1973,4 ming tonna sabzavot (respublikada 
yetishtirilgan jami sabzavotning 74,8 foizi), 583,9 ming tonna kartoshka (80%), 292,7 
ming tonna poliz (64%), 498,8 ming tonna meva (62,6%), 219 ming tonna uzum 
(35%), 766,4 ming tonna go’sht (91,1%), 3402,7 ming tonna sut (90,2%) va 751,8 
mln. dona tuxum (60%) yetishtirdi. SHu yili dehqon xo’jaliklari mamlakatda 
yaratilgan qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 66 foizini, shu jumladan
dehqonchilik mahsulotlarining 43,4 chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini ishlab 
chiqardi. 2004 yilda dehqon xo’jaligi qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 62,1 
foizini, 2005 yilda 60,2 foizini ishlab chiqardi. Yaqin kelajakda respublika qishloq 
xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqon xo’jaliklarining ulushi keskin kamayishi 
kutilmayapdi. Albatta fan-texnika taraqqiyoti, qishloq xo’jaligida mehnat 
unumdorligining o’sishi, fermer xo’jaliklarining kuchayishi oqibatida dehqon 
xo’jaliklarining respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi kamayish 
tendentsiyasiga ega bo’ladi. Lekin bu kamayish nisbatan sekinlik bilan uzoq yillar 
davomida amalga oshadi. Bu jarayonning tezlashiga tashqi omillar o’z ta’sirini 
ko’rsatishi mumkin.
Dehqon xo’jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda. 
Dehqon xo’jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi 
mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy 
ravishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligi huzuridagi pensiya jamg’armasiga badallar to’lab borishlari mumkin. 
Shunday hollarda pensiya jamg’armasining tuman bo’limlarida ularga mehnat 
daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi. 
Dehqon xo’jaliklari qishloq aholisini ijtimoiy foydali mehnatga va 
tadbirkorlikka jalb etish yordamida qishloq joylardagi (aholi uy xo’jaligidagi) 
*
O’zbеkiston Rеspublikasining “Dеhqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni. –T.: O’zbеkiston, 1998. 3b. 


144 
resurslardan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda. Dehqon xo’jaliklari 
aholining ish bilan bandligini oshiradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Natijada, mamlakatning qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini eksport salohiyatini oshiradi va oziq-ovqat xavfsizlini ta’minlashda 
ijobiy rol o’ynaydi.
Dehqon xo’jaligi qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yurituvchi kichik 
tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega. Bu afzalliklarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
ishlab chiqarish hajmining kichikligi tufayli bozordagi talab va taklifning 
o’zgarishiga nisbatan tez moslashadi hamda ko’p mablag’ sarflamay, o’z faoliyati 
yo’nalishlarini qayta tashkil eta oladi; 
2.
xalqimizda qadimdan shakllanish kelayotgan dehqonchilik madaniyatini 
avloddan-avlodga o’tkazish imkonini beradi; 
3.
oila a’zolari mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham 
unumli foydalanish imkonini yaratadi; 
4.
xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod 
egalikka berilishi mulkdan (erdan) samarali foydalanish uchun imkon beradi; 
5.
yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi rolini o’ynaydi. 
Dehqon xo’jaligini davlat ruyxatiga olish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish 
to’g’risida”gi 357- qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’yektlarini 
davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni 
rasmiylashtirish tartibi to’g’risida NIZOM”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklari tuman hokimligida 
davlat ro’yxatidan o’tadilar. Buning uchun ular tuman hokimligi qoshidagi 
Inspektsiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 
1.
Ariza.


145 
2.
Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) umumiy yig’ilishining yoki 
boshqa qishloq xo’jaligi korxonasi oliy boshqaruv organi yoki ish beruvchisi 
(ma’muriyati)ning dehqon xo’jaligini tashkil etish to’g’risidagi qarori. 
3.
Notarial tasdiqlangan Nizomning ikkita asl nusxasi. 
4.
Vakolatli shahar (tuman) hokimiyati organlari tomonidan berilgan xo’jalik 
nomini tasdiqlovchi hujjat. 
5.
Hokimiyat qarori bilan tashkil etilgan tanlov komissiyasining yer uchastkasi 
berish haqidagi qarori.
6.
Muhr va shtampning uch nusxadagi eskizi. 
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan dehqon xo’jaligini davlat ro’yxatidan 
o’tkazish uchun beriladigan arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1.
Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) umumiy yig’ilishining yoki 
boshqa qishloq xo’jaligi korxonasi boshqaruv organi yoki ish beruvchisi 
(ma’muriyati)ning dehqon xo’jaligini tashkil etish to’g’risidagi qarori. 
2.
pasport nusxasi. 
Dehqon xo’jaligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun zarur hujjatlar bo’lajak 
dehqonning o’zi yoki shartnoma asosida tuman hokimligining dehqon xo’jaligini 
davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi qarori yoki ro’yxatdan o’tkazishni rad etish 
to’g’risidagi qarori ariza beruvchi ariza bergan kundan boshlab 7 (etti) ish kunida
tuman hokimligining dehqon xo’jaligini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi qarori 
bilan bir paytda qabul qilinadi. 
Shundan so’ng tuman hokimligi yangi tashkil etilgan dehqon xo’jaligiga 
«Davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida»gi guvohnoma va tuman hokimiyati 
muhri bilan tasdiqlangan «ro’yxatga olingan» belgisiga esa ta’sis xujjatlarini hamda 
muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani topshiradi. Ushbu tartib huquqiy shaxs 
maqomida tashkil etiladigan dehqon xo’jaliklariga taalluqlidir. Dehqon xo’jaligi 
belgilangan tartibda davlat ruyxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb 
hisoblanadi. 


146 
posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari har bir 
dehqon xo’jaligini xo’jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo’jaligining tarkibi, xo’ja-
lik boshlig’i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek, xo’jalikning 
tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil 
etmasdan) to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo’yadi. 
Dehqon xo’jaligining faoliyati xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga 
asoslanadi. Dehqon xo’jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat 
shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin. Qonunga muvofiq tovar qishloq 
xo’jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo’jaligida sarflangan ish vaqti 
O’zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari nafaqa jamg’armasi badallari to’lab 
borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritiladi. Dehqon xo’jaligi a’zolari dehqon 
xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart. 
Dehqon xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun 
yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo’jalik shartnomalari tuzish 
huquqiga ega. Dehqon xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va 
taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi. 
Dehqon xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan, ulushli (pay) asosda 
mahsulot yegishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika 
ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo’jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish 
yo’sinidagi va boshqa xil xizmat ko’rsatish bo’yicha kooperativlarga (shirkatlarga), 
jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish 
huquqiga ega. 
Agarda shirkatlar va fermer xo’jaliklari asosan tovar ishlab chiqaruvchi yirik 
qishloq xo’jaligi korxonalari hisoblansa, dehqon xo’jaliklari oila a’zolarining shaxsiy 
mehnatiga asoslanib, mayda tovar ishlab chiqaruvchi sub’yekt sanaladi. Dehqon 
xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot eng avvalo oilaning o’z ehtiyojlari uchun 
ishlatiladi, oiladan ortgan qismigina sotilishi mumkin. Yirik xo’jaliklar foydalana 
olmaydigan imkoniyatlardan, resurslardan dehqon xo’jaligi samarali foydalanadi. 
Uning yashovchanligi ham shunda. Lekin, dehqon xo’jaligi yirik xo’jaliklar erishgan 


147 
yutuqlar asosidagina rivojlana oladi. Bunga juda ko’plab misollar keltirish mumkin. 
Jumladan, chorva mollarining sermahsul zotlari yoki o’simlik turlarining yangi, 
serhosil navlari fan va texnika taraqqiyoti natijasida yirik korxonalarda vujudga 
keladi. Demak, qishloq xo’jaligining kelajagi shirkatlar va fermer xo’jaliklari, yirik 
davlat xo’jaliklari rivojlanishi bilan (dehqon xo’jaligining yutuq va imkoniyatlarini 
kamsitmagan holda) belgilanadi.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə