Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


  7.3. Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
Agrosanoat m

 


131 
7.3. Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi doimiy ravishda rivojlanib, chuqur 
islohotlar sharoitida yashab kelayotgan tarmoqlardan biridir. Islohotlarning bir 
yo’nalishi tarmoqni boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan eng 
maqbullarini joriy etishdir. Respublika qishloq xo’jaligini 1997 yilga qadar 
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi boshqardi. Bu davrga kelib 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining natijalari ko’p jihatidan suv resurslari va 
ulardan foydalanishga bog’liq bo’lganligi, suv resurslardan foydalanish esa boshqa 
vazirlik ixtiyorida ekanligi ma’lum muammolarni vujudga keltirdi. Natijada 1997 
yilda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi vujudga keldi. 2001 
yilning 1 yanvariga kelib uning tarkibida 2018 ta qishloq xo’jaligi korxonasi faoliyat 
ko’rsatadi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi qoshida 125 ta qorako’lchilik xo’jaliklarini birlashtirgan “O’zbekqorako’l” 
kompaniyasi, 51 ta parrandachilik fabrikasi bor “O’zparrandasanoat” uyushmasi, 
tarkibida 18 ta xo’jaligi bor “O’zsabzavoturug’i” birlashmasi, 46 ta xo’jalikdan 
iborat “Asal” asalarichilik uyushmasi, 84 ta xo’jaligi bor Qishloq xo’jaligi ilmiy – 
ishlab chiqarish birlashmasi va Irrigatsiya O’rtaosiyo ilmiy – tekshirish instituti 
faoliyat ko’rsatmoqda. 2002 yilda yirik qishloq xo’jaligi korxonalari, ya’ni shirkatlar 
jami qishloq xo’jaligi mahsulotining 32 foizga yaqinini yetishtirmoqdilar. Bu 
ko’rsatkich yildan yilga kamayib bormoqda. 2004 yilda shirkatlar qishloq xo’jaligi 
yalpi mahsulotining 19,3 foizini, 2005 yilda 15,3 foizini ishlab chiqardilar. YAqin 
kelajakda shirkat xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi yanada 
kamayishi kutilmoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bilan
“O’zmevasabzavotuzumsanoat xolding” kompaniyasi ham shug’ullanadi. Uning 
tarkibiga meva, uzum, sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan 89 ta 
qishloq xo’jaligi korxonasi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 
ko’plab sanoat korxonalari kiritilgan.


132 
“O’zgo’shtsutsanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga chorva mollarini 
boqishga ixtisoslashgan 110 ta korxonalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari davlat va asosan, 
nodavlat sektorida yetishtiriladi. Mustaqillik yillarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlar miqdorida davlat ulushi kamayib, nodavlat sektorning hissasi oshdi. 
Hozirda davlat sektorida faqatgina urug’chilik bilan shug’ullanadigan 47 ta korxona 
qolgan. Ularning ishlab chiqarishdagi ulushi 2002 yilda 0,9 foizni tashkil etdi. 
Qolgan 99,1 foiz mahsulot nodavlat sektorda ishlab chiqarilmoqda.
1998 yildan boshlab eski kolxoz va davlat xo’jaliklari shirkat xo’jaliklari 
shaklda tashkil etila boshlandi. SHirkatlar yirik qishloq xo’jaligi korxonalari bo’lib, 
2001 yilda ularning o’rtacha ekin maydoni 1233 gektarni tashkil etdi. Ular o’rtacha 
94 gektardan bog’ va 64 gektardan uzumzorlarga ega, mamlakatda yetishtirilgan 
paxtaning 60, tamakining 66, qand lavlagining 88, boshqli donning 49, mevaning 26, 
va uzumning 43 foizini berdi.
Shirkatlar aktsiyadorlik jamiyatlarining o’ziga xos bir ko’rinishi sifatida vujudga 
keltirildi. Ularda xo’jalikning mol – mulklari unga a’zo bo’lganlarga mulkiy pay 
ulushi ko’rinishida taqsimlanib berilgan. Bu ulushning egasi xo’jalik faoliyati 
natijasida vujudga kelgan daromaddan (foydadan) bir qismini oladi.
Shirkat xo’jaliklarining faoliyati “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan hamda shirkat Nizomi asosida 
yuritiladi. Shirkat xo’jaliklarida mehnatni tashkil etish oila pudrati shaklida, amalga 
oshiriladi. Uning asosida shirkat bilan oila o’rtasida tuziladigan oila pudrati 
shartnomasi yotadi. Shirkat xo’jaliklari ustav jamg’armalariga ega bo’ladilar. 
Ularning ustav jamg’armasi, pay jamg’armasi va bo’linmas jamg’armadan iborat 
bo’ladi. (7-chizma). 


133 
Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tuman “Sohibqiron” shirkat xo’jaligi ustav 
jamg’armasi 
7-chizma. Shirkat xo’jaligining ustav jamg’armasi 
Shirkatlarga O’zbekiston Respublikasi “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat 
xo’jaligi) to’g’risida”gi qonunining 1-bob, 1-moddasida - “Qishloq xo’jalik 
kooperativi (shirkat xo’jaligi) – tovar qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish uchun 
pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda 
birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga 
asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’yektdir.
*
deb ta’rif berilgan. 
*
O’zbеkiston Rеspublikasi “Qishloq xo’jalik koopеrativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”gi qonun. T.: O’zbеkiston, 1998. 
4 b.
Shirkat mulki 
82114 ming so’m 
Shirkatning dastlabki 
ustav jamg’armasi 
78942 ming so’m 
Yer me’yoriy bahosi 
1257613 ming so’m 
Shirkatning dastlabki pay jamg’armasi 
(47362 + 1257613) = 1304975 ming 
so’m 
Bo’linmas jamg’armasi 
31580 ming so’m 
Shirkat a’zolarining dastlabki paylari 
(mulkiy+yer qiymati) 
(47362+1257613) = 1304975 ming so’m 
Jismoniy shaxslarning 
shartnoma asosida qo’shgan 
pul-moddiy badallari
Нафақахўрларнинг мулкий пайлари
4746 минг сўм 
Shirkat xo’jaligining ustav 
jamg’armasi 
78942 ming so’m 
Ширкат аъзолари ва 
нафақахўрларнинг 
қўшимча мулкий пайлари

Tashkil etilgan pay jamg’armasi 
(47362 + 1257613) = 1304975 ming so’m 
Tashkil etilgan bo’linmas 
javg’arma 31580 ming so’m 


134 
Shirkat xo’jaligiga a’zolik ixtiyoriydir. 16 yoshga kirgan fuqaro ixtiyoriy 
ravishda unga a’zolikka kirishi mumkin. Shirkat xo’jaligining yuqori boshqaruv 
organi umumiy majlis bo’lib, u shirkatni boshqaruvini va taftish komissiyasini 
saylaydi va shirkatni joriy boshqarish bo’yicha o’z vakolatini ularga beradi.
Qishloq xo’jaligida yirik ishlab chiqarish korxonalari hisoblangan shirkatlar 
quyidagi ijobiy tomonlarga ega: 
·
Mehnat 
taqsimoti 
va 
kooperatsiyasi 
sharoitida 
shirkatlar 
faoliyati 
tavakkalchilikdan nisbatan kuchli himoyalangan; 
·
Yirik hajmdagi xo’jalik va dalalarda ilg’or texnologiyalar va texnikalarni qo’llash, 
mavjud texnika va jihozlardan esa samarali foydalanish imkoniyatlari katta; 
·
Yirik dalalarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, o’g’itlash, kimyoviy 
vositalardan foydalanish, yer haydash, unga ishlov berish, sug’orish, hosilni yig’ib 
olish kabi ishlarni tashkil etishni mo’’tadil amalga oshirish nisbatan samarali; 
·
Mavjud texnikalarni ta’mirlash, mahsulotlarni saqlash, tashish va ko’plab xizmat 
ko’rsatish tizimlarini tashkil etishda nisbatan kuchliroq imkoniyatlarga egaligi; 
·
Qishloq infratuzilmasini vujudga keltirish va uni rivojlantirishda katta 
imkoniyatga egaligi. 
Shu bilan birgalikla, yirik xo’jaliklarning ayrim kamchiliklari yoki zaif 
tomonlari ham mavjud. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
·
Moslashuvchanlik qobiliyatining pastligi ya’ni bozor talablariga tezda moslasha 
olmasligi. O’z ishlab chiqarish yo’nalishini qisqa davrda o’zgartirishi uchun 
imkoniyatlarining cheklanganligi; 
·
Mulkiy munosabatlar natijasida tejamkorlikka, mahsulotlarning yo’qolishiga 
(nobud bo’lishiga) e’tiborning nisbatan pastligi. Shirkat a’zolarida xo’jayinlik 
hissining yuqori emasligi; 
·
Bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarning ko’payib ketishi;
·
Xo’jalikka bevosita mos bo’lmagan funktsiyalarning ko’payib borishi; 


135 
·
Mavjud resurslardan to’liq va iqtisodiy samarali foydalanishda katta zahiralarning 
mavjudligi. Turli sababalarga ko’ra xo’jalikda mavjud resurslardan to’liq 
foydalanilmaydi; 
·
Yuqori tashkilotlarning ishlab chiqarishga aralashuvi darajasining kuchliligi. 
Yuqoridagi holatlar shirkatlarning nisbatan kamayib, ularning o’rniga ishlab 
chiqarishning pregressiv shakli hisoblangan, fermer xo’jaliklarining tashkil etilishiga 
olib kelmoqda. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə