Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
Agrosanoat m

7.2.
Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i qishloq 
xo’jaligidir. Qishloq xo’jaligi eng avvalo, aholining oziq-ovqatga bo’lgan talabini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi 
juda katta yutuqlarga erishdi. Respublika qishloq xo’jaligi oziq –ovqat 
mahsulotlarining deyarli asosiy qismini aholimiz uchun yetarli miqdorda yetishtiradi. 
Qishloq xo’jaligi qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan ta’minlaydi. Bugungi kunda 
mamlakat yengil va to’qimachilik sanoatida ishlatilayotgan tolaning 60 foizidan 
ortiqrog’i o’zimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasidir. Qolgan qismi jun, kanop, pilla 
va kimyoviy tolalarga to’g’ri keladi.
Respublikaning meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat 
to’liq mahalliy xomashyo mahsulotlari evaziga ishlaydi. Sut va go’shtni qayta ishlash 
sanoati ham mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga faoliyat ko’rsatadi. Yog’ 
– moy sanoatining xomashyolari asosan o’zimizda yetishtiriladi. Faqatgina o’simlik 
moyining ayrim turlarini xorijdan keltirilgan xomashyodan ishlab chiqariladi. 
Masalan, mamlakat aholisi iste’mol qilayotgan Yog’ – moylarning sifati, assortimenti 
boy bo’lishi uchun chetdan soya keltirmoqda. Albatta, bu jami yetishtirilayotgan 
Yog’-moyning juda kam qismini tashkil etadi.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotdagi o’rni juda katta. 
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 26-30 foizi shu 
tarmoqning ulishiga to’g’ri keladi. 2004 yilda mamlakat jami yalpi ichki 
mahsulotining 26,8 foizi shu tarmoqda yaratilgan bo’lsa, 2005 yilda 25,0 foizni 
tashkil etdi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan erkin harakatdagi qattiq 
valyuta tushumining yarimidan ko’prog’i shu tarmoq mahsulotlarini eksport qilishdan 
olinadi. Jumladan, 2005 yilda jami eksportda paxta tolasining ulushi 19,1 foizni, 
oziq-ovqat 
mahsulotlarining ulushi 3,8 foizni tashkil etdi. Mamlakatda 
yetishtiriladigan oziq-ovqatning 96 foizidan ko’prog’i qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqariladi. Aholining 60 foizidan ortiqrog’i qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning 
turmush darajasi, inson resurslarining katta bir qismining ish bilan ta’minlanishi 


102 
qishloq xo’jaligi bilan bog’liq. Bugungi kunda iqtisodiyotda band bo’lgan mehnat 
resurslarining 28 foizdan ko’prog’i qishloq va o’rmon xo’jaligida faoliyat ko’rsatadi. 
SHu boisdan ham qishloq xo’jaligiga e’tibor, ayniqsa keyingi mustaqillik yillarida, 
xaqli ravishda katta bo’lmoqda.
3-jadval 
Respublika qishloq xo’jaligining malakat iqtisodiyotidagi o’rni
№ Ko’rsatkichlar 
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
2005 
1. 
Qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotining mamlakat yalpi 
ichki mahsulotdagi salmog’i,% 
30,4 
30 
30,6 
28,6 
26,8 
25,0 
2. 
Qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotining o’sish sur’ati, % 
103,2 
104,5 106,1 
107,3 110,1 
106,2 
3.
paxta tolasi va oziq-ovqat 
mahsulotlarining yalpi 
eksportdagi salmog’i, % 
32,9 
25,9 
25,9 
22,5 
21,9 
19,1 
4. 
Qishloq xo’jaligi mehnat 
resurslarining salmog’i, % 
29,7 
29,6 
29,1 
28,3 
28,4 
29,1* 
·
Qishloq xo’jaligi o’rmon xo’jaligi bilan birgalikda. 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi O’zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i hisoblanib, yildan yilga uning ulushi 
kamayib bormoqda. Bu borada shuni ta’kidlash lozimki 2000-2005 yillarda qishloq 
xo’jaligida barqaror o’sish yuz berdi. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning, xizmat 
ko’rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib borishi tufayli qishloq xo’jaligining 
ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal 
o’sib borgan sari unda qishloq xo’jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada
rivojlangan sanoatlashgan, xizmat ko’rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga 
aylanishimiz ta’minlanadi.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning muvaffaqiyati 
ko’p jihatdan qishloq ho’jaligining rivojlanish darajasiga bog’liq. Chunki qishloq 


103 
ho’jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb 
etgan soha bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
·
mamlakatmizni oziq-ovqat fondini shakllantiradi;
·
yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini, xavfsizligini ta’minlaydi;
·
qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun homashyo 
yetkazib beradi; 
·
aholini ish joylari bilan ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi o’simlikchilik va chorvachilik 
tarmoqlaridan iborat. O’simlikchilik tarmog’ida paxta, donli ekinlar (asosan 
bug’doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o’simlik Yog’i 
beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog’dorchilik va uzumchilikdan iborat. 
CHorvachilikda qoramolchilik, qo’y va echkichilik, parrandachilik, otchilik 
(yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho’chqachilik tarmoqlari shakllangan va 
rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq xo’jaligida pillachilik, asalarichilik 
va baliqchilik sohalari ham yaxshi rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 
mln. bosh qoramol, 11,1 mln. bosh qo’y va echkilar bor. 
1-grafik 
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining
tarkibi, (% da) 
ю
Ўсимликчилик тармоғи махсулотлари улуши
Чорвочилик тармоғи махсулотлари улуши
52,6
47,4
51,6
48,4
50,6
49,4
51,6
48,4
53,7
46,3
42
44
46
48
50
52
54
56
2000
2001
2002
2003
2004


104 
O’ganilayotgan davrda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibida katta 
o’zgarishlar yuz bermagan. 2000 yilda o’simlikchilik tarmog’ining ulushi 52,6 foiz 
bo’lgan bo’lsa, 2004 yilga kelib 53,7 foizni tashkil etgan yoki 1,1 punktga oshgan. 
SHu yillarda chorvachilik mahsulotlarining qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotdagi 
ulushi 47,4 foizdan 46,3 foizga tushib qolgan. Buning asosiy sababi 2004 yil qishloq 
xo’jaligi uchun juda qulay kelishi sababli o’simlikchilik tarmog’i yalpi mahsulotining 
chorvachilik yalpi mahsulotining o’sishidan tez sur’atlarda o’sganligidir. 2005 yilga 
kelib, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibida o’simlikchilik 56,6 foizni 
(3052,2 mlrd. so’mni), chorvachilik esa 43,4 foizni (2343,3 mlrd. so’mni) tashkil 
etdi. 2005 yilda qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 2004 yilga nisbatan 6,2 foizga 
o’sdi.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi yer-suv, asosiy aktivlar (asosiy 
fondlar), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish 
uchun zarur resurslarga ega.


105 
4-jadval 
O’zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo’yicha 
taqsimlanishi 
Erdan foydalanuvchilar 
1996 yil 
2000 yil 
2004 yil 
ming, ga % 
ming, ga % 
ming, 
ga 

Jami yer fondi 
SHundan 
44405,0 
100,0 44405,0 
100,0 44410,3 100,0 
1. Qishloq xo’jaligi 
korxonalari 
foydalanayotgan yerlar 
25317,8 
57,0 
25112,6 
56,6 
24819,4 55,8 
2. O’rmon xo’jalik 
korxonalari yerlari 
8695,5 
19,7 
8446,3 
19,1 
8402,6 
18,9 
3. Sanoat, transport, 
mudofaa, aloqa va 
boshqa tashkilotlar 
yerlari 
1868,9 
4,2 
1926,3 
4,4 
2264,3 
5,2 
4. Aholi yashash joylari 
226,4 
0,5 
231,2 
0,5 
238,7 
0,5 
5. Zahiradagi yerla 
7492,1 
16,8 
7472,5 
16,8 
7432,8 
16,7 
6. Gidrotexnika va 
boshqa suv xo’jaligi 
tashkilotlari yerlari 
793,8 
1,7 
804,6 
1,8 
822,4 
1,8 
7. Tabiat muhofazasi, 
sog’lomlashtirish va 
madaniy ahamiyatga 
ega yerlar 
10,5 
0,02 
70,8 
0,1 
74,3 
0,1 
8. Boshqa yerlar 


340,7 
0,7 
430,1 
0,9 


106 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2004 yil ma’lumotlariga qaraganda Respublika 
yer fondining asosiy qismi, 55,8 foizi qishloq xo’jaligi tarmog’iga berilgan. Agarda 
o’rmon xo’jaligi, qisman gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi tashkilotlari (oz 
miqdorda bo’lsada qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaradi) va mudofaa 
vazirligiga qarashli ayrim xo’jaliklarda ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarilishini hisobga olsak yuqoridagi raqam yanada kattaroq ulushni egallashini 
anglash mumkin. 
Respublikada 2004 yilning yanvariga bo’lgan ma’lumotga ko’ra 3691,0 ming 
gektardan ko’proq sug’orilib haydaladigan yer, 230 ming gadan ortiqroq bog’ va 
uzumzorlar mavjud.
Respublika qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish tarkibida mustaqillik yillarida 
keskin o’zgarishlar yuz berdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga jalb etilgan yer 
resurslari bugungi kun talabidan kelib chiqib asosan paxta va g’alla ekinlari uchun 
ajratilmoqda.
5-jadval 
O’zbekiston Respublikasida ekin maydonlari tarkibining o’zgarishi (barcha turdagi 
xo’jaliklar bo’yicha ming gektar) 
2003 yil 
2004 yil 
Barcha 
turdagi 
xo’ja lik
larda 
SHir- 
katlar 
da 
Fer mer
xo’ja 
lik 
larida 
Deh 
qon 
xo’ja 
lik 
larida 
Barcha 
turdagi 
xo’ja 
lik
larda 
SHir- 
katlar 
da 
Fer mer
xo’ja 
lik 
larida 
Deh 
qon 
xo’ja 
lik 
larida 
Jami 
ekin 
maydoni 
3790,1 
1967,0 1401,9 421,2 3691,5 1497,1 1761,6 432,8 
Donli ekinlar 
SHundan: 
1790,9 
912,1 
680,3 
198,5 1666,5 661,4 
805,2 
199,9 
Bug’doy 
1507,56 766,6 
581,3 
159,7 1469,7 593,5 
715,1 
161,1 


107 
Sholi 
(guruch) 
121,0 
67,3 
47,8 
5,9 
65,9 
22,7 
40,0 
3,2 
Makka 
don 
uchun 
34,7 
7,3 
7,8 
19,6 
34,5 
5,4 
8,5 
20,6 
Texnika 
ekinlari 
SHundan: 
1445 
847,2 
590,0 
7,8 
1516,8 690,8 
815,6 
10,4 
paxta 
1393 
820 
573 

1455,7 662,9 
792,8 

Kartoshka, 
sabzavot va 
poliz 
237,7 
47,4 
36,7 
153,5 226,9 
31,2 
37,5 
158,2 
Kartoshka 
49,2 
3,4 
2,2 
43,6 
52,4 
3,8 
3,3 
45,3 
Sabzavot 
145,6 
34,1 
17,5 
94 
137,6 
21,3 
19,1 
97,2 
poliz 
41,3 
8,5 
17 
15,8 
35 
5,3 
14,6 
15,1 
Mevali 
bog’lar 
201,5 
108,7 
27,3 
65,6 
198,9 
97,1 
37,8 
64 
Uzumzorlar 
118,2 
76,5 
10,6 
31,1 
116,1 
67,7 
16,3 
32,1 
Em-xashak 
ekinlari 
316,5 
160,2 
94,9 
61,4 
281,3 
113,7 
103,3 
64,3 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Respublika ekin maydonlari yildan 
yilga qisqarib bormoqda va bu kamayish 2004 yilda 2003 yilga nisbatan 98,6 ming 
gektarga yoki 2,7 foizga kamaygan. Ushbu kamayish asosan yem-xashak ekinlari, 
sabzavot, poliz, mevali bog’lar va uzumzorlar hamda g’alla ekinlari hisobiga yuz 
bergan. SHu bilan birgalikda aholining, mamlakat iqtisodiyotining manfaatlaridan 
(xalqaro bozorda paxta xomashyosi konyukturasining o’zgarishini hisobga olib) kelib 
chiqib paxta ekin maydoni 2004 yilda 2003 yildagidan 62,7 ming gektarga yoki 4,5 
foizga oshgan.


108 
Respublika qishloq xo’jaligining chorvachilik tarmog’i ham jadal rivojlanish 
uchun katta resurslarga ega.
6-jadval 
O’zbekiston Respublikasida chorva mollari va parrandalar bosh soni (barcha mulk 
shakllari bo’yicha, ming bosh) 
CHorva molari va 
parrandalar 
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
O’sish(q) 
kamayish (-) 
Qoramollar 
5353,4 5416,1 
5477,6 
5878,8 
6232,6 
879,2 
SHundan: sigirlar 
2343,4 2361,8 
2393,2 
2549,9 
2708,8 
365,4 
Sigirlarning 
salmog’i,% 
43,7 
43,6 
43,7 
43,3 
43,4 

Qo’y va echkilar 
8932,5 9022,6 
9233,9 
9928,6 
11181,9 2249,4 
CHo’chqalar 
85,8 
81,6 
75,4 
89,9 
83,8 
-2,0 
parrandalar 
14510 
14828,7 15354,9 17675,7 18822,6 4216,9 
Otlar 
146,3 
144,7 
143,4 
147,3 
149,4 
3,1 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Respublikada deyarli barcha turdagi 
chorva mollari (cho’chqalardan tashqari) va parandalar bosh soni ko’payib 
bormoqda. 2004 yilda 2003 yilga qaraganda qoramollar bosh soni 879,2 ming, 
sigirlar 365,4 ming, qo’y va echkilar 2249,4 ming, parrandalar bosh soni 4216,9 ming 
boshga oshdi. O’rganilgan davrda faqatgina cho’chqalar bosh soni 2 minga kamayib 
ketgan.
Qoramolchilikning tarkibi 
ham 
ijobiy 
tomonga o’zgargan. 
Agarda 
mustaqillikkacha (1990 yilda) jami qoramollar tarkibida sigirlarning salmog’i 32,6 
foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yildan boshlab bu ko’rsatkich 43 foizdan oshib ketdi 
va shu holat saqlanib qolmoqda. Bu Respublika prezidenti I.Karimovning va 
hukumatining olib borgan oqilona siyosatining natijasida yuz berdi. “Respublika 
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 


109 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 
martida qabul qilingan 137-sonli qarori bilan Respublikamizdagi 1499 ta jamoa 
chorvachilik fermalari yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirilib, 489,1 ming 
bosh qoramollar, shu jumladan 96,3 ming bosh sigirlar chorvadorlarga 
xususiylashtirilib berildi. Keyinchalik ushbu qarorda belgilangan vazifalarni bajarish 
maqsadida aholiga 600 ming bosh zotli buzoqlar sotildi. Natijada chorvachilikning 
asosiy qismi aholi qo’liga o’tdi. Qoramollarning katta qismining aholi qo’liga o’tishi 
uning tarkibini yaxshilanishiga (jami qoramollar sonida sigirlarning ulushining 
ortishiga), ijobiy tabiiy tanlanishning yuzaga kelishiga, yem-xashak ekin maydonlari 
yildan yilga qisqarib borishiga qaramasdan yem-xashak muammosini qisman hal 
etilishiga olib keldi.
Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida O’zbekiston Resublikasi 
dinamik holda rivojlanib borayotgan murakkab iqtisodiy tizimga ega bo’ldi. Qishloq 
xo’jaligi Respulika iqtsodiyotining yirik va muhim tarmog’i sifatida saqlanib qoldi. 
Qishloq xo’jaligi O’zbekiston xalqlarining eng qadimdan shug’illangan asosiy 
sohalardan biri bo’lib, bir necha ming yilliklardan asta-sekin rivoj topib kelmoqda. 
Respublika hududida avvalo chorvachilik keyinchalik dehqonchilik madaniyati tarkib 
topdi. CHorvachilikning asosan qo’ychilik, qoramolchilik, otchilik (yilqichilik), 
asalarichilik, tuyachilik va ipakchilik, dehqonchilikning donchilik, sabzavotchilik, 
polizchilik, bog’dorchilik va paxtachilik tormoqlari yaxshi rivojlandi. Qishloq 
xo’jaligi Respublikamiz hududida yashaydigan xalqlarning asosiy turmush tarziga 
aylangan. Uning rivoji yurtimiz hududida qishloq xo’jaligi bilan bog’liq mehnat 
qurollari ishlab chiqarishning o’sishiga sabab bo’ldi. Natijada asta-sekin bo’lsada 
madaniyat, ilm-fan, kosibchilik rivoj topdi.
XX asrda dunyo mamlakatlari taraqiyotining tez rivojlanishi yurtimizning 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Respublikaning qishloq 
xo’jalik yalpi mahsuloti 1913 yildan 1990 yilga (mustaqillikkacha) qadar bo’lgan 
davrda 188 marta o’sdi. 1913 yildan 1940 yilgacha qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 
1,8 marta, 1960 yilda 51 marta, 1970 yilda 100 marta va 1980 yilda 170 martani 


110 
tashkil etdi. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, o’sish sur’atlari 1960-1980 yillar 
ichida tez bo’lgan. SHu davrda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining o’sishining 
asosiy sabablari narxdagi o’zgarishlar, yangi yerlarni o’zlashtirish hisobiga, nisbatan 
ekstensiv yo’l bilan amalga oshirilgan. Ushbu davrda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
natural holda ishlab chiqarishning o’sishi bunga isbot bo’ladi. 1913 yilda 89 ming 
tonna go’sht (so’yilgan vaznda) ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1990 yilda 419,9 ming 
tonna ishlab chiqarilgan yoki 4,7 martaga oshgan. Sut ishlab chiqarish shu davrda 
11,4 marta, tuxum yetishtirish 30,1 marta, sabzavot 21,1 marta, don ishlab chiqarish 
1,9 marta, paxta yetishtirish esa 11,1 marta, o’simlik Yog’i yetishtirish 8,4 martaga
o’sdi. Raqamlarga e’tibor berilsa, ushbu davrda qishloq xo’jaligining yalpi 
mahsulotining o’sishi mahsulotlarning natural miqdordagi o’sishidan solishtirib 
bo’lmaydigan darajada yuqori sur’atlarda o’sganligini ko’rish mumkin. O’sish 
mahsulotlar narxining o’sishi hisobiga yuz berganini aslida esa salkam 1 asrda o’sish 
15-20 martadan yuqori bo’lmagini ko’ramiz.
Sobiq sho’rolar davrida O’zbekistonda bir tomonlama bo’lsada qishloq 
xo’jaligida katta o’zgarishlar yuz berdi. SHo’rolar davlatining asosiy siyosati 
O’zbekistonning boy tabiiy iqlim sharoitidan umumdavlat manfaatlari uchun 
foydalanishga qaratildi. Natijada Respublika va uning xalqining manfaatlari 
umumdavlat manfaatlariga bo’ysindirildi. Bunday siyosat respublika iqtisodiyotida 
juda katta muammolarni keltirib chiqardi. Olib borilgan siyosatning natijasida qishloq 
xo’jaligi ishlari bilan band bo’lgan respublika aholsining katta qismi past malakali 
mehnat resurslariga aylandi. Umummamlakat manfaatlaridan kelib chiqib 
O’zbekiston asosan paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Uning natijasida 
xalqimiz asrlar mobaynida shug’ullanib kelgan qishloq xo’jaligining ko’plab 
sohalariga e’tibor kamaydi, ularning ayrimlari mutloq yo’qolib ketdi. Jumladan, XX 
asrning 80-yillariga kelib respublikada yetishtirish uchun tarvuz urug’lari 
Rossiyaning Astraxan o’lkasidan keltirildi. paxta ishlab chiqarishni ko’paytirish 
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni keskin kamayishiga olib keldi. 
Birgina misol o’tgan asrning 70-80-yillarida, mustaqillikka erishgan dastlabki 


111 
yillarda respublika uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 80 foizidan ko’prog’i 
import qilinar edi. Dunyoning rivojlangan katta bir qismida oziq-ovqat keragidan 
ortiqcha bo’lib uni sotish muammo bo’lgan bir paytda 80-yillarning oxiriga kelib 
respublikada barcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish talon yoki me’yor tizimiga 
o’tkazildi. Aholi jon boshiga bir oyga 2 kgdan un, 1kg dan shakar, go’sht, Yog’ va 
boshqa mahsulotlar sotiladigan bo’ldi. paxta ishlab chiqarishni ko’paytirish 
maqsadida respublika qishloq xo’jaligiga katta kapital qo’yilmalar sarflandi. Qishloq 
xo’jaligi korxonalarining moddiy texnik ta’minoti yaxshilandi, qishloq infratuzilmasi 
rivojlantirildi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 
katta cho’l massivlari o’zlashtirildi. Ushbu jarayonlar aholini qisman ish bilan 
ta’minlashni yaxshilash, turmush darajasini nisbatan o’stirish imkonini berdi. SHu 
bilan birgalikda katta iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni ham yuzaga 
keltirdi. YAngi cho’l massivlarini o’zlashtirishda yo’l qo’yilgan xatolar hamda 
qanday 
bo’lmasin 
paxta 
yetishtirishni 
ko’paytirish 
xohishi 
yerlarning 
unumdorligining 
pasayishiga, 
ularning 
meliorativ 
holatining 
asta-sekin 
yomonlashuviga, yer osti suvlarining ko’tarilishi, katta ekin maydonlarini 
sho’rlanishining ortishiga olib keldi. Respublika qishloq xo’jaligi rivoji asosan 
paxtachilik bilan bog’lab qo’yildi. Respublikada tarkib topgan va rivojlantirilgan 
sanoat ham ustun darajada paxtachilikka qaratildi. Bir so’z bilan aytganda, sobiq 
sho’rolar davridan bir tomonlama rivojlangan, asosan xomashyo yetishtirishga 
moslashtirilgan, paxtachilikka chuqur ixtisoslashtirilgan, katta iqtisodiy, ijtimoiy 
hamda ekologik kasallik va muammolarga ega qishloq xo’jaligi meros bo’lib qoldi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq juda ko’plab kechiktirib bo’lmaydigan 
masalalarni yechish hayotiy zarurat, vazifa sifatida davlat oldida turar edi. Ulardan 
ayrimlarini eslash foydadan holi emas. Eng avvalo aholi uchun zarur bo’lgan oziq-
ovqat masalani ijobiy hal etish kerak bo’ldi. Xalq manfaati uchun zarurat bo’lgan bu 
muammoni amalga oshirish oson kechmadi. Mustaqil Respublika qishloq xo’jaligi 
davlat mulkchiligiga asoslangan, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan yirik 
xo’jaliklardan (sovxoz va kolxozlardan) hamda aholining yordamchi xo’jaliklaridan 


112 
iborat edi. 1940 yilda 81 ta sovxozlar bo’lgan bo’lsa, 1990 yilga ulaning soni 1034 
taga yetdi. SHu yillarda kolxozlar mos ravishda 1106 ta va 855 tani tashkil etdi. Yirik 
xo’jaliklar yuqori organlar tomonidan tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritar, 
ularni moddiy resurslar bilan ta’minlash markazlashgan holda olib borilar edi. Yirik 
xo’jaliklarni boshqarish xarajatlari ham katta bo’lib, ularning eng asosiy kamchiligi 
o’z ishlab chiqarish yo’nalishini tezda o’zgartira olmas edi. Masalan, paxta ishlab 
chiqarish uchun ixtisoslashgan xo’jalikning barcha texnikalari asosan paxtachilik 
uchun mo’ljallangan bo’lib, don yoki sabzavotchilik uchun deyarli mos kelmas, 
qolaversa urug’lik, ma’danli o’g’it, yoqilg’i moylash materiallari bilan ta’minlashni 
bir mavsumda o’zgaritish imkoni yo’q edi. Yirik xo’jaliklarni texnika va moddiy 
resurslar bilan ta’minlaydigan ko’plab sohalar boshqa respublikalarda joylashgan edi. 
Mustaqil davlatlarning vujudga kelishi yagona bir tizimga aylangan iqtisodning 
barbod bo’lishiga olib keldi. Respublika hududida joylashgan zavod va fabrikalarning 
ham aksariyat qismining to’xtab qolishiga sabab bo’ldi. Shunday holda sho’rolar 
davrida maxsus sharoit va tamoyillar asosida tashkil topgan yirik xo’jaliklarni saqlab 
qolish va ularning faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari keskin pasaydi, 
keyinchalik esa deyarli mumkin bo’lmay qoldi.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olib priezidentimiz I.Karimov tomonidan 
mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, jumladan qishloq xo’jaligini isloh 
qilishning kontseptsiyalari ishlab chiqildi. Mustaqilikning dastlabki kunlaridayoq 
oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash ustivor yo’nalish sifatida belgilandi va eng avvalo 
chuqur islohotlar qishloq xo’jaligida amalga oshirila boshlandi. Natijada paxta 
yakkaxokimligiga baham berilib, g’alla mustaqilligiga erishish maqsadida sayi 
xarakatlar qilindi va tarixan qisqa muddat ichida ushbu maqsadga erishildi. 1996 
yilga kelib O’zbekiston Respublikasi g’alla mustaqilligiga erishdi. Ba’zan g’allaga 
nisatan paxtaning foydasi, iqtisodiy samarasi ko’proq, shu sababli paxta ishlab 
chiqarishga asosiy e’tiborni berish kerak degan fikrlarni uchratamiz. Bu fikr umuman 
olganda to’g’ri ekanligini inkor etmoqchi emasmiz. Lekin sovetlar davlatining 
parchalanishi eski aloqalarning deyarli izdan chiqishiga olib kelgan, traditsion g’alla 


113 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan respublikalar Rossiya, Ukraina, Qozoqistonlarning 
o’zlari o’z xalqini g’alla bilan ta’minlashi murakkab bo’lib qolgan sharoitda oziq-
ovqatsiz, uning asosi bo’lgan g’allasiz taraqqiyotni, umuman hayotni tasavvur qilish 
qiyin. SHu sababli o’tish davrining dastlabki kunlaridanoq g’alla mustaqilligiga 
intilish, O’zbekiston Respublikasi prezidenti, uning hukumati o’ta salohiyatli 
ekanligini va to’g’ri yo’l tanlaganligini hayotning o’zi isbotlamoqda. 
Bizga meros bo’lib qolgan iqtisodiyotning, jumladan qishloq xo’jaligining 
oldida hal etilishi lozim juda ko’plab og’ir maqsadli vazifalar turar edi. Bu vazifalarni 
shartli ravishda quyidagicha ifodalash mumkin. 
Birinchidan, xalq faravonligi, mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni miqdor jihatdan ko’paytirish. Bu 
borada ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur edi va 
bu vazifa hozir va kelajakda ham dolzarb bo’lib qoladi. Hozirda aholi iste’moli uchun 
zarur bo’lgan don ishlab chiqarishga yerishildi. Ammo chorvachilik mahsulotlari 
ishlab chiqarish borasida katta muammolar mavjud. 2000-2004 yilarda aholi jon 
boshiga o’rtacha go’sht ishlab chiqarish 34 kg, sut ishlab chiqarish 164 kgni tashkil 
etdi. U tibbiy me’yordagidan ikki martaga yaqin kam. SHu sababli qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini miqdor jihatdan ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish asosiy maqsadli 
vazifalardan biri hisoblanadi va bu muammo Respublika prezidenti va hukumatining 
diqqat e’tiborida turibdi. 
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va 
assortimentini yaxshilab borish zarur. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi paxta 
ishlab chiqarishda dunyoda beshinchi o’rinda, paxta tolasini sotish bo’yicha esa 
ikkinchi o’rinda turadi. paxta tolasini sotish mamlakat eksportning 18-19 foizini 
tashkil etmoqda. Mamlakatda yetishtirilayotgan paxta tolasining sifatini keskin 
yaxshilash iqtisodiyotga juda katta iqtisodiy samara keltiradi. Dunyo davlatlari va 
Respublikamiz to’qimachilik sanoati talab qiladigan tipdagi tolalar yetishtirishni 
ko’paytirish zarur. Sifatni va qishloq xo’jaligi mahsulotlari assortimentini yaxshilash 


114 
zarurati respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirishning eng asosiy yo’nalishi sifatida 
belgilangan. 
Uchinchidan, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish doimiy zarurat 
hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish mamlakat qishloq xo’jaligini 
raqobatbordoshligini kuchaytiradi, aholining turmush sharoitini yaxshilaydi, 
mahsulot ishlab chiqarishni ko’payishiga va uning sifatining talab darajasiga yetishini 
ta’minlaydi.
To’rtinchidan, 
qishloq 
xo’jaligi 
mahsulotlari 
yetishtirishni 
nisbatan 
arzonlashishiga erishish lozim. Albatta bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi 
o’ziga kerakli texnika, yoqilg’i, ma’danli o’g’it, boshqa tovar va xizmatlarni bozor 
bahosida sotib oladi. O’z mahsulotini esa o’zi uchun foydali narxlarda hamisha ham 
sota olmaydi. Aholining daromadlarining o’sishi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining 
o’sishidan kattaroq bo’lishini ta’minlash kerak. Hozirda respublika aholisi o’z 
daromadlarinig 51-52 foizini oziq-ovqat uchun sarflayotgan bo’lsa, kelajakda bu 
ko’rsatkich kamayib borishi (aholining oziq-ovqat bilan ta’minlanishi yaxshilanib 
borishi asosida) kerak. 
Beshinchidan, qishloq joylarni, hududlarni imkon darajasida bir me’yorda 
rivojlanishini ta’minlashga e’tiborni kuchaytirish vazifasi ham juda dolzarb 
hisoblanadi. Qishloq hududlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini yanada yuksaltirish, 
ish joylarini tashkil etish ko’plab salbiy holatlarning oldini oladi. prezidentimizning 
qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash to’g’risidagi farmon va 
qarorlarining qabul qilinishi, maxsus dasturlar ishlab chiqarilishi qishloqni ijtimoiy 
va iqtisodiy rivojlanishiga e’tiborning kuchli ekanligini ko’rsatadi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
siyosat natijasida qishloq xo’jaligida chuqur tarkibiy, ijtimoiy va mulkiy 
munosobatlar o’zgarishi yuz berdi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotni jumladan
qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilishning nazariy asoslari prezident I.Karimov 
tomonidan ishlab chiqildi. prezidentimiz asarlarida iqtisodiy rivojlanishning turli xil 
kontseptsiyalari tahlil etildi.


115 
Birinchi kontseptsiya – Asosiy ehtiyojlar kontseptsiyasiya – aholi eng kam 
tirikchilik ehtiyojini kafolatli tarzda ta’minlash va ish bilan band qilish muammosini 
hal etishga qaratilgan; 
Ikkinchi kontseptsiya – Maqbul yoki tegishli texnologiya kontseptsiyasi – 
aholining mehnatga layoqatli qismining bandligini ta’minlaydigan va mahalliy 
xomashyoni, avvalo qishloq xo’jaligi xomashyosini birlamchi va chuqur qayta 
ishlashga qaratilgan. Bu kontseptsiya eng ilg’or texnologiyalarni rivojlantirish 
zarurligiga asoslanadi; 
Uchinchi kontseptsiya – O’z kuchiga jamoa bo’lib ishonish kontseptsiyasi – 
mavjud zahiralardan to’liqroq foydalanishga va mamlakat iqtisodiyotini boshqa 
davlatlarga qaramligiga barham berishga qaratilgan; 
To’rtinchi kontseptsiya – Yangi xalqaro iqtisodiy tartib kontseptsiyasi – 
rivojlanayotgan yurtimizning iqtisodiy qoloqligini tugatish va boshqa davlatlar bilan 
teng huquqli sheriklar sifatida faoliyat yuritishiga qaratilgan. 
Olib borilgan rejali ishlar natijasida tarmoqda ma’lum ijobiy yutuqlarga 
erishildi.
Birinchidan, mamlakat iqtisodiyoti, jumladan qishloq xo’jaligi bozor 
iqtisodiyoti talablari sharoitida faoliyat ko’rsatishlari uchun kerakli huquqiy asos 
yaratildi. Tarixan qisqa davrda umuman iqtisodiyotga tegishli 100 dan ortiq qonunlar 
ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ular qatoriga O’zbekiston Respublikasining yer 
kodeksi, Fermer xo’jaligi to’g’risida, Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat 
xo’jaligi) to’g’risida, Dehqon xo’jaligi to’g’risida kabi qishloq xo’jaligi tarmog’iga 
oid qator qonunlarni kiritish mumkin. Mustaqillik yillarida bevosita qishloq 
xo’jaligiga oid 140 dan ortiq prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari qabul qilindi hamda turli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bu qonun va 
me’yoriy hujjatlar qishloq xo’jaligi korxonalarining xatti – xarakatlarini belgilab 
beradi. Natijada qonun doirasida iqtisodiy munosabatlarni tarkib toptirish imkoni 
yaratildi. Qishloq xo’jaligida boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik, iqtisodiy va 


116 
sotsial pisixologik usullaridan foydalanilganda qonunga asoslanish imkoniyati 
yaratildi.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida ham amalda ko’p ukladli iqtisod tarkib topdi. 
Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talabiga ko’ra olib borilgan iqtisodiy siyosat 
natijasida, turli mulkchilikga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar vujudga 
keldi. Natijada qishloq xo’jaligi korxonalarining asosiy qismi nodavlat mulkga 
asoslangan bo’lib, bu davlat mulkiga asoslangan korxonalarning kamayishiga sabab 
bo’ldi. 1991 yilda qishloq xo’jaligi korxonalarining deyarli asosiy qismi (kolxoz 
kooperativ mulkga asoslangan bo’lganligi bilan amalda davlat mulkiga asoslangan 
sovxozlardan deyarli farqi yo’q bo’lib qolgan edi) davlat mulkiga asoslangan 
xo’jaliklar edi.
Bugungi kunga kelib qishloq xo’jaligida 406 ta shirkatlar, 55 ta davlat, 190 
mingdan ko’proq fermer xo’jaliklari, 564 ta xususiy chorvachilik fermalari va 4481,7 
mingta dehqon xo’jaliklari faoliyat ko’rsatib turibdi. 2000 yilda qishloq xo’jaligida 
yetishtirilgan maxsulotning 98,4% foizi nodavlat mulk shakliga asoslangan 
xo’jaliklar hissasiga to’g’ri keldi. 2004 yil ma’lumotlariga ko’ra qishloq xo’jaligi 
yalpi mahsulotining 59,7 foizi aholining dehqon, 20,4 foizi fermer va 19,9 foizi yirik 
shirkat hamda davlat xo’jaliklarida yaratildi. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer 
xo’jaliklari mustahkamlanib, kuchayib bormoqda. Agarda 1995 yilda bir fermer 
xo’jaligiga 10,4 gektar yer to’g’ri kelgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatgich 28,2 
gektarni tashkil etdi yoki 2,7 marotaba kattalashgan. Fermer va dehqon 
xo’jaliklarining ko’payib borishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyotining uchta 
ustunidan biri hisoblangan xususiy mulkchilik ham qishloq xo’jaligida qaror 
topayotganidan va rivojlanayotganidan dalolat beradi. O’zbekiston Respublikasi 
uchun ham fermer xo’jaligi tarixan qisqa muddat ichida qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqarishni tashkil etishning samarali shakli ekanligini amalda isbot qildi. Fermer 
xo’jaliklari o’z mohiyatiga ko’ra resurslarni tejashni ta’minlaydi. Bu xo’jaliklada 
moddiy manfaatdorlik yuqori. Natijada mehnatning samaradorligi yuqori bo’lib, 
barcha faoliyat asosan foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birgalikda fermerlikni 


117 
rivojlantirishda hali juda ko’plab muammolar mavjud. Jumladan, fermer xo’jaliklari 
iqtisodiy 
samarali 
mo’’tadil 
hajmi 
(katta, 
kichikligi) 
aniqlanmaganligi, 
iqtisodiyotining zaifligi, ularga xizmat ko’rsatish tizimining yetarli darajada 
rivojlanmaganligi, mini texnikalarning yetishmasligi, yetishtirgan mahsulotlarini 
sotish kanallarining takomillashmaganligi bunga misol bo’lishi mumkin. Bular 
yechsa bo’ladigan muammolar bo’lganligi sababli hamda fermerlik ishlab chiqarishni 
tashkil etishning samarali shakli ekanligini hisobga olib, fermerlik qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishi deb haqli hisoblanmoqda. Hozirda yurtimizda 
fermer xo’jaliklarini 2004-2006 yillarga mo’ljallangan rivojlantiish kontseptsiyasi 
qabul qilingan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Zarar ko’rib ishlayotgan, 
istiqboli bo’lmagan shirkatlar tugatilib ularning hududida konkurs asosida fermer 
xo’jaliklari tashkil etilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida Respublika qishloq xo’jaligi 
yalpi mahsulotida fermer xo’jaliklarining ulushi ortib bormoqda. Bir so’z bilan 
aytganda, qishloq xo’jaligida bugungi kun talabidan kelib chiqib ishlab chiqarishni 
tashkil etishning yangi shakllari vujudga kelmoqda va ular takomillashib bormoqda
7-jadval 
Respublika qishloq xo’jaligi mahsulotlarida turli mulk shakllarining va 
tarmoqlarining ulushi, (% da) 
№ Ko’rsatkichlar 
2001 
2002 
2003 
2004 
2005 
1. Qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotida shirkatlarning 
salmog’i, % 
28,6 
27,9 
28,1 
22,2 
19,9 
2. Qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotida fermer 
xo’jaliklarining salmog’i, % 
10,3 
11,4 
12,1 
14,8 
20,4 
3. Qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotida dehqon 
xo’jaliklarining salmog’i, % 
61,1 
60,7 
59,8 
63,0 
59,7 


118 
4. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti, 

SHundan: 
100,0 
100,0 100,0 
100,0 100,0 
5. O’simlikchilik tarmoqlari 
salmog’i, % 
52,6 
51,6 
50,6 
51,6 
53,7 
6. CHorvachilik mahsulotlari 
salmog’i, % 
47,4 
48,4 
49,4 
48,4 
46,3 
Uchinchidan, bozor iqtisodiyotida rivojlanishni ta’minlovchi to’rt omildan biri, 
ishbilarmonlik shakllanib, rivojlana boshladi. Qishloq xo’jaligida 135 mingdan 
ko’proq fermer, 4481,7 ming dehqon xo’jaliklarining va 564 ta xususiy chorvachilik 
fermalari hamda minglab qishloq xo’jaligiga xizmat qiladigan va uning 
mahsulotlarini qayta ishlaydigan xususiy kichik korxonalarning mavjudligi hozircha 
ko’p bo’lmasada mulkdorlar, ishbilarmonlar guruhi vujudga kelganligini ko’rsatadi. 
Bu omil bozor iqtisodiyotida hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Ishbilarmonlik rivojlanib, u 
bilan shug’illanuvchilar soni va sifati oshib borgan sari bozor iqtisodiyoti kuchayadi 
va xalqning turmush sharoiti yaxshilana boradi.
Qishloq xo’jaligida olib borilgan islohotlarning natijasida qishloqda kichik 
tadbirkorlik sub’yektlari soni ortib, ularning iqtisoddagi ulushi ko’payib bormoqda. 
Agarda 2000 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik 
tadbirkorlikning ulushi 71,4 foiz bo’lgan bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 78,1 
foizga 2004 yilda esa 80,9 foizga yetgan.
To’rtinchidan, bugungi kun hayot talabidan kelib chiqqan holda xo’jalik 
yuritishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi va tadbiq qilindi. Mustaqillikning 
dastlabki davrlarida xo’jalikning mineral o’g’itlarga, yoqilg’i-moylash materiallariga, 
elektr energiyasiga hamda ish haqiga bo’lgan talabini qondirish uchun olinadigan 
qismi uchun hisob – kitoblar maxsus schet orqali amalga oshiriladigan qilindi. 
Natijada qishloq xo’jaligi korxonalarini texnika, yoqilg’i –moylash materiallari, 
elektr energiyasi, miniral o’g’itlar bilan yil davomida uzluksiz ta’minlab turish 


119 
imkoniyati yaratildi. Sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari baho paritetining 
o’zgarishi o’zgacha yo’l tutish imkonini bermaydigan bir paytda amaldagi mexanizm 
o’zining ijobiy rolini o’ynadi. Bu mexanizm bir qancha afzalliklarga ega. 
Birinchidan, barcha qishloq xo’jalik korxonalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish 
uchun kerakli bo’lgan moddiy resurslar bilan ta’minlash imkonini berdi. Ikkinchidan, 
qishloq xo’jaligiga mineral o’g’it, yoqilg’i – moylash matteriallari, elektr energiyasi 
ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan tarmoqlarni kafolatlangan holda o’z 
mahsulotlari uchun haq olishini ta’minldi. Uchunchidan, inflyatsiyani kuchayishiga 
yo’l qo’ymaydigan katta makroiqtisodiy ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki bu mexanizm 
bo’yicha moliyaviy resurslarni turli yo’llar bilan naqd pulga aylantirish imkoniyati 
yo’qqa chiqarildi. Albatta bu mexanizm ma’lum kamchiliklarga ham ega. Eng asosiy 
kamchiligi xo’jaliklarning moddiy manfaatdorlik va javobgarligini qisman susaytirdi. 
Sog’lom raqobatni kuchini kamaytirdi, ayrim hollarda yo’qqa chiqaradi. Bu 
mexanizm iqtisodiy kamquvvat yoki zarar bilan ishlaydigan korxonalar uchun 
foydali, yaxshi ishlayotgan va katta samara olayotgan xo’jaliklar uchun esa aksincha. 
Umuman qishloq xo’jaligi tarmog’ining manfaati uchun yaxshi bo’lgan bu mexanizm 
bo’yicha iqtisodiy baquvvat, katta foyda oladigan xo’jaliklarning o’zi ishlab topgan 
mablag’laridan samarali foydalanish imkonini susaytiradi. Natijada yaxshi va yomon 
faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari ma’lum darajada bir xil 
sharoitga (holatga) qo’yilmoqda. Bu o’z navbatida yaxshi ishlayotgan qishloq 
xo’jalik korxonalarida samaradorlikni yanada oshirish uchun manfaatdorlikni 
susaytiradi. Resurslarni tejashga qaratilgan mexanizmni yaratish bu sxemada o’z 
ifodasini topmadi. SHu sababli respublika hukumati bu kamchiliklarni vaqtinchalik 
yumshatish imkoniyatini qidirib topdi. Ma’danli o’g’it, yoqilg’i – moylash 
materiallari, elektr energiyasi yetkazib beruvchi sohalardan hamda ish haqidan qarzi 
bo’lmagan iqtisodiy baquvvat qishloq xo’jaligi korxonalarini mavjud sxemadan 
chiqarib ularning mablag’larini o’zlarining hisob raqamlariga tushirib berish 
maqsadga muvofiq deb topildi. 2005 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo’jaligi 
korxonalari o’z joriy harajatlari uchun zarur mablag’ni banklardan kredit tariqasida 


120 
oladigan bo’ldi. Bu samarali ishlashga qiziqishni kuchayishiga, ishlab chiqarishni
foyda bilan yakunlashga intiluvchi korxonalarning ko’payishiga olib keladi.
Beshinchidan, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida 
chuqur tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish 
keskin ko’paydi. Tarixan qisqa davrda g’alla mustaqilchiligiga erishildi. Agarda 1990 
yilda 1808,2 ming tonna don ishlab chiqarilgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2000 yilga kelib 
4,1 mln. tonnani tashkil etdi. 1990 yilda jami donda bug’doyning salmog’i 32,7 foizni 
yoki 592,2 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilga kelib bu ko’rsatkichlar mos 
holda 82,9 foizni va 3,4 mln. tonnani tashkil etdi. 2004 yilda 6017,1 ming tonna don, 
shundan 5502,5 ming tonna bug’doy ishlab chiqarildi. 2006 yili jami bo’lib 6,1 mln. 
Tonna don yetishtirildi. paxta ishlab chiqarish 2000 yildan keyin birinchi bor 3,5 mln. 
tonnadan oshib ketdi. 
Aholiga tomorqa yerlarining berilishi ularning turmush sharoitini yomonlashib 
ketishiga yo’l qo’ymadi. Mustaqillik yillarida aholiga 682,5 ming gektardan ortiqroq 
yer uy – joy qurish va tomorqa uchun berildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligi 
mahsulot turlarning 60-85 foiziga yaqini dehqon xo’jaliklarida ishlab chiqarilmoqda.
Oltinchidan, qishloq aholisining ichimlik suv va gaz bilan ta’minlanish darajasi 
keskin oshib bormoqda. 2000 yilda qishloq aholisining ichimlik suv bilan 
ta’minlanish darajasi 67,8 foizga, gaz bilan ta’minlanishi 56,7 foizga yetdi. 2004 
yilga kelib aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanishi 76,2 foizga, 
tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi 86,5 foizga yetdi. Mustaqillik yillarida qishloq 
joylarda maktab va maktabgacha bo’lgan muassasalar, sog’liqni saqlash tizimiga 
tegishli poliklinika, shifoxonalar va ko’plab sport inshoatlari qurildi. Albatta bu 
sohada hali qilinadigan ishlar juda ko’p. yechimini kutayotgan muammolar mavjud. 
Bu to’xtovsiz jarayon bo’lib, doimiy rivojlantirilib borladi. Ijtimoiy sohaning 
rivojlanishi aholining turmush darajasini yaxshilashga olib kelmoqda. 
Ettinchidan, qishloq xo’jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez 
moslashadigan bo’ldi. Bir yilning o’zida paxta maydoni ko’payib, boshqa ekin 


121 
maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Mustaqillikkacha bu jarayonlarni orzu qilish 
mumkin emas edi.
Sakkizinchidan, 
bizning 
fikrimizcha, 
mustaqillik 
yillarida 
erishilgan 
yutuqlarning eng muhimi aholining dunyoqarashi iqtisodiy qonuniyatlar talabida 
o’zgarib borayotganligidadir. Aholining, jumladan, qishloq aholisining asosiy qismi 
qiyinchilik bilan bo’lsa-da boqimandachilik kayfiyatidan xalos bo’lmoqda.
To’qqizinchidan, qishloq xo’jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez 
moslashadigan bo’ldi. Bir yilning o’zida paxta maydoni ko’payib, boshqa ekin 
maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Oldinga davrlarda buni orzu qilish mumkin 
emas edi. 
Mamlakat qishloq xo’jaligini izchil rivojlantirish maqsadida ko’rilgan chora – 
tadbirlar bugun o’z samarasini bermoqda. Eng muhimi qishloq xo’jaligiga e’tiborning 
kuchayganligidir. Qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimini rivojlantirish maqsadida 
O’zbekiston suv va qishloq xo’jalik vazirligi, “O’zmevasabzavotuzumsanoat – 
xolding” xolding kompaniyasi, O’zbekiston fermer xo’jaliklari uyushmasi, “O’zbek 
ipagi” pillachilik uyushmasi tuzildi. Respublikada qorako’lchilikni rivojlantirish 
maqsadlarida hukumat hujjatlari tayyorlandi.
Qishloq xo’jaligida xizmat ko’rsatadigan infratizilmani rivojlantirmasdan 
islohotlardan ko’zda tutilgan natijalarga erishish mumkin emasligini anglab, bu soha 
imkon darajasida rivojlantirilmoqda. Natijada “O’zagrolizing” lizing kompaniyasi 
“O’zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy ishlab 
chiqarish 
markazi, 
“O’zqishloqxo’jalikmash–xolding” 
xolding 
kompaniyasi, 
“O’zagrokimyota’minot” 
birlashmasi, 
“O’zagrosug’urta” 
kompaniyasi, 
ixtisoslashgan tijorat banklari kabi xizmat ko’rsatuvchi tizim tashkil etildi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ko’rsatilgan 
amaliy yordamning biri, iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan xo’jaliklar xukumat 
tomonidan sanatsiya qilindi. Bu korxonalarning barchasida tashqi boshqaruvchi 
tayinlandi. Yilning 1 yanvar holatiga ko’ra byudjetga to’lanmagan to’lovlar va ular 
bo’yicha penyalar, pensiya jamg’armasi, Ish bilan ta’minlash jamg’armasi, Ijtimoiy 


122 
sug’urta jamg’armasi va yo’l jamg’armasidan penya qo’shilgan holdagi qarzlarini 
to’lash ma’lum yilgacha kechiktirildi. Ularning debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
kamaytirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belglandi. Albatta hozirda qishloq 
xo’jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to’tatildi. Lekin 1998-2002 yillarda ushbu 
tadbir o’z samarasini berdi. Masalaning muhim tomoni shundaki bugungi kunda 
iqtisodiyotimizda bozor instrumentlari ishlamoqda. Davlat iqtisodiy nochor ahvolga 
tushib qolgan, ammo iqtisodiyotimiz uchun zarur bo’lgan xo’jaliklarni davolovchi 
funktsiyasini bajardi.
Amalga oshirilayotgan muhim ishlardan yana biri urug’chilikni yaxshilashga 
juda katta e’tibor berilayotganidir. Ayniqsa, paxtachilikda urug’chilikni rivojlantirish 
maqsadida xorijiy mutaxassislar va hamkorlar bilan katta ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoshida paxta 
loyihalari bo’yicha maxsus agentlik faoliyat ko’rsatmoqda. Bug’doyning yangi 
serhosil “Karlik 85”, “Dobraya” navlari sinovdan o’tmoqda. Daslabki 3 yillik sinov 
natijalariga ko’ra ular hosildorligi, sifati jihatidan hozirgi rayonlashtirilgan bug’doy 
navlariga qaraganda 15-20 foizga yuqori. pillaning YAponiya, Janubiy Quriyadan 
sermahsul urug’lari olib kelinib ko’paytirilmoqda. yer resurslarning cheklanganligi, 
turli sabablarga ko’ra aholi jon boshiga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi ekin 
maydonlarining kamayib borishi sohani intensiv rivojlantirishni talab etadi. Qishloq 
xo’jaligini intensivlashtirish uning moddiy texnika ta’minotini, ekinlarning serhosil 
navlari va sermahsul zotli chorva mollarining bo’lishini, ma’danli o’g’itlar va 
kimyoviy vositalar bilan ta’minlanishini yaxshi bo’lishni talab qiladi. Shu maqsadda 
mamlakatimizga, o’z sohasi bo’yicha, dunyoning eng nufuzli kompaniya va 
korporatsiyalarining unversal va maxsus qishloq xo’jaligi texnikalari kirib kelmoqda.
Bir so’z bilan aytganda qishloq xo’jaligida katta iqtisodiy salohiyat 
(imkoniyatlar) vujudga keltirilmoqda. Endigi vazifa qishloq xo’jaligining iqtisodiy 
quvvatini yanada oshira borgan holda uning mavjud quvvatlaridan maksimal 
foydalanishdir. 


123 
Bugungi kunda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda bizning nazarimizda 
quyidagilarga e’tiborni kuchaytirish ko’proq samara bergan bo’lar edi.
Jamiyatni rivojlantiradigan asosiy kuch manfaatdir. Shu sababli barcha 
qilinayotgan ishlar mumkin qadar manfaatdorlikga asoslanishi kerak. Shu o’rinda 
iqtisodiy manfaatni ustun qo’yish zarur. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishni 
o’ziga xos yo’li prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Uning asosini 5 
tamoyil tashkil qilib ularning birinchisi iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligidir. 
Aynan shu tamoyil iqtisodiy manfaatni, iqtisodiy rivojlanishning birinchi darajali 
omili ekanligini ifodalaydi. Shu borada bugungi kunda tarkib topgan o’zaro hisob-
kitob (o’g’it, yoqilg’i, elektr energiyasi va texnika uchun) larni asta-sekinlik bilan 
o’zgartirish lozim bo’ladi. Har bir xo’jalik o’zi sarflagan xarajatlarini olgan tushim 
bilan qoplab, foyda olishi ham zarur. Bu tamoyil xo’jalikning eng birlamchi 
bo’g’inlarigacha yetib borish kerak. Bugungi kunda xo’jalikda mavjud oila, zveno, 
brigada pudratlarida ishlayotganlarning 90 foizi belgilangan vazifani uddalagan 
holda, qolgan 10 foiz pudratchilarning o’z ko’rsatkichlarini bajarmasligi natijasida 
xo’jalik bo’yicha topshiriq 1 foizga bajrilmay qolsa ham, topshiriqni bajargan 90 foiz 
pudratchilar moddiy manfaatdorlikdan yetarli darajada to’liq foydalana olmaydilar. 
Bu o’z navbatida moddiy manfaatdorlik tomoyilining buzilishiga, samaradorlikni 
pasayishiga olib keladi. Shu sababli ham, birining yomon ishlashi hisobiga ikkinchisi 
manfaatdorlikdan mahrum bo’lmasligi kerak.
Asosiy e’tiborni sifat ko’rsatgichlarga qaratish lozim bo’ladi. Iqtisodiyotni 
ko’plab resurslar sarflash evaziga emas balki cheklangan resurslardan unimli 
foydalanib samaradorlikni oshirishga qaratish maqsadga muvofiq. Intensiv 
rivojlanishgina mamlakatni orzu qilgan darajaga olib chiqa oladi halos. Masalan, 1,5 
mln. gektarga boshoqli don ekilgan bir paytda hosildorlikni 40 sentnerga yetkazsak 
6,0 mln. tonna don bo’ladi. Andijon viloyati 1 ga yerdan 67 sentnerdan olgan holda 
respublika bo’yicha 40-50 sentnerdan don yetishtirish mumkin emasmi? Xuddi 
shunday paxta ham 1,5 mln. ga yerga ekilmoqda. Hosildorlikni 30 sentnerga 
yetkazish 4,5 mln. tonna paxta demakdir. Hosildorlikni oshmasa bu hajmdagi 


124 
mahsulotni yetishtirish uchun bugungi kunda qo’shimcha 1,8-2,0 million gektar 
qo’shimcha yer talab qiladi. yerning cheklanganligi, aholi sonini ko’payib borishi, 
sanoatning rivojlanishi, qurilishning ko’payishi bir jon boshiga to’g’ri keladigan yer 
birligini kamayishiga olib keladi. Shu sababli ham qishloq xo’jaligini 
intensivlashtirish ob’yektiv zarurat bo’lib, bundan boshqa yo’l yo’q. 
Xo’jalik rahbarlari xo’jalikda mavjud bo’lgan mulkni saqlash, uni ko’paytirish 
uchun javobgarlikni aniq his qilishlari kerak. Hissadorlik, paychilikga asoslangan 
xo’jaliklarda hissadorlar rahbarlardan o’zlariga tegishli mulkni saqlashni va 
ko’paytirishni talab qilishlari kerak. Hissadorlarning shunday darajaga ko’tarilishi 
iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqadi.
Dehqon va fermer xo’jaliklarini yanada rivojlantirish talab qilinadi. Qishloq 
xo’jaligining kelajagi aynan shu turdagi xo’jaliklar bilan bog’liq. Chunki yuqorida 
qayd etilgan iqtisodiy manfaatdorlik dehqon va fermer xo’jaliklarda boshqa turdagi 
ishlab chiqarish korxonalaridagidan yuqori. Joylardagi rahbar mumaxassislar buni 
qancha tez anglab yetsa shuncha rivojlanish yaxshi bo’ladi.
Dehqonga faqatgina yer, mulk bergan bilan yetarli natijaga yerishib bo’lmaydi. 
Uzoq muddatga yerni ijaraga berish bilan bir qatorda yetishtirilgan mahsulotni 
tasarruf qilish imkonini ham berish kerak. yetishtirilgan mahsulot faqat ixtiyoriy 
shartnomalar asosida sotilishi kerak. Albatta davlat manfaati, buyurtmalar asosida 
amalga oshirilib boradi. Chunki yerga egalik (ijara shartnomasi asosida) masalaning 
yarim yechimi. yetishtirilgan mahsulotga ega bo’lish huquqi ikkinchi yarim 
yechimidir. Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning moliyaviy 
imkoniyatlarining shakllanishi o’zgachadir. Ya’ni yil davomida asosan faqat xarajat, 
daromad esa yil oxirida shakllanadi. Demak qishloq xo’jaligining yaxshi ishlashidan 
manfaatdor tarmoqlar (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar) yil 
davomida qishloq xo’jaligini moddiy qo’llab turish imkoniyatlari ustida ishlashlari 
kerak. Buning yo’llaridan biri fyuchers shartnomalari asosida ishlashdir. Bu qayta 
ishlovchi tarmoq uchun ham yaxshi. Chunki qaysi turdagi mahsulot qancha va 
qanday sifatda kerakligiga qarab shartnomalar tuzadi. Bozor sharoitida zarar bilan 


125 
ishlaydigan har bir korxona alohida tahlil qilinishi va bir to’xtamga kelinishi ma’qul. 
Bonkrot holatiga kelgan, shu shaklda tiklanishi mumkin bo’lmagan korxonalar 
tugatilish va yeri aholiga ijara shartnomasi asosida taqsimlanib berilishi maqsadga 
muvofiqligini prezidentimiz juda to’g’ri belgilab berdi.
Ba’zan, barcha rivojlangan davlatlar qishloq xo’jaligiga dotatsiya beradi bizda 
ham buni tezroq joriy qilish lozim degan fikrlar uchraydi. Albatta bu fikr ijobiy 
bo’lib, qishloq xo’jaligini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo biz 
endigina mustaqil bo’lganimizni, iqtisodiyotimizning bir tomonlama rivojlangan 
bo’lganligini, eski iqtisodiy aloqalar uzilib qolganligi natijasida yuzaga kelgan qator 
masalalarni va shunga o’xshash ko’plab muammolarni hal qilishga duch 
kelayotganimizni unutmasligimiz kerak. Iqtisodiy rivojlangan, qishloq xo’jaligiga 
dotatsiya berayotgan davlatlarda qishloq xo’jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulishi 
1-5 foizdan oshmasligini e’tiborga olsak masalaning ayrim tomonlari oydinlashadi. 
Masalan, 1996-2001 yillari Germaniya va AQSHning yalpi ichki mahsulotida qishloq 
va o’rmon xo’jaligi hamda baliqchilik tarmoqlarining salmog’i atigi 1,1-2,36 foiz 
atrofida bo’lgan. Bu raqamlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 
davlat byudjeti sanoat va boshqa xizmat ko’rsatadigan tarmoqlardan tushadigan 
mablag’ hisobiga shakllanadi. Natijada, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan 
dotatsiyalab turish imkoniyatlari katta. Bizning mamlakatimiz mustaqillikga erishgan 
1991 yilda jami yalpi ichki mahsulotning 36,8 foizi qishloq xo’jaligida yetishtirilgan 
edi. 2000 yilda bu ko’rsatkich 30,4 foizni tashkil qildi. 2004 yilga kelib 26,8 foizni 
tashkil etdi, 2005 yilda esa 25,0 foizni darajasida bo’ldi. Demak, qishloq 
xo’jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulishi kamayib, sanoat va boshqa 
tarmoqlarning hissasi oshib bormoqda. Bugungi kunda sanoatni, xizmat ko’rsatish 
tarmoqlarni rivojlantirishda qishloq xo’jaligining ahamiyati katta. Mamlakat 
sanoatlashib borgan sari qishloq xo’jaligiga amaliy iqtisodiy yordam qilish 
imkoniyatlarimiz ortib boradi. Bu o’zgarishlar mamlakatimizda olib borilayotgan 
iqtisodiy siyosat uzoqni o’ylab qilinayotganidan dalolat beradi.


126 
Qishloq xo’jaligi ijtimoiy masalalar chuqurlashib ketishga yo’l qo’ymaydigan
tarmoqlarning asosiylaridan biridir. Chunki aholini ish bilan ta’minlashda uning o’rni 
beqiyos. Aholining iqtisodiy faol qismining 44 foizidan ko’prg’i qishloq xo’jligida 
band. Kelgusida sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarining rivojnishi uchun zaur 
mehnat resuslarini yetkazib berishda qishloq xo’jaligi eng katta imkoniyatlarga ega. 
Umuman olganda, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi turmushi 
darajasining ortishi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi, qishloq 
xo’jaligi tarmog’i bilan bog’liq. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi nisbatan 
ko’p moliyaviy resurslarni talab qilmasdan katta samara berishi mumkin bo’lgan 
tarmoqlardan biriga kiradi. Bu esa o’tish davri iqtisodiyoti uchun juda katta muhim 
omillardan biridir.
Hozirda O’zbekiston qishloq xo’jaligi nisbatan rivojlangan tarmoq hisoblanadi 
va unda iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. 2002 yilda O’zbekiston qishloq xo’jaligi 
yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 3257,2 mlrd. so’mlikni tashkil etdi. Barcha 
turdagi xo’jaliklar tomonidan 5792,5 ming tonna don, 3,16 mln. tonna paxta, tirik 
vaznda 864,7 ming tonna go’sht, shungdek 1367,1 mln. dona tuxum yetishtirildi, 
3719,4 ming tonna sut sog’ib olindi.
Respublikada 
mulkiy 
munosabatlar 
rivojlantirilmoqda. 
Mulkiy 
munosabatlarning asosiy qoidalari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 52, 
53 va 54- moddalarida belgilab qo’yilgan. Jumladan konstitutsiyaning 54-moddasida 
“Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik 
shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini 
buzmasligi shart”
*
deb ta’kidlangan.
Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni 
rivojlantirish borasida ham katta ishlar qilindi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti erkin 
xususiy mulksiz rivojlanishi mumkin emasligiga e’tibor kuchaytirildi. Bu borada 
qilinayotgan katta ishlardan biri qishloq joylarda mulkdorlar sinfini shakllantirishdir. 
*
O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbеkiston, 1999.-32b. (13 bеt). 


127 
Asta–sekinlik bilan bo’lsada, xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlar sinfi 
shakllantirilyapti. Qishloq joylarda shakllanayotgan tadbirkorlar sinfi qishloq 
xo’jaligida mehnatni tashkil etishning barcha shakllari bilan bevosita birgalikda 
rivojlanmoqda. Bugungi kunda tadbirkorlar sinfi shirkatlarda, asosan fermer va 
dehqon xo’jaligi shaklida vujudga kelmoqda. SHu bilan birgalikda qishloq joylarda 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda ham tadbirkorlik 
rivojlanmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik xususiy 
tadbirkorlik tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bundan tashqari hunarmandchilik, 
kosiblik, novvoylik va boshqalar bunga misol bo’ladi. Ularning rivojlanishi qishloq 
xo’jaligining, qolaversa, mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Qishloq joylarda mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo’nalishlarini 6-
chizmada ko’rish mumkin.


128 
6-chizma. O’zbekiston Respublikasi 
qishloq joylarida 
mulkdorlar sinfini 
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari 
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolik Kodeksi” ning 39-moddasiga muvofiq: 
“O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka 
ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob 
beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan 
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va 
Qishloq joylarda mulkdorlar sinfi 
Oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
yetishtiruvchi 
tadbirkorlar 
Texnika ekinlari 
yetishtiruvchi 
tadbirkorlar 
Boshqa soha bilan 
shug’ullanuvchi xususiy 
tadbirkorlar 
Yuridik maqomga 
ega bo’lgan 
dehqon xo’jaliklari 
Yuridik maqomga 
ega bo’lmagan 
dehqon xo’jaliklari 
Fermer xo’jaliklari 
Ijarachilar 
Shirkat 
xo’jaliklari 
Fermer 
xo’jaliklari 
Milliy hunarmandchilik, 
kosibchilik 
Xizmat ko’rsatuvchi 
xususiy korxonalar 
Ijtimoiy sohada faoliyat 
yurituvchi xususiy 
tadbirkorlik 
Boshqalar 
Aholi tomorqa 
xo’jaliklari 


129 
javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”.
*
Yuridik shaxslarning 
foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari tadbirkorlik 
sub’yektlari hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida faoliyat olib borayotgan 
yakka tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklarining yuridik shaxs sifatida davlat 
ro’yxatidan o’tmagan ko’pchilik qismi jismoniy shaxs maqomida faoliyat olib boradi. 
Davlat ro’yxatidan o’tgan dehqon, fermer shirkat xo’jaliklari yuridik shaxs 
maqomida faoliyat olib boradi. Jismoniy va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan 
iqtisodiy sub’yektlar mo’’tadil faoliyat olib borishlari uchun huquqiy baza yaratilgan 
va takomillashtirilib borilmoqda. 
Qishloq xo’jaligi yaqin va uzoq kelajakda oziq – ovqat mahsulotlari 
yetishtirishning asosiy manbasi bo’lganligi uchungina emas, balki quyidagi holatlar 
uchun ham agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadi: 
Birinchidan, qishloq xo’jaligi sanoatining ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlari mahsulotlariga talabning asosini belgilaydi. Sanoatning bu 
tarmoqlarini rivojlantirish yo’nalishlarni, shuningdek, sanoat mahsulotlarining sifati, 
xossalari qanday bo’lishini belgilab beradi, ba’zan esa sanoat korxonalarining 
joylashuviga ham katta ta’sir o’tkazadi; 
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibi va joylashuvi ularni 
tayyorlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning rivojlanishini belgilaydi. Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining turlarga qarab, ularni tayyorlovchi va qayta ishlovchi 
korxonalar o’zlarining quvvatini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi sanoatning qayta 
ishlovchi tarmoqlari joylashuviga ham ta’sir ko’rsatadi;
Uchinchidan, 
sanoatda 
yaratilayotgan 
ishlab 
chiqarish 
vositalarining 
samaradorligi qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi.
Jahon davlatlari o’rtasida yuz beradigan keskin raqobat sharoitida mamlakat 
iqtisodiyotining bardoshli bo’lishi va yanada rivojlanishi ma’lum darajada ushbu 
*
O’zbеkiston Rеspublikasi “Fuqoralik kodеksi”.-T.: O’zbеkiston, 2002. – 34b.


130 
tarmoqqa bog’liq bo’ladi. Qishloq xo’jaligi o’ziga aloqador barcha sanoat 
tarmoqlariga rivojlanish uchun qaysidir ma’noda kompas rolini o’ynaydi;
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi butun agrosanoat 
majmuasi tarmoqlarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Agarda qishloq 
xo’jaligida mehnat unumdorligi yuqori bo’lsa, agrosanoat majmuasi oxirgi 
mahsulotining arzon bo’lishi ta’minlanadi. Bu mamlakat iqtisodiyotini kuchaytiradi, 
aholining turmush darajasini oshiradi. CHunki aholi daromadining katta bir qismini 
o’z komilligini oshirish yo’lida sarflash imkoniyati ko’payadi;
Beshinchidan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxi agrosanoat majmuasining 
oxirgi mahsulotlari tannarxining darajasini belgilaydi. YA’ni sotish uchun bozorga 
chiqarilgan tayyor mahsulotlar narxning past bo’lishi uchun imkoniyat yaratadi. 
Binobarin, kuchli raqobat sharoitida arzon mahsulot ishlab chiqarish hal qiluvchi 
ahamiyatga ega omil hisoblanadi;
Oltinchidan, agrosanoat majmuasi oxirgi tayyor mahsulotining sifati qanday 
bo’lishi qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot sifati bilan belgilanadi, desak xato 
bo’lmaydi. Albatta, tayyorlash va qayta ishlash jarayonida sifatli mahsulotning 
sifatini buzush mumkin, lekin o’zi sifatsiz bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotidan 
sifatli sanoat mahsuloti ishlab chiqarish amrimahol. To’g’ri, tayyorlash va qayta 
ishlash jarayonida ayrim biologik ishlovlar berish, turli vitamin va mineral tuzlar 
qo’shish evaziga qishloq xo’jaligi mahsulotlarining dastlabki sifatini yaxshilash 
mumkin. Lekin bu yaxshilanish hal qiluvchi kuchga ega emas. Axir, faqatgina sifatli 
materialdan sifatli mahsulot olish mumkin.
Ettinchidan, aynan qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish (industrlash) jarayoni 
agrosanoat integratsiyasini kuchaytiradi. Bunda qishloq xo’jaligi va sanoat yanada 
yaqinlashadi. Bu esa fan, texnika taraqqiyotini tezlashtiruvchi asosiy omillardan 
biridir.
O’zbekiston qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish asosan shirkatlar, fermer va 
dehqon xo’jaliklari shakllarida tashkil etilgan.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə